250
Uning fikricha, mazkur ―yashirin odam‖ tashqariga chiqishga urinib ko‘radi,
shuningdek har bir kishining ―niqobi‖ ham mavjud bo‘lib uning haqiqiy
qiyofasini yashirib turadi.
Klinik davr.
XIX asrning birinchi o‘n yilligida
shaxs psixologiyasi
muammosi bilan ko‘proq shifokor-psixiatrlar shug`ullanishgan. Ular
birinchilardan bo‘lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib
borishga muvaffaq bo‘lishgan, inson shaxsining tabiati to‘g`risida
umumilmiy xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida
shaxs haqidagi tasavvurlar qisqartirib yuborilgan.
Psixiatrlarning diqqat
markazida bemor kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan.
Keyinchalik aniqlanishicha, sog`lom kishilarda
kuchsiz ifodalangan
xususiyatlar bemorlarda juda kuchli (gipertrofiya) holatida namoyon bo‘ladi.
Shifokor-psixiatrlarning
shaxsga
bergan
ta`rifi
bilan
normal,
patologiyaga ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash mumkin.
Bunday ta`riflar psixoterapevtik vazifalarni echish uchun to‘g`ri bo‘lishi
mumkin, biroq normal shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: