O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

II. RUXSATNOMA BERISHGA DOIR
TALABLAR VA SHARTLAR
5. Sug‘urtalovchilarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib 
chiqarish, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etishda ruxsat berishga doir talablar va 
shartlarga quyidagilar kiradi: 
sug‘urtalovchilar tomonidan ularning moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan 
talablarga rioya etilishi; 
sug‘urta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga yo‘l 
qo‘yilmasligi; 
sug‘urtalovchilar tomonidan ularga huquqiy vorislik tartibida o‘tgan ilgari 
tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarning 
bajarilishi; 


185 
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi. 
III. QAYTA TASHKIL ETISHGA RUXSATNOMA
OLISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR
6. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun sug‘urtalovchi vakolatli 
organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
ushbu Nizomga 
3-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha qayta tashkil etishga 
ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza; 
muassislarning (qatnashchilarning) yoki ta’sis hujjatlarida bunga vakolat 
berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi 
qarori; 
tashkil etilayotgan sug‘urtalovchining balansi va uning faoliyati moliyaviy 
natijalari prognozi; 
qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘shib 
yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda). 
7. Sug‘urtalovchidan ushbu Nizomning 
6-bandida
nazarda tutilmagan 
hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
8. Qayta tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar sug‘urtalovchi 
tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi orqali yoki ularning 
olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron 
shaklda taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining elektron raqamli imzosi bilan 
tasdiqlanadi. 
9. Hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar 
qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda sug‘urtalovchiga darhol beriladi 
(yuboriladi). 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə