O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
 
O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Ishlab 
chiqarish 
omillarini 
o‘zlashtirishga 
asoslangan 
milliy 
iqtisodiyotlarning xususiyatlari nimalardan iborat? 
2.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga asoslangan milliy iqtisodiyotlar 
xususiyatlari nimalardan iborat? 


155 
3.
Innovasiyalarga asoslangan milliy iqtisodiyotlar xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
4.
Mamlakat va milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta‘minlash borasida 
amalga oshirilgan chora-tadbirlarni tushuntirib bering 
5.
Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta‘minlash shartlarini sanab 
bering 
6.
Milliy mahsulotlar raqobat ustunligini ta‘minlash bo‘yicha amalga 
oshiriladigan chora- tadbirlar nimalarni o‘z ichiga oladi?


156 
10-BOB. RAQOBATNING INNOVASIYALARNI TATBIQ ETISH 
STRATEGIYASI 
Reja: 
10.1. Raqobatning innovasiyalarni tatbiq etish strategiyasining umumiy 
tavsifi 
10.2. Innovasion strategiyalarning turlari 
10.3. Imitasiya strategiyasi raqobat ustunligi sifatida 
 
 
10.1. Raqobatning innovasiyalarni tatbiq etish strategiyasining umumiy 
tavsifi 
Innovasion strategiya
– korxonaning ko‘zlangan maqsadga erishish va 
raqobat ustunligini ta‘minlash vositalaridan biri bo‘lib, eng avvalo korxona uchun, 
shu jumladan tarmoq va iste‘molchilar uchun ham ushbu vositalarning yangiligi 
bilan farq qiladi. Innovasion strategiya korxonaning umumiy strategiyasi tarkibiga 
kiradi va raqobat ustunligini ta‘minlashning innovasion yo‘nalishlarini ko‘zda 
tutadi. 
Iqtisodiyotning modernizasiya qilish sharoitida innovasion strategiyalarning 
ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
rivojlanishi uchungina emas, balki milliy iqtisodiyotimiz dinamik rivojlanishi 
uchun ham muxim shartdir. Innovasion strategiyaning asosiy funksiyasi ilmiy 
ishlanmalarning uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgilash, yangiliklarni joriy etish
va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun resurslar bilan ta‘minlashdir. Innovasion 
jarayon ishtirokchilaring faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi va nazorat
qilinadi. Innovasion strategiyalarni tanlash davlatning ijtimoiy va iqtisodiy 
rivojlanishiga, 
uning 
moddiy-texnik 
va 
moliyaviy 
resurslar 
bilan 
ta‘minlanganligiga bog‘liq. Innovasion strategiyalarni qo‘llash korxonaning 
loyihaviy, korporativ va umumiy boshqaruv tizimida ko‘pgina murakkabliklarni 
keltirib chiqaradi. Bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

natijaning noaniqlik darajasi ortishi bilan bog‘liq muammolar. innovasion 
strategiyani qo‘llash natijasida yakuniy natijani prognozlash murakkablashadi. bu 
boshqaruv tizimida innovasion risklarni boshqarish bilan bog‘liq maxsus 
funksional tizimni tashkil etishni taqozo etadi; 

loyihalarning investision risklari darajasining ortishi. innovasion loyihalar 
asosan uzoq muddatga mo‘ljallanganligi bois, investorlarning xatarlilik darajasi 
ortadi. natijada boshqaruv tizimida 
innovasion-investision loyihalarni boshqarish 
muammosi paydo bo‘ladi; 

innovasion strategiyani qo‘llash natijasida korxonani innovasion 
restrukturizasiyalash zarurati kelib chiqadi. Strategik o‘zgarishlar o‘z navbatida 
ishlab chiqarish jarayonida ham ko‘zda tutilishi lozim. shuning uchun strategik, 
ilmiy-texnik, moliyaviy, ishlab chiqarish, marketing va menejment bo‘yicha 
qarorlarning o‘zaro muvofiqligini ta‘minlash zarur. 
Korxonalarning innovasion strategiyalari ularning innovasion potensialini 
oshirishi mumkin bo‘lgan bozorni pozisiyalash, faoliyatni diversifikasiyalash yoki 


157 
ixtisoslashtirish, raqobat ustunligini ta‘minlash orqali yechimini topishi mumkin 
bo‘lgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Ushbu strategiyalar 
tarmoqda resurslar mavjudligi va vaziyatdan kelib chiqqan holda bir vaqtning 
o‘zida alohida yoki bir nechtasi birgalikda qo‘llanilishi mumkin. 
Korxonalar bozorning talabini aniq tahlil qilgan holda talabga mos jozibador 
xizmatlarni taklif etuvchi innovasion strategiyalarini ishlab chiqishlari mumkin. 
Strategiyalar xizmatlar sohasi korxonalarining innovasion faoliyati shaklini va eng 
samarali harakat dasturlarini belgilab beradi. 
Innovasion strategiyalar ko‘plab risklar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni amalga 
oshirish ijobiy natijaga erishish imkoniyatini aniqlash murakkab bo‘lgan sharoitda 
ishlab chiqiladi. Xizmatlar sohasi rivojlanishining yuqori sur‘atlari, iqtisodiyotning 
globallashuvi, innovasion maxsulot va xizmatlarning kirib kelishi sohada 
giperraqobat muhitini yaratadi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə