O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

23-modda. Sug‘urtalovchilar 
buxgalteriya hisobining o‘ziga xos 
xususiyatlari 


181 
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta brokerlari va qayta sug‘urta brokerlari maxsus 
vakolatli davlat organi belgilaydigan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda 
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritadilar. 
24-modda. Monopolistik faoliyatga yo‘l qo‘yilmasligi 
Sug‘urta bozorida raqobatni cheklash yoki bartaraf etishga, bir 
sug‘urtalovchilarga boshqalariga qaraganda asossiz afzalliklar berilishiga yoki 
olinishiga, sug‘urta qildiruvchilar va boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilariga o‘z uyushmalari 
(ittifoqlari) va boshqa birlashmalaridan sug‘urta bozorini monopollashtirishga 
qaratilgan bitimlarga erishish yo‘lida foydalanish taqiqlanadi. 
25-modda. Axborot olish huquqi 
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, 
veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar 
sug‘urtalovchilarning va adjasterlarning so‘roviga ko‘ra sug‘urta hodisalarining 
ro‘y berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) 
miqdorlarini sug‘urtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur bo‘lgan 
tegishli axborot va hujjatlarni taqdim etishi shart. 
Maxsus vakolatli davlat organi sug‘urta bozorining professional 
ishtirokchilaridan qabul qilingan pul mablag‘lari va majburiyatlarining miqdorlari 
haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni o‘z vakolati doirasida talab qilib 
olishga haqli. Bunday axborotni talab qilib olish yozma ravishda, so‘rov sabablari 
ko‘rsatilgan holda amalga oshirilmog‘i lozim. 
Maxsus vakolatli davlat organi o‘zi olgan axborotning sir tutilishiga rioya 
etishi shart, axborotning oshkor qilinishi qonunda ruxsat etilgan hollar bundan 
mustasno. 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə