O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/26
tarix29.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#142137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
III.
 
KURS ISHI REJASINI TUZISH
Kurs ishi rejasini talaba asosiy adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan 
so‘ng tuzishi maqsadga muvofiq. Reja mavzuning asosiy savollarini aks 
ettirib, qisqa bo‘lishi (oddiy reja) yoki har bir savolni aniqlashtirgan, kichik 
savollarga ajratgan holda, kengaytirilgan (murakkab reja) bo‘lishi mumkin. 
Reja ilmiy rahbar bilan kelishgan holda tuzilishi kerak. Rejaning savollari 
ma’lum bir tartibda, mantiqiy ketma-ketlikda qo‘yilishi lozim. Rejada 
talabaning ijodiy yondoshuvini, ilmiy tahlillari va tashabbusini talab 
qiladigan savollarning qo‘yilishi juda muhim bo‘lib, bu kurs ishining 
qiymatini yanada oshiradi. 
Kurs ishi ustida ishlash jarayonida reja talaba tomonidan birmuncha 
o‘zgartirilishi, aniqlashtirilishi va kengaytirilishi mumkin. 
Kurs ishi rejasini tuzishda 
biron-bir 
qolipning, 
yagona 
shaklning bo‘lishi mumkin emas. 
Lekin 
aksariyat 
mavzular 
uchun 
tuzilgan rejalar savollari o‘rganila- 
yotgan mavzuning nazariy va 
Talabaga tavsiya!
Hech qaysi adabiyotda tayyor 
kurs ishi bo‘lmaydi!
Kurs ishi talabaning mustaqil 
izlanishlari mahsuli bo‘lishi kerak
Talabaga tavsiya!
Kurs ishi rejasini tuzishni yuqori 
kursda o‘qiydigan do‘stingizga yoki 
partadosh talaba-qizga ishonmang! 
“Tanasi boshqa – dard bilmas!”



tashkiliy-huquqiy asoslarini, izlanish ob’ektidagi amaliyot holati tahlilini
izlanish 
uchun 
asos 
qilib 
tanlangan 
muayyan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llarini 
qamrab olishi kerak. 
Kurs ishinig mazmuni va hajmiga ma’lum chegaralar qo‘yilgan, ya’ni 
kurs ishi 3 – 3,5 ming so‘z birligi, yoki 35-40 varaq hajmida bajarilishi kerak, 
shunday ekan, rejada ham shu hajm doirasida yoritib berish mumkin bo‘lgan 
savollar qo‘yilishi maqsadga muvofiq. 
Xulosa qilib aytganda, talabaning qiziqishlaridan, fikrlash doirasining 
kengligidan, to‘plangan adabiyotlar va amaliy ma’lumotlarning ko‘lamidan, 
talabaning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan layoqatidan kelib chiqqan holda, kurs 
ishi rejalari turli-tuman, cheklanmagan variantlarda, ixtiyoriy talqinda bo‘lishi 
mumkin. Muhimi, ishlab chiqilgan reja tanlangan kurs ishining mazmun- 
mohiyatini, maqsad va vazifalarini ochib berishi, o‘rganilgan muammo yuzasidan 
mustaqil 
xulosalarni 
shakllantirishga 
xizmat 
qilishi 
kerak. 
Ushbu 
Ko‘rsatmalardan foydalanuvchilarga amaliy yordam sifatida bir necha mavzu 
bo‘yicha tuzilgan kurs ishi rejalari namunalari qo‘llanmaning 4-ilovada 
keltirilgan. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə