O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/73
tarix21.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#106611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
arxivshunoslik (1)

Mustamlaka Turkistonda idoraviy 
arxivlarning vujudga kelishi 
Муаммоли савол: Чор Россияси мустамлакачилиги 
даврида архив ишларида қандай ўзгаришлар юз 
берди? 


12 
ahamiyatga ega hujjatlar bozorlar va rastalarda ko’zga tashlanib qolgan edi. 
1884 yilda taniqli arxivshunos N. Kalachov loyihasiga binoan Rossiya 
imperiyasi chekka o’lkalarida hujjatlarning ommaviy yo’qotilishiga qarshi arxiv 
komissiyasi tuzildi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish va to’plash, arxivlarni ayovsiz 
talon-taroj qilish va yo’qotishdan himoya qilish, har xil idoralarda yo’qotishga 
ajratilgan hujjatlarni qaytadan ko’rib chiqish va saralab olish, ularning ilmiy 
qimmatini aniqlash bu komissiyaning asosiy maqsadi edi. Biroq komissiya oldiga 
yo’gan vazifalar bajarilmay qoldi. Uning idoraviy arxivlarga kirish huquqi yo’q edi. 
Komissiya faqat tarixiy arxivlardagi yo’q qilish uchun ajratilgan materiallarni saqlab 
qolish huquqiga ega edi, xolos. 
Turkiston o’lkasida arxiv ishlarini tashkil etish va tartibga solish bo’yicha 
yakkayu yagona harakat K. Kaufman tomonidan qilingan edi. U 1873 yilning oktyabr 
oyida mahkamaviy ishlar boshlig’iga Toshkent shahrida Markaziy arxiv uchun imorat 
qurish haqida ko’rsatma beradi. Markaziy arxivni to’rt bo’limga ajratish ko’zda 
tutilgan edi. Birinchi bo’limga Turkiston general-gubernatorligi idorasining hujjatlari, 
ikkinchisiga – viloyat va shahar boshqarmalari, sud va Toshkent yarmarka 
kompleksining hujjatlarini, uchinchisiga – Turkiston harbiy okrugi shtabi, harbiy 
okrug kengashi, okrugdagi barcha topografiya va harbiy qismlarning ishlari qabul 
qilinishi kerak edi. To’rtinchisiga esa Sirdaryo viloyati shtabi, komendantlik 
boshqarmalari, o’qchi brigadalari boshqarmasi, gospitallar va boshqa idoralarning 
hujjatlari yig’ilishi lozim edi. Markaziy arxivga yiliga 5 ming hujjat to’plash 
mo’ljallangan edi. 
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Kaufman loyihasida faqat Toshkent 
shahridagi va Sirdaryo viloyatidagi hujjatlarni to’plash nazarda tutilgan edi. Qolgan 
viloyatlardagi muassasa va tashkilotlar hujjatlarining taqdiri mutlaqo e’tibordan 
chetda qolgan. 
Lekin, K. Kaufmanning rejasi amalga oshmadi. Shuning uchun ham 
mustamlaka Turkistonda hujjatli materiallar tarqoq holda saqlanib qolaverdi. 
Turkiston o’lkasidagi bosh muassasa 1867 
yilda 
tuzilgan 
general-gubernatorlik 
mahkamasi edi. 1870 yilga qadar mahkamada 
hujjatlarni qayerda va qay tarzda saqlash
umuman saqlashga zarurat bormi, degan 
masala bilan hyech kim qiziqmagan. Faqat, 1870 yili mahkamada shtatlarning oshishi 
bilan “jurnalist” (ham arxivshunos, ham ekzekutor) lavozimini ta’sis etish taklif 
etildi. Xudi shu yili 1867-1869 yillarga tegishli bir qism hujjatlarni arxivga topshirish 
mo’ljallanadi. Ammo hujjatlar topshirilmasdan qoladi, chunki buning uchun maxsus 
xona yo’q edi. Hujjatlar yetti yil mobaynida bosmaxona binosida qayd-yozuvlarsiz 
yotadi, foydalanishga esa yo’l qo’yilmaydi. 1877 yil mahkamada qo’shimcha binolar 
qurilishi bilanoq ikkita xona arxiv uchun ajratiladi. 1882 yili mahkama 
amaldorlaridan tuzilgan maxsus komissiya 1867-1882 yillarda to’lg’azilgan 9968 ta 
hujjatni bo’limlardan olib arxivga topshiradi. Arxivga qonun-qoidalarga binoan har 
yili tugallangan hujjatlar qabul qilinishi lozim edi. 1904 yilda maxsus komissiya 
general-gubernatorlik idorasining arxivini tekshirib chiqib, hujjatlar bo’limlardan 
betartib 
keltirilgani, 
muqovalari 
yirtiq 
ekani, 
qayd-yozuvlar 
noto’g’ri 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə