[192]
Tibbiy-genetik maslahat
Sog`lom, aqliy va jismoniy jihatdan baquvvat, har tomonlama kamol topgan
shaxsni voyaga yetkazish doimo hukumatimiz diqqat markazida bo`lgan.
O`zbekiston respublikasining prezidenti I.A.Karimov
qilgan nutqlarining birida,
―Sog`lom avlod deganda shaxsan men, eng avvalo sog`lom naslni tushunaman.
Sog`lom bolaning tug`ilishi eng avvalo onaning sog`lg‘iga bog`liq‖ deb ta‘kidladi.
Ona-bolaning sog`lom bo`lishida tibbiyot xodimlarining roli beqiyos. Shu sababli
barcha homilador ayollar tibbiyot xodimlarining nazoratida bo`ladilar. Tibbiy
ko`rikdan o`tayotgan homilador ayollar orasida u yoki bu irsiy kasalligi bor,
nuqsonli
bola tuqqan, yoshi 35 dan oshgan yoki yaqin qarindoshiga turmushga
chiqqan, bolasi turmaydigan shaxslar bo`lsa, ular tibbiy-genetik maslahatxonalarda
maxsus ko`rikdan o`tadilar.
Tibbiy-genetik maslahatxonalarda homilador ayolning qoni, siydigi tekshirib
ko`riladi va uning o`zi, turmush o`rtog`i, oila a‘zolari bilan suhbat o`tkazilib irsiy
kasali bor deb taxmin qilinayotgan ayol va uning tug`ilajak homilasiga dastlabki
tashxis qo`yiladi. Qo`yilgan tashxisni qanchalik to`g`ri ekanligini aniqlash
maqsadida xomilaning o`rab turgan amnion suyuqligi shprits orqali olinib u
sitogenetik, biokimyoviy,
molekulyar biologik, fizikaviy metodlar yordamida
tekshiriladi. Tekshirish natijalari atroflicha o`rganilib, tahlil qilinadi. Unga asoslanib
ona va homiladagi taxmin qilinayotgan irsiy kasalliy genga yoki xromosomaga
bog`liqligi, uning dominant yoki retsessiv holatda irsiylanishi, jinsiy xromosoma
yoki autosomaga bog`liqligi aniqlanadi. Olingan ma‘lumotlar
homilador ayolga
beriladi. Agar homiladagi irsiy kasallik o`ta xavfli bo`lmasa, uni oldini olish yoki
rivojlanib ketmasligi uchun tibbiy xodim tavsiya etgan dorilarni ichish, parxezni
saqlash, fiziko-terapevtik shifo olish tavsiya etiladi. Yaqin vaqtga qadar monogen
irsiy kasallikni homilador ayolda namoyon bo`lishi kasallikni paydo bo`lish
ehtimolligiga
qarab taxmin qilinsa, endilikda DNK tuzilishidagi nuqsonlarga qarab
belgilanadi.
Mobodo homiladagi irsiy kasallik xromosomalar sonini o`zgarishi yoki
aberratsiyasi bilan aloqador bo`lsa, vrach-genetik eru-xotinni xohishiga ko`ra irsiy
[193]
kasali bor homilaning dunyoga keltirish yoki keltirmaslik to`g`risida homilador ayol
va uning turmush o`rtog`iga atroflicha maslahat beriladi. Sog`lom bolaning dunyoga
kelishi bir tomondan ota-onaning irsiy omillariga, ikkinchi tomondan esa tashqi
muhit omillariga bog`liq.
Irsiy kasalliklarni oldini olishda faqat tibbiy
genetik maslahat berish emas,
balki atrof-muhitni muhofaza qilish, ayniqsa uni radioaktiv moddalar bilan
ifloslanishini oldini olish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga suvni, havoni,
tuproqni sanoat, transport, maishiy xizmat chiqindilari bilan ifloslanishiga yo`l
qo`ymaslik zarur.
Dostları ilə paylaş: