O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Mukammal va nomukammal raqobatning klassik nazariyalari. 
2.
P.Sraff, Dj. Robinson, E.Chemberlinlar tomonidan raqobatning Marshall 
nazariyasi tanqidi nimalarda o‘z aksini topgan? 
3.
E.Chemberlinning mahsulot differensiasiyasi va monopolistik raqobat 
nazariyasining farqli jihatlari nimalardan iborat? 
4.
―Pareto optimumi‖ shartlari nimalar bilan izohlanadi? 
5.
Monopolistik tuzilmalarning vujudga kelishi jarayonini tushintirib bering.
6.
Monopoliyaning samarasi nimalarda namoyon bo‘ladi? 
7.
―Xarberger uchburchagi‖ning iqtisodiy ma‘nosini tushuntirib bering.
8.
Oligopoliya tushunchasi, mohiyati va turlari 
9.
Oligopoliyaning qanday modellari mavjud? 
10.
Forxaymer va Beyn modelini tushuntirib bering. 


53 
3-BOB: RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI 
3.1. Raqobat kuchlari nazariyasi 
3.2. M.Porterning raqobatchi kuchlar nazariyasi (Porter’s five forces 
analysis) 
3.1. Raqobat kuchlari nazariyasi 
A.Smit davridan buyon bozor munosabatlari nazariyasi sezilarli darajada 
o‘zgarishlarga yuz tutdi. Nafaqat nazariy tadqiqotlar bazasi, shunidek amaliy 
tadqiqotlar va ishlar ham rivojlantirildi. Keyingi yarim asr mobaynida raqobat 
muammolariga qaratilgan tadqiqotlar orasida M.Porter
30
ning raqobatchi kuchlar 
nazariyasi (Porter‘s five forces analysis) juda mashhur bo‘lib ketdi. Mazkur 
nazariya mavjud muammolarning yechimi emas, hattoki raqobat yagona nazariyasi 
ham emas. Bugungi kunda uning yordamida raqobat muhitini tahlil qilish va 
harakat strategiyasini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. M.Porter nazariyasi 
amaliyotda Royal Dutch Shell, DuPont, Procter&Gamble va boshqa yirik 
kompaniyalar o‘z amaliyotida samarali qo‘llagan. 
Raqobatning besh kuchini M. Porter 1979 yilda nazariy asoslab berdi. 
M.Porter ushbu raqobatchi kuchlar yordamida har bir tarmoqqa xos bo‘lgan 
raqobat ustunligini yaratish va firmaning uzoq muddat foyda olishini, shuningdek 
firmalarning 
uzoq 
muddat 
o‘z rentabelliklarini saqlab qolishlari va 
raqobatbardoshligini ta‘minlash mumkinligini izohlab berdi. 
Strategiyani ishlab chiqishdan maqsad firmaning raqobat muhitiga 
moslashuvidir. Biroq, bugungi kunga qadar ham raqobatga nisbatan juda tor va 
yuzaki yondashilib kelinadi. Bunda tarmoqdagi raqobat izchilligini tasodifiy 
vaziyatlar to‘qnashuvi, voqyealarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi yoki 
omadsizlik deb qarash noo‘rindir. Raqobat strategiyasining tub mohiyatini anglash 
uchun kompaniya faoliyati va uni o‘rab olgan muhitni solishtirish muxim rol 
o‘ynaydi. Albatta, sohaga aloqador muhit keng tushuncha bo‘lib, ham iqtisodiy, 
ham ijtimoiy jihatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Firma faoliyatini o‘rab olgan 
muhit deganda esa, u raqobatlashayotgan soha yoki sohalar tushuniladi.
Aniq bir sohaning tuzilmasi firmaning raqobat borasidagi ―o‘yini‖ 
qoidalarini, uning strategiyasi variantlarini belgilab beradi. Sohadan tashqarida 
bo‘lgan kuchlar bunda nisbiy rol o‘ynaydi, chunki tashqi vositalar (kuchlar) odatda 
sohaning barcha firmalariga ta‘sir ko‘rsatadi. Muammoning hal etilishi esa 
firmalarning bunday kuchlar bilan o‘zaro hamkorlik qila olishi layoqatiga bog‘liq. 
Sohadagi raqobat jadalligini tasodifiy holat yoki muvaffaqiyatsizlik deb bo‘lmaydi. 
Aksincha, sohadagi raqobat uning iqtisodiy tuzilmasi mustahkam bo‘lganida va 
boshqa raqobatchilardan anchayin ilgarilab ketganida yuzaga keladi. M.Porter 
ushbu nazariyani quyidagicha izohlaydi: 
30
Maykl Yudjin Porter (1947 y) 

AQSh iqtisodchisi, Garvard biznes maktabi professori, xalqaro bozorlar, 
mamlakatlararo va mintaqalararo raqobat muamolari bilan shug‘ullanadi. Iqtisodiy fanga ―mamlakatlarning raqobat 
ustunligi‖, raqobatbardoshlikni baholash metodikasi nazariyasini kiritgan. 


54 

raqobatning kuchlari ta‘siri va ularning muhimliligini aniqlashga kompleks 
yondashish imkoni mavjud; 

barcha pog‘onadagi menejerlar faoliyatini kompaniya maqsadi va unga 
erishish yo‘llariga yo‘naltirish. 

kompaniya faoliyatining shaffofligiga erishish. M.Porterning fikricha 
raqobat strategiyalari hyech qachon yashirin tusga ega bo‘lmasligi, raqiblar 
kompaniya strategiyasidan xabardor ekanligi ahamiyatga ega emas. Biroq 
menejerlarning bu boradigi harakatlari muhim hisoblanadi. 

intuitiv yondashish muhimligining ko‘rsatib berilganligi. Raqobat 
kuchlariga qarshi turish intuitiv tusga ega bo‘lishi va ko‘p jihatdan spontan 
bo‘lmog‘i lozim. 

vaqt bo‘ylab o‘zgaruvchanlikning ta‘minlanganigi. Raqobat kuchlari 
tasodifiy xarakterga ega va muayyan vaqt oralig‘ida tuzatib turilishi talab etiladi. 
M. Porter raqobatning barcha darajalarida ijobiy va salbiy raqobat 
tushunchalarini qo‘llaydi. Ijobiy raqobatga misol qilib muntazam ravishda tovar va 
xizmatlarning sifatini yaxshilab boruvchi kompaniyalarni keltirishimiz mumkin. 
―Raqobat strategiyasini ishlab chiqish mohiyatan kompaniyaning qanday 
raqobatlashuvi, uning maqsadi va bunda qaysi vositalar va tadbirlardan 
foydalanishini aniq belgilab olishdan iboratdir‖. M.Porter shuningdek klaster 
nazariyasini ommalashtirgan olim hamdir. U kompaniyalar raqobatbardoshligi 
ko‘p jihatdan klaster ichidagi bazaviy shart-sharoitlarga va iqtisodiy muhitga 
bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi. M.Porter ta‘limotining asosiy xarakterli jihati 

bozor munosabatlari sharoitida kompaniyaning mustaqilligini ta‘minlash, 
bozordagi hukmronlikka chek qo‘yishdir. Bu kompaniyalar tomonidan bozordagi 
strategiyani va faollikni ta‘minlab, ―tirik qolishini‖, ijobiy samaraga erishishini, 
muntazam ravishda o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashuvchanligiga 
yo‘nalganlikni ta‘minlaydi. Kompaniyalar xavotirsiz ishlashda davom etadilar va 
bozorda xavfsizlikni ta‘minlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish bilan 
shug‘ullanadilar. Shuningdek, M.Ye.Porter bozor munosabatlari sharoitida 
kompaniya atrofida har doim raqiblar yoki dushmanlar bo‘lmasligini, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar o‘zaro bog‘liq holda iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish 
kerakligini ilgari suradi. Bundan, kompaniyalarning o‘zaro hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yishi nafaqat ular faoliyatining yakuniy natijasiga, balki yangi qiymat yaratish 
maqsadida hamkorlikni ko‘zda tutuvchi ijobiy raqobatlashuv yoki vayronakorlikka 
olib keluvchi salbiy raqobatlashuvga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu bilan bozor 
subyektlari nafaaqat yuqori foyda olish va o‘zaro raqobatlashuvi, balki tarmoqdagi 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ham e‘tiborga olishi shartdir. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə