6
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir
malakali kadrlarni tayyorlash.
Ushbu maqsadlarga erishishda sug‘urta bozori va uning infratuzilmasini
rivojlantirish uchun tizimda faoliyat ko‘rsata oladigan
raqobatbardosh mutaxassis
kadrlarni tayyorlash barcha muammolar yechimida o‘zining ijobiy samarasini
ko‘rsatadi. Chunki, moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan sug‘urtaning
milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni
muhim ahamiyatga ega. Masalan, milliy iqtisodiyotimizda 2021 yildan tibbiyot
sug‘urtasini
joriy qilinishi, sohada ulkan istiqbolli rejalar borligini anglatadi.
Bugungi kunda sug‘urta munosabatlarini rivojlantirish asosida sug‘urta bozorining
ko‘lamini kengaytirish, uzoq qishloq joylarida sug‘urta tashkilotlari filial va
bo‘linmalarining ochilishi, sug‘urta bozoriga yangi xizmatlar taklif etish, sug‘urta
qonunchiligini takomillashtirish dolzarb masalalar bo‘lib qolmoqda.
Sug‘urta tizimini rivojlantirish uchun sug‘urta
sohasini yaxshi biluvchi
malakali kadrlarni tayyorlash ham bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mavjud nazariy manbalar tahlilidan ko‘rinadiki
2
, aynan nomutaxasislik
yo‘nalishidagi iqtisodiyot sohalarida o‘qitilayotgan “Sug‘urta nazariyasi va
amaliyoti” fani bo‘yicha darslik va adabiyotlar mavjud emas. Mazkur o‘quv
qo‘llanma aynan 5230600-“Moliya”, 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit”
ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilishi rejalashtirilgan “Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti”
fan dasturi doirasida tayyorlandi. Ushbu o‘quv qo‘llanma nomutaxassislik
yo‘nalishlarida o‘qitilishi ko‘zda tutilgan “Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti” fanini
adabiyot bilan ta’minlash imkonini berishi bilan birgalikda sug‘urta
ishining
nafaqat nazariy asoslari, balki amaliy jihatlarini o‘zlashtirish orqali amaliy
ko‘nikmalarni ham shakllantirish imkonini beradi. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan
barcha iqtisodiyot ta’lim
sohasi talabalari, magistrantlar, ishlab chiqarish
mutaxassislari hamda fan o‘qituvchilari keng foydalanishlari mumkin.
2
Shennayev X.M. va boshq. Sug‘urta ishi. O‘quv qo‘llanma. TMI. T.: “Iqtisod-moliya”, 2014. 248 b.