[199]
12-BOB. FARMOKOGENETIKA.
Farmakogenetika- tibbiyot genetikasi va klinik farmakologiyada dorivor
moddalar ta‘sirida irsiy o‗zgaruvchanlikning asoslarini o‗rganadigan bo‗limi va
bemor insonlarda dorivor moddalarni iste‘mol qilishi natijasida, dorilar ta‘siri
samaradorligi va xavfsizlik choralari, dorilar nojo‗ya
reaktsiyalarining kelib
chiqishining
oldini
olish
choralarini
ishlab
chiqish
imkonini
beradi. Farmakogenetika individual ravishda yondoshish asosida tibbiyotni
rivojlantirishning eng samarali va istiqbolli yo‗nalishlaridan biridir
.
Shu kungacha,
farmokogenetika sohasida sitoxrom P450 (CYP), glyukuroniltransferaza (UGT) va
ko‗pgina biotransformatsiya fermentlarining genetik polimorfizmi, shuningdek,
dorilarni tashuvchilarn- ABCB1, SLCO1B1, hujayra
retseptorlari va transport
kanallarida faol ishtirok etadigan oqsillarning polimorfizmi boyicha tadqiqotlar olib
borilgan va o‗rganilgan.
O‗ziga xos genetik belgilarning irsiylanishi, farmakoterapiyaning
samaradorligi va xavfsizligiga ta‘sir qiladi,
qoida tariqasida, dorivor vositaning
farmakokinetikasini
o‗zgartirib ya‘ni so‗rilishi, tarqalishi, metabolizmi,
eliminatsiyasi, yoki farmakodinamikasini
modulyatsiya qilish, masalan, maqsadli
ta‘sir etishini o‗zgartirishi yoki dorivor vositaning farmakologik ta‘siriga
sezgirligini o‗zgartiradigan biologik xususiyatlarni aniqlash muhimdir. Bunday
genetik biomarkerlar farmakologik reaktsiya buzilishining 20 dan 50 foizigacha
bashorat qilishga qodir va standart farmakoterapiya fonida dori-darmonlarga
nisbatan sezgirlikning oshishi va nojo‗ya reaktsiyalar
rivojlanishining muhim
omilidir. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan kasalliklarda keng qo‗llaniladigan dori-
darmonlarga nisbatan sezgirlik, nojo‗ya reaktsiyalarni yoki samarasizlikning
rivojlanishini, farmakogenetik belgilarini klinik amaliyotga joriy etish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Farmakogenetika
atamasi bilan bir qatorda, hozirda
ko‗pincha farmakogenomika atamasi qo‗llaniladi. Ushbu fan sohalari yuqorida
keltirilgan malumotlarni o‗rganadi, ammo farmakogenomika ma‘lumot sifatida
insonning to‗liq
genomining ketma-ketligini, farmakogenetika esa barcha mumkin
bo‗lgan ketma-ketliklarni qo‗llaydi.
[200]
Farmakogenetika tarixini qadimgi davrlardan boshlash mumkin, miloddan
avvalgi 510 yilda Pifagor loviya o‗limga olib kelishi mumkin bo‗lgan reaktsiyaning
barcha
odamlarda emas, balki bir nechtasida namoyon bo‗lganligini qayd
etgan. O‗shandan beri farmakogenetikani alohida ilmiy yo‗nalish sifatida aniqlashga
imkon beradigan ko‗plab voqealar ro‗y berdi. Sovet Ittifoqi va undan keyin Rossiya
Federatsiyasida farmakogenetikaning rivojlanishi Rossiya Fanlar akademiyasining
akademigi Sergey Borisovich Seredeninning nomlari bilan bog‘liq - eksperimental
farmakogenetika sohasidagi tadqiqotlar, V.V. Zakusov
nomidagi Farmakologiya
ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Kukes
Vladimir Grigorievich - klinik farmakogenetika klinikasi sohasida olib borilgan
tadqiqotlar va Sechenov universiteti ichki kasalliklari propedevtikasi kafedrasi
olimlari tomonidan keng tadqiqotlar olib borilmoqda.
Jadval-9
Dostları ilə paylaş: