O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   167
Katta guruhlar
umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan 
anchagina odamlarni o‗z tarkibiga olgan social umumiylikni tashkil qiladigan 
real guruhlar shaklida bo‗linishi mumkin. Bu hildagi katta guruhlarga 
korhonalarning mehnat jamoasi yoki ko‗pgina o‗qituvchilar bir-birlari bilan 
bevosita o‗zaro aloqada bo‗lmasalar ham, lekin ayni chog‗da yagona bitta 
rahbarga buysunadi. Katta guruhlar ba‘zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh 
va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va birlashtiradigan shartli guruhlar
shaklida bo‗lishi ham mumkin. 
Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-biri bilan 
uchrashmagan bo‗lsalar ham, lekin bu hildagi guruhga ajratilgani uchun asos 


272
bo‗lgan belgilariga ko‗ra umumiy sosial va psixologik ta‘rifga ega bo‗lishlari 
mumkin. Jumladan, o‗spirinlar turli shahar va qishloqlarda istiqomat qilishlariga 
bog‗liq bo‗lmagan holda bitta katta shartli guruhga birlashtirilishi, ehtimol, ular 
turli halqlarning tillarida so‗zlashishlari, hech qachon bir joyga yig‗ilmagan 
bo‗lishlari mumkin. Ularning umumiy sosial (o‗rta maktab o‗quvchilari), yosh 
(12-15 yashar payti), psixologik (shakllanib kelayotgan ulg‗ayish tuyg‗usi, 
o‗spirinlik paytida o‗zligini namoyon etishi va hokazo) ta‘riflari asosiy 
belgilariga ko‗ra bir-biriga o‗hshash bo‗ladi. Katta shartli guruhlarni o‗rganish 
(yosh psixologiyasida, sosial psixologiyada va boshqalarda) ularning umumiy 
xususiyatlari farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy 
asoslangan strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Shartli 
guruh sifatidagi o‗spirinlar shaxsiyati rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini 
bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiyaviy 
ishni sobitqadamlik bilan va samarali tarzda olib boradi. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə