O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti


 Tabiiy gazni ajratish asosiy texnologik jarayonlar tavsifi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/33
tarix15.05.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#87051
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
1.2. Tabiiy gazni ajratish asosiy texnologik jarayonlar tavsifi  

Gazni  qayta  ishlash  zavodlaridagi  asosiy  jarayon  bu  –  benzinsizlashtirish 

jarayoni  hisoblanadi.  Qayta  ishlanadigan  neft  gazini  hajmidan,  bu  gazdagi  zarur 

komponentlarni ajratish darajasiga va boshqa omillarga ko‘ra benzinsizlashtirishni 

to‘rt usuli qo‘llaniladi: 

 



Kompressorlash; 

 



Past temperaturali kondensatsiya va rektifikatsiya; 

 



Absorbsiyalash; 

 



Adsorbsiyalash; 


 

Benzinsizlantirishni  kompressorlash  usulida  gazni  siqishga  asoslangan 



bo‘lib,  havoli  va  suvli  sovutkichlarda  sovitiladi.  Bunda  gaz  tarkibidagi  og‘ir 

uglevrdorodlar  va  suv  bug‘lari  kondensatsiyalanadi,  so‘ngra  separatorlarda 

ajratiladi.  Bu  usul  orqali  gazdan  zarur  komponentlardan  yetarli  darajada  ajratish 

imkonini  ta’minlaydi  va  odatda boshqa benzinsizlashtirish  usullari  bilan  birikkan 

holda o‘tkazish talab  etiladi.  

Past temperaturali kondensatsiyalash (PTK) jarayonida siqilgan gaz maxsus 

sovuqagent  (propan,  ammiak)  lar  ishtirokida  to  past  (minusli)  temperaturagacha 

sovitiladi.  Natijada  gazning  katta  qismi  kondensatsiyalanadi.  Uglevodorodli 

kondensat  separatorda  ajratiladi,  so‘ngra  rektidiatsion  kolonna  –  deetanizatorga 

beriladi.  Kolonna  yuqorisidan  metan    va  etan,  pastidan  esa  beqaror  gazsimon 

benzin chiqariladi.  

Past  temperaturali  rektifikatsiyalash  (PTR)  jarayonini  past  temperaturali 

kondensatsiyalash (PTK) dan farqi, ya’ni PTR jarayoni ancha past temperaturada 

boradi  va  rektifikatsion  kolonnaga  ikki  fazali  aralashma:  sovitilgan  va 

uglevodorodli  kondensat  kiritiladi.  Kolonna  yuqorisidan  benzinsizlantirilgan  gaz, 

pastidan esa metansizlantirilgan kondensat chiqariladi, kondensatdan etan ikkinchi 

kolonna – deetanizatorda ajratiladi.  

Benzinsizlantirishni  absorbsiyalash  usuli  suyuq  neft  maxsulotlarida  gaz 

komponentlarining  turli  eruvchanligiga  asoslangan  jarayon  absorberlarda 

o‘tkaziladi.  Absorber  balandligi  bo‘yicha  ko‘ndalang  to‘siqlar–barbotajli 

tarelkalarga  joylashtirilgan.  Gaz  oqimini  pastki  tarelkadan  yuqorigacha 

ko‘tarilishida uning tarkibidagi og‘ir uglevodorolar asta–sekin absorbentga yutiladi 

va  absorber  yuqorisidan  to‘yingan  absorbent  chiqariladi.  To‘yingan  absorbent 

desorbsiyalash orqali desorber yuqorisidan gazli benzin chiqariladi, pastdan qayta 

tiklangan  absorbent  sovitilgan  xolda  absorberga  qaytariladi.  Absorbsiya  jarayoni 

temperaturasi qancha  past bo‘lsa,  absorbentlarni  yutish qobiliyati shuncha  yuqori 

bo‘ladi.  

Benzinsizlantirishni  adsorbsiyalash    usuli  С

3

Н

8



+  yuqori  uglevodorodlar 

miqdori 50 dan 100 g/m

3

 gacha bo‘lgan neft gazlarini qayta ishlashda qo‘llaniladi. 




10 

 

U  adsorbentlar  yuzasiga  bug‘lar  va  gazlarni  yutilishiga  asoslangan.  Adsorbent 



sifatida  odatda        aktivlangan  ko‘mirdan  foydalaniladi.  Bunda  adsorbent  gazdagi 

og‘ir  uglevodorodlar  asta–sekinlik  bilan  to‘yinadi.  Yutilgan  uglevodorodlarni 

xaydash va adsorbentni qayta tiklash uchun o‘ta qizdirilgan suv bug‘i bilan ishlov 

beriladi.  Adsorbentdan  xaydalgan  suv  va  uglevodorod  bug‘lari  aralashmasi 

sovitiladi  va  kondensatsiyalanadi  hamda  olingan  beqaror  benzin  osongina  suvdan 

ajratiladi.   Adsorbsiyalash  jarayonlari qo‘llanilishidagi kamchiligi ularning davriy 

ishlashidir.  

 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə