O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/73
tarix21.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#106611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
arxivshunoslik (1)

O’rta asrlarda 
Movarounnahrda arxiv 
ishi 



turli tabiiy ofatlar, istilolar hamda to’xtovsiz o’zaro urushlar oqibatida arxivlar va 
ularda saqlangan hujjatlar nobud bo’ldi, bizgacha yetib kelmadi. Hozirgi kunda 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan eng qadimiy 
hujjatlar XIII va undan keyingi asrlarga doir vaqfnomalar hisoblanadi. 
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining XIX 
asrgacha bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi 
bizgacha 
yetib 
kelmagan. 
Xonliklar 
hukmronligining so’nggi davri (asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlari) ga oid 
hujjatlar qisman saqlanib qolgan. 
1873 yilda chor qo’shinlarining Xivaga qilgan yurishida qatnashgan 
sharqshunos A. Kun xon saroyini tintuv qilish chog’ida 300 ga yaqin kitob (sharq 
qo’lyozmalari) va har xil hujjatlarni yig’ib oladi. Hujjatlar asosan xonning kirim va 
chiqimlari haqida ma’lumot beruvchi materiallar, diplomatik yozishmalar va bir 
qancha vaqfnoma hamda mulkiy yorliqlardan iborat edi. Xiva xoni arxivini o’rgangan 
A. Kun o’z vaqtida uning to’liq emasligini va hujjatlar asosan xonlik tarixining 
so’nggi davriga oid ekanligini qayd qilgan edi. 
Xiva xoni arxivi va kutubxonasini shoshilinch tarzda ko’rib chiqqan A. Kun 
ayrim hujjatlarni Rossiya Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyiga topshirish uchun 
tanlab oladi, qolganini esa general fon Kaufman imperatorning Sankt-Peterburgdagi 
Xalq kutubxonasiga (hozirgi Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasi) ga 
sovg’a qilib yuboradi. Shundan so’ng Xiva xonining arxivi hammaning esidan chiqdi. 
Ularni 1936 yilda eslatib o’tilgan kutubxonada tadqiqot ishlarini olib borgan 
sharqshunos olim P. Ivanov topdi. Ayni paytda P. Ivanov kutubxonaning 
qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan hujjatlarning bir qismi Qo’qon xonligiga tegishli 
ekanligini ham aniqladi. P. Ivanov tomonidan hammasi bo’lib turli kattalik va 
hajmdagi 120 ta daftar topildi. Hujjatlar 1822-1872 yillarga tegishli edi. 
Qo’qon xonligi arxivining taqdiri ham shunga o’xshashdir. Xudoyorxonning 
1875 yilda Qo’qondan qochishi, yo’lda uning karvonini talanishi, Qo’qondagi xon 
saroyini qo’zg’olonchilar tomonidan talon-taroj qilinishi natijasida arxiv 
hujjatlarining asosiy qismi nobud bo’ldi. Uning saqlanib qolgan qismi esa Qo’qonni 
zabt etgan ruslar qo’liga o’tadi. General fon Kaufman Qo’qon xoni arxivining 
saqlanib qolgan hujjatlarini nomi yuqoriida zikr etilgan Sankt-Peterburgdagi 
kutubxonaga va qisman Toshkentdagi Xalq kutubxonasiga taqdim etadi. Keyinchalik 
Toshkent Xalq kutubxonasi ( hozirgi A. Navoiy nomli O’zbekiston milliy 
kutubxonasi) dagi barcha sharq qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi 
Sharqshunoslik instituti fondiga topshirilgan. Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin 
kutubxonasining qo’lyozmalar fondidagi Qo’qon va Xiva xonliklariga tegishli arxiv 
hujjatlari 1962 yilda Toshkentga qaytarilgan va hozirgi kunda O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy arxivi fondlarida saqlanmoqda. Qo’qon xoni arxivi haqida 
tarixchi olima A. L. Troiskaya 1968 yilda “Katalog arxiva kokandskix xanov XIX v.” 
nomli kitobini e’lon qildi. Mazkur kitobda mingdan ko’proq hujjatlarning tavsifi 
keltirilgan.
Qo’qon xonligi arxivi hujjatlarini o’rganish borasida t.f.d., prof. A. 
Nabiyevning xizmatlari kattadir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə