O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti «kasbiy ta’lim»


–rasm. Suyuqlikning silindrik tirqishlardagi tabiiy harakati



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə24/42
tarix26.10.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#131356
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Qarshi davlat universiteti

5–rasm. Suyuqlikning silindrik tirqishlardagi tabiiy harakati.
Vertikal tirqishlarda suyuqlikning harakat tavsifi devorlar orasidagi masofa d ga bog‘liq bо‘ladi: d katta bо‘lsa tushayotgan va kо‘tarilayotgan oqimlar bir–biriga xalaqit bermasdan harakatlanadi (3-rasm, a); d kichik bо‘lsa, oqimlar bir–biriga xalaqit berib ichki sirkulyatsiya konturlari hosil bо‘ladi (3–rasm,b).
Gorizontal tirqishlarda suyulikning erkin harakati qizigan va sovuq sirtlarning о‘zaro joylashishiga va о‘rtalaridagi masofaga bog‘liq bо‘ladi. Agar yuqori devor temperaturasi pastki devor temperaturasidan katta bо‘lsa, suyuqlikning erkin xarakati kuzatilmaydi. Yuqori devordan pastki devorga issiqlik issiqlik о‘tkazuvchanlik yoki nurlanish orqali uzatiladi (4-rasm, a). Agar pastki devor temperaturasi yuqori bо‘lsa, suyuqlikning pastdagi temperaturasi yuqori va zichligi kam bо‘lgan qismlari yuqoriga kо‘tariladi, sovuq qismlari esa pastga xarakatlanadi va tirqishda suyuqlikning kо‘tarilayotgan va tushayotgan oqimlari paydo bо‘ladi (4-rasm, b).
Gorizontal silindrik tirqishlarda (5-rasm) suyuqlik sirkulyatsiyasi tirqishlar diametri nisbatiga bog‘liq bо‘ladi.
Isitilgan sirt pastda joylashgan bо‘lsa, suyuqlik sirkulyatsiyasi sirtining yuqori qismida (5-rasm, a) kuzatiladi, pastki qismida sirkulyatsiya kuzatilmaydi. Tashqi silindrik sirt qizdirilganda (5-rasm,b) suyuqlik sirkulyatsiyasi yuqoridagi sovuq sirtining ostida rо‘y beradi.
Tirqishlar orqali murakkab issiqlik uzatish jarayonini hisoblashda uni ekvivalent issiqlik о‘tkazuvchanlik bilan almashtiriladi. Jism bilan uni yuvib о‘tayotgan suyuqlik о‘rtasidagi issiqlik oqimining о‘rtacha zichligi quyidagi tenlamaldan aniqlanadi:

Bunda –issiqlik о‘tkazuvchanlikning ekvivalent koeffitsiyenti; bu kattalik issiqliki tirqish orqali issiqlik о‘tkazuvchanlik va konveksiya orqali uzatilishini tavsiflaydi;
–suyuqlik issiqlik о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti;
–konveksiya koeffitsiyenti.
Tushuvchi va kо‘tariluvchi oqimlar tufayli gazlarning harakati murakkab bо‘ladi.
Bunday issiqlik almashinuvini hisoblash juda qiyin. Hisoblashni soddalashtirish maqsadida murakkab issiqlik almashinuv jarayonini issiqlik о‘tkazuvchanlik bilan almashtiriladi va ekvivalent issiqlik о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti degan tushuncha kiritiladi.
(9)
Bu yerda –cheklangan fazonin qalinligi (kengligi). Ekvivalent issiqlik о‘tkazuvchanlikni , muhitning о‘rtacha temperaturasidagi issiqlik о‘tkazuvchanligiga nisbati – konveksiya koeffitsiyenti deb ataladi.
(10)
Taqribiy hisoblashlarda, (Grs . Prs)0 holda
bо‘ladi. Bundan keyin =eks va q= aniqlanadi.



Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə