O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Milliy mahsulotlar raqobat ustunligini ta’minlash bo’yicha



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

9.3.2-rasm. Milliy mahsulotlar raqobat ustunligini ta’minlash bo’yicha 
amalga oshiriladigan chora- tadbirlar
Respublikamizda qayta ishlash sanoatining, ayniqsa qishloq xo‘jalik 
xomashyosini qayta ishlash tarmoqlarining rivojlanishi darajasi mamlakatimizda 
mavjud sanoat xomashyosini to‘liq va chuqur qayta ishlash orqali raqobatdosh, 
yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetarli emas. 
Bugungi kunda jahon bozorida raqobat kurashi kuchayib borayotgan bir 
paytda mamlakatimizning mahsulot eksport qiluvchi korxonalarini qo‘llab-
quvvatlash tizimini takomillashtirish, ularga qo‘shimcha imtiyoz va prefrensiyalar 
berish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur va muhim vazifa sifatida 
belgilab olingan. 
Tashqi bozorga chiqish uchun raqobatchilar, iste‘molchilar, mahsulot eksport 
qilinayotgan mamlakatning qonunchiligi to‘g‘risida axborot ko‘magini berish, 
davlatlararo kelishuvlarga ko‘ra mamlakat korxonalari uchun xorijiy davlatlarda 
eng ko‘p qulaylik rejimini yaratish, bozor va ishlab chiqarish infratuzilmalarini 
(banklar, trasport tizimi va h.k) rivojlantirish, mahsulotlarning reklamasiga 
ko‘maklashish kabi chora–tadbirlar ham eksport qiluvchi korxonalar 
raqobatdoshligini oshirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Shu boisdan ham poytaxtimiz va viloyat markazlarida har yili sanoat 
yarmarkalari o‘tkazib borilmoqda, mamlakatimizning xalqaro savdo-sanoat 
yarmarkalarida ishtiroki kundan-kunga ko‘paymoqda. Bu o‘z navbatida eksportyor 
Sanoatda mahsulot tannarxini 10-15 foizga pasaytirish 
borasida dastur ishlab chiqish 
Milliy mahsulotlar 
raqobat ustunligini 
ta’minlash 
bo’yicha amalga 
oshiriladigan 
chora-tadbirlar
Sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, 
iste‘mol tovarlarining turini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash 
bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlarni ko‘zda tutuvchi maxsus 
qaror qabul qilish
Tashqi bozorlarda xaridorbop, raqobatdosh bo‘lgan yuqori 
likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 
eksportga mahsulot chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishni 
yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni 
tayyorlash
Raqobatdosh mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning 
eksport 
yarmarkalarini 
o‘tkazishini 
kengaytirish, 
mamlakatimiz korxonalari mahsulot taqdimotini o‘tkazish 
hamda eksport shartnomalarini tuzish uchun ularni nufuzli 
xalqaro yarmarkalarga jalb etish bo‘yicha alohida Hukumat 
qarorini qabul qilish


154 
korxonalarning o‘z mahsulotlarini reklama qilish, xaridor va sheriklar izlab topish 
imkoniyatini kengaytirmoqda, reklama xarajatlarini tejash imkonini bermoqda. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz korxonalari, milliy mahsulotlar, 
iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat raqobat ustunligini ta‘minlash bo‘yicha 
huquqiy sohada ham sezilarli ishlar amalga oshirildi buni qabul qilingan quyidagi 
huquqiy xujjatlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik subyektlarini 
tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish 
tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 
2011 yil 4 apreldagi Farmoni. // Xalq so‘zi, 2011 yil 5 aprel. 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi ―Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik 
muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi PF-4354-
sonli Farmoni. 
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 maydagi 
―Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini 
nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi PF-4296-sonli Farmoni. // Xalq so‘zi, 2011 yil 5 
may. 
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik subyektlarini 
tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanadatakomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2011 yil 12 maydagi Qarori. // Xalq so‘zi, 2011 yil 
13 may.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi "2011-
2015 yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi 1442-
sonli qarori; 
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktyabrdagi «Yangi 
turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zlashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1623-sonli qarori;
7.
O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2011 yil 27 dekabrdagi «2012 
yilgi investisiya dasturi to‘g‘risida"gi 1668-sonli qarori; 
8.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Tijorat banklarining 
kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖ 2000 yil 19 maydagi 195-son qaroriga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida‖ Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 
martdagi 79-sonli Qarori. 
9.
2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikasiya qurilishini 
rivojlantirishni jadallashtirish Dasturi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə