O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
 


51 
5.1-jadval 
Oligopoliyaning turli modellari tavsifi 
Model nomi 
Asosiy jihatlari 
Kurno modeli 1838 
yil kelishuvsiz, 
1. Bozorda bir turdagi va nomdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi kam sonli 
(2-7 nafar) firma ishtirok etadi. 
2. Bozorga kirish va undan chiqish mavjud emas. 
3. Firmalar bozorda hukmron. 
4. Firmalar o‘z foydasini maksimallashtiradi va kooperasiyasiz harakat 
qiladilar. 
5. Har bir firma ishlab chiqarish xamini qolgan firmalarni e‘tiborga olgan 
holda belgilaydi. 
6. Firmalarning xaraat funksiyasi qolgan ishtirokchilar uchun ma‘lum. 
7. Talab funksiyasi narxga bog‘liq kamyuvchi funksiya hisoblanadi. 
8. Tovarning narxi tarmoq bozorida muvozanat narxi bo‘lib hisoblanadi 
Bertran modeli 
1883 kelishuvsi, 
narxga bog‘liq 
1. Bozorda bir turdagi va nomdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi kam sonli 
(2-7 nafar) firma ishtirok etadi. 
4. Firmalar kooperasiyasiz harakat qiladilar. 
3. Firmalarning limit xarajatlari bir xil va doimiy.
4. Talab funksiyasi chiziqli. 
5. Firmlar narxni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda bir vaqtning o‘zida 
belgilaydilar. 
6. Narx belgilangaya firmalar mahsulotga bo‘lgan talab hajmiga teng 
bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaradilar. 
7. Agarda mahsulotlarning narxlari turlicha bo‘lsa, xaridorlar eng arzon 
xisoblangan mahsulotlarni xarid qiladilar.
8. Agarda mahsulotlarning narxi teng bo‘lsa, xaridorlar ularni tng 
miqdorda xarid qiladilar.
8. Model statik bo‘lib, barcha vaziyatlar muayyan vaqt momentida olib 
qaraladi.
9. Firmalar mahsulot xajmini osonlik bilan o‘zgartira oladilar, ammo 
narxni o‘zgartirish juda qiyin yoki imkoni yo‘q. 
Model Edjvort 
1897 yil, 
kelishuvsiz, narxga 
bog‘liq 
1. Bertran modeliga o‘xshash.
2. Har bir firmaning ishlab chiqarish hajmi cheklangan bo‘lib, limit 
xarajatlarga teng narxda umumiy talabning yarmiga teng.
3. Uzluksiz funksiyadan iborat.
4. Agarda firmalardan biri yuqori narx belgilasa ham xaridorlarning bir 
qismi uning mahsulotini xarid qiladi. 
Shtakelberg modeli 
1934 kelishuvsiz, 
xajmga bog‘liq 
1. Firmlar shartli ravishda bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradi; 
2. Bozorda yetakchi ishlab chiqaruvchi bo‘lib, qolgan barcha firmalar o‘z 
foydasini maksimallashtirishga imkon beradigan mahsulot hajmini ana shu 
yetakchi firma belgilab beradi; 
3. Yetakchi firma bozorga taalluqli bo‘lgan barcha axborot, firmalarning 
faoliyati to‘g‘risida to‘liq ma‘lumotga ega deb qaraladi. bunda yetakchi 
ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirishiga qolgan firmalarning javob 
reaksiyasidan unumli foydalanadi; 
4. Boshqa firmalarning umumiy ishlab chiqargan mahsulotlari hajmi 
o‘zgarmasdan qoladi 
5. Mahsulotga bo‘lgan talab funksiyasi narxga chiziqli.
Beyn modeli 1956 
yil, kirish to‘siqlari 
1. Firmalarning uzoq muddatli davrda tarmoqdagi yetakchi firmaning 
yangi firmalarga taqqoslaganda diskont ko‘rinishda foyda olishini ko‘zda 
tutiladi 
2. Yetakchi firmaning foydasi bugungi mablag‘larning kelgusi 


52 
mablag‘larga diskont bog‘liqligi, xo‘jalik riskining darajasiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
3. Tarmoqqa raqiblar kirib kelish ehtimoli yuqori bo‘lsada, firma uchun 
bugungi kunda olingan foyda muhimroq. 
Forxaymer modeli 
1930 yil, bitimga 
asoslangan 
1. tarmoqda yetakchi va autsayder firmalar mavud.
2. yetakchi firma bozorning muayyan ulushini egallashga harakat qiladi. 
3. yetakchi firmaning xarajatlari autsayder firmalarnikidan kam.
4. autsayder firmalar soni cheklangan.
5. autsayder firmalar teng ulushlarda mahsulo ishlab chiqaradilar va yetakchi 
firma narxiga moslashadi. 
6. firma imeyet informasiyu o sprose na produksiyu i predlojeniyax firm-
konkurentov.
7. strategiya povedeniya yetakchi firmaning strategiyasi: monopoliya; narx 
belgilash bo‘yicha yetakchi va raqobat yo‘nalishini saqlab qoladi. xarajatlar 
miqdori yetakchi firmanining xarajatlariga teng yoki yaqin bo‘lgan firmalar 
qo‘shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotning xom ashyo, qora va rangli 
metallurgiya, kimyo, va mashinasozlik sanoat yaqqol oligopolistik tusga ega. 
sanoatning yirik kimyo (mineral o‘g‘itlar sun‘iy tola), mashinasozlik (yengil 
avtomobillar va qishloq xo‘jaligi mashina–agregatlari) to‘liq oligopollashgan 
tarmoqlardan hisoblanadi. Bu yirik korxonalar mamlakatimiz iqtisodiyotining 
yetakchi ishlab chiqaruvchilari hisoblanishadi. Umumiy holda sanoatning 78% 
oligopollashgan bugungi kunda ham mamlakatimiz metallurgiya sanoatining 88%, 
mashinasozlikning 100%, kimyo sanoatining 100% oligopollashgan hisoblanadi. 
Taqqoslaydigan 
bo‘lsak, Buyuk Britaniyada moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlarining 60% kichik biznes ulushiga to‘g‘ri keladi. shu bois ham 
mamlakatimiz iqtisodiyotida oligopol firmalarning iqtisodiy samaradorligini 
oshirish, sanoat sohasiga kichik biznesni keng jalb qilish ustuvor vazifalardan biri 
bo‘lib qolmoqda. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə