80
•
Ego — ongning markazi bo‗lib, o‗z-o‗zining
anglashning asosi
hisoblanadi.
•
Person — bu jamoa kishisi bo‗lib, inson o‗zini boshqalar bilan o‗zaro
munosabatda namoyon qiladi.
•
Salbiy va ijobiy personlar mavjud. Birinchi navbatda u individuallikni
ifodalab, kommunikatsiyaga muvofiqlashtiradi.
Ikkinchidan — person individuallikni bo‗g‗ib qo‗yishi mumkin. Shu
bois person-ongning yuqori qatlami, ego ancha chuqurlashuv,botiq qismi.
•
Soya o‗zida shaxsning siqib chiqarilgan tomonini ifoda etadi. Soya
egoning aks ettirilishida mavjud. Soya shaxsning
sotsial standartlar
mavjudligi bilan murosaga qila olmasligini ifodalovchi xohishlarini qamrab
olgan. Soya-hayot quvvat, ijod manbaini saqlovchi sanaladi. Shu sababli ego
soya quvvatini zarur oqimga yo‗naltiradi.
Anima va animus
•
Anima — erkakdagi
ayolning ichki timsoli, ya‘ni ongsiz namoyon
bo‗luvchi ayollik tomoni;
•
Animus— ayollardagi
erkakning ichki timsoli, uning ongsiz namoyon
bo‗luvchi ayollik timsoli. Yung anima va
animus inson xulq-atvorida
uyg‗unlashagan tarzda namoyon bo‗lishi kerak, bu uning har tomonlama
muvofiqlashuvini ta‘minlaydi.
O„zlik
• O‗zlik — shaxsning yaxlitlik arxetipi.
O‗zlik onglilik
va ongsizlikni birlashtirib, boshqa barcha elementlar
uyushuvini tashkil etuvchi aynlana markazi hisoblanadi.
Ruhning barcha
jabhalarini integratsiyasiga erishganda, inson uyg‗unlikni sezadi. Shu sababli,
o‗zlikni rivojlanishi inson hayotining bosh maqsadidir.
2.2. A.Adlerning Individual psixologiyasi
•
Alfred Adler (1870-1937) individual psixologiyaning asoschisi
hisoblanadi.
•
Uning asosiy asarlari: «Nerv xarakteri haqida» (1912), «Individual
psixologiyaning nazariyasi va amaliyoti» (1920), « Insonshunoslik» (1927),
«Hayotning mazmuni» (1933).
Dostları ilə paylaş: