O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI 
Reja: 
9.1. Mamlakatni barqaror rivojlantirishda milliy iqtisodiyotning 
raqobatdoshligini ta’minlash masalasi 
9.2. Mamlakat va milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash 
borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar 
9.3. Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash shartlari 
 
 
9.1. Mamlakatimizni barqaror rivojlantirishda milliy iqtisodiyotning 
raqobatdoshligini ta’minlash masalasi 
Jahon 
bozorlaridagi 
beqarorlik 
sharoitida 
mamlakatimizni 
barqaror 
rivojlantirish vazifasini hal etishda iqtisodiyotning raqobatdoshligini ta‘minlash 
masalasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. 
Ma‘lumki, iqtisodiyotning raqobat ustunligi turli shakl va darajalarda 
namoyon bo‘ladi. Bular: 
– milliy mahsulotlarning raqobat ustunligi – uning sifati va narxiga ko‘ra shu 
turdagi boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidan ustunligi bilan belgilanadi; 
– milliy korxona (firma)larining raqobat ustunligi – turdosh, raqobatlashuvchi 
korxonalarga nisbatan bir xil yoki o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni iste‘mol 
xarakteristikalari bo‘yicha sifatli va pastroq narxlarda ishlab chiqarish hamda 
yetkazib berish imkoniyati bilan belgilanadi. Shveysariyaning Davos shahrida har 
yili bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi firmalarning raqobat ustunligini 
resurslar (mamlaktda korxona mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun 
resurslarning mavjudligi,hajmi va sifati), tashqi raqobat, talab va tarmoqlararo 
aloqalar asosida aniqlashni taklif qiladi. Xuddi shu holda tarmoqlarning raqobat 
ustunligiga baho bersa bo‘ladi; 
– iqtisodiyot tarmoqlarining raqobat ustunligi; 
– milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligi – sog‘lom raqobat muhitida jahon 
bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o‘sish va turmush sifatini oshirishni 
ta‘minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, hamda uzoq 
muddat iqtisodiy o‘sishning yuqori sur‘atlarini ta‘minlab turish qobiliyati bilan 
belgilanadi; 
– mamlakatning raqobat ustunligi – milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi 
tushunchasi bilan bir tushuncha bo‘lib, IMD (Lozannadagi Menejmentni 
rivojlantirish instituti) tomonidan berilgan ta‘rifga ko‘ra mamlakat va millatning 
raqobat kurashida muvaffaqiyat qozonadigan iqtisodiy faoliyatni vujudga 
keltirishga qodir muhitni yaratish, ta‘minlab turishi va rivojlantirish qobiliyatidir. 
Bunda unda davlatning raqobat ustunligini ta‘minlashdagi roli kattaligi va faol 
bo‘lishi zarurligi o‘z aksini topgan. Chunki siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni 
ta‘minlash, faol monetar va fiskal siyosat olib borish, iqtisodiyot va moliya 
sohasini tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotining 
tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uni modernizasiya qilish, infratuzilma 


148 
tarmoqlarini rivojlantirish, ta‘lim sohasini isloh etish raqobatbardosh biznesning 
yuzaga kelishini kafolatlaydi. 
Hyech bir mamlakat yoki uning iqtisodiyoti barcha sohalar bo‘yicha raqobat 
ustunligiga erisha olmaydi. Mamlakatlar darajasida raqobat ustunligi milliy 
iqtisodiyotda yetakchi tarmoqlarning konsentrasiyalashuvi natijasida vujudga 
keladi. Masalan, Yaponiyada yirik avtomobilsozlik firmalari (―Nissan‖, ―Toyota‖), 
maishiy texnika (―Sony‖, ―Panasonic‖) joylashgan, AQShda kompyuter firmalari 
(―IBM‖, ―Apple‖), Shvesariyada farmasevtika firmalar (―Novartis‖, ―Nycomed‖, 
―Roche‖) joylashgan. Ularning mahsulotlari yetakchi firmalar tomonidan yetkazib 
beriladi. Shu tarzda firmalar o‘rtasida o‘ziga xos aloqalar shakllanib, iqtisodiy 
klaster vujudga keladi.
Xalqaro iqtisodiy Forum ekspertlari milliy iqtisodiyot yoki mamlakatning 
raqobat ustunligini aniqlashda mingga yaqin ko‘rsatkichdan foydalanishni taklif 
qilgan. Ularning eng muhimlari sanoatning rivojlanganligi, moliya tizimining 
barqarorligi, inson kapitali, tabiiy resurslar va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikdir. 
Mamalakatlarning raqobat ustunligini aniqlashda ushbu mamlakatlar 
iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi va yo‘nalishi ham muhim ahamiyatga ega. 
Mamlakatning raqobat ustunligini aniqlashda ular quyidagi uch guruhga ajratib 
olinadi: 
Ishlab chiqarish omillari (factor – driven economy)ni o’zlashtirishga 
asoslangan milliy iqtisodiyotlar
. Bu guruhga asosan xomashyo, ishchi kuchi va 
tabiiy resurslarga boy mamlakatlar kiritilib, bugungi kunda 37 ta mamlakat 
kiritiladi. 
Bular 
asosan 
Afrika, 
Lotin 
Amerikasi 
(Boliviya, 
Gaiti), 
MDH(Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston), Hindiston, Pokiston, Vyetnam, Yamen, 
Nepal va boshqa ―uchinchi dunyo‖ mamlakatlari kiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga asoslangan milliy iqtisodiyotlar

Bu guruhdagi mamlakatlar muntazam ravishda ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish, mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga harakat qilishadi. 
Ushbu mamlakatlarda samaradorlikning yuqoriligi bois ish haqining oshirilishi 
mahsulot narxining oshishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Bu guruhga bugungi kunda 28 
mamlakat (Xitoy, Albaniya, Kolumbiya, Indoneziya, Tailand va boshqa 
rivojlangan davlatlar) kiritiladi. 
Innovasiyalarga asoslangan milliy 
iqtisodiyotlar
. Ushbu guruhdagi 
mamlakatlarda turmush darajasi va yuqori ish haqi innovasiyalar asosida 
ta‘minlanadi. Bu mamlakatlarning raqobat ustunligi eng avvalo yangi 
texnologiyalar va innovasiyalarga asoslanadi. Ushbu guruhga bugungi kunda 35 
rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, AQSh, YeI mamlakatlari, Janubiy Koreya, 
Malayziya, Singapur) kiritiladi (9.1.1-rasm). 


149 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə