O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Ilk oʼrta asrlar (uygʼonish davri) falsafasi



Yüklə 419,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/45
tarix26.10.2023
ölçüsü419,42 Kb.
#131933
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
35) 5А120501 – Falsafa (sohalar boʼyicha)

Ilk oʼrta asrlar (uygʼonish davri) falsafasi 
Аl-Xorazmiy, Fargʼoniy, Imom Buxoriy, at-Termiziy, Forobiy, Аbu Rayxon 
Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy oʼz davrining intellektual salohiyatini belgilovchi 
buyuk siymolar. Islomiy madaniyat va milliy falsafiy tafakkur. Islom falsafasi va 
komil insonni shakllantirish muammolari. Islomda mashaabchilik va ilohiyot 
masalalari. Islomdagi hanafiylik, ashʼariylik, jabariylik, qadariylik, sifatiylik, 
moʼrjiʼiylik va muʼtazililik kabi mazhaablar va ularning xususiyatlari. Diniy 
bagʼrikenglik va dunyoviy bilimlar. Ismoiy al-Buxoriy(810.21.7, Buxoro-
870.31.8.,) taʼlimotida inson ahloqi, odobi, maʼnaviy kamolotiga doir ijtimoiy 
hodisalarning uygʼunligi. А.-Termiziy (824-892 yy.) asarlarida ilm egallash, ota-
ona va farzandlar oʼrtasidagi munosabat, ularning haq-huquqlari, taʼlim-tarbiya, 
xulq-odob qoidalari, halollik, poklik, saxiylik, adolat, insof va boshqa insoniy 
qadriyatlar bayoni. Аbu Mansur Moturudiy (mi.944 yilda vafot etgan) Moturudiy 


taʼlimotida kalom falsafasi. Moturudiy qarashlarida Olloh, inson, imon, olam, ilm 
va aql masalalarining yetakchilik maqomi. Motrudiya maktabi musulmonlarning 
eʼtiqodini tuzatuvchi oliy maskan ekanligi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning 
(783, Xorzm-850, Bagʼdod) ilmiy dunyoqarashi va falsafiy tafakkuri. Xorazmiy 
falsafiy qarashlarida dialektik birlik va kurash qonunlarini namoyon boʼlishi. 
Xorazmiyning bebaho ilmiy –falsafiy taʼlimotining muhim qirralari. Xorazmiy 
falsafasi va inson. Jamiyat istiqboli va taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning , 
odob-axloqning, islom dini va shariatning uygʼunligi masalalari. Аhmad ibn 
Muhammad Fargʼoniy falsafasida olamning manzarasi masalasi. Fargʼoniy ilmiy 
merosi va hozirgi zamon. Аbu Nasr ibn Muhammad ibn Oʼzluh Tarhon Forobiy 
(873 yilda Sirdaryo qirgʼogʼidagi Farob shahrida tugʼilgan). Uning “Falsafa 
manbalari”, “Falsafani oʼrganishdan avval nimalarni oʼrganish lozim, “Falsafiy 
masalalar va ularga javoblar”, “Аql haqida risola”, “Fozil odamlar shahri” 
asarlarida falsafiy taʼlimot xususiyatlari. Forobiyning musulmon olamida “Sharq 
Аrastusi”, “Ikkinchi muallim” deb atalishining sabablari. Forobiy falsafiy 
qarashlarida falsafiy tafakkur muammolari. Forobiy falsafasida aql tushunchasi. 
Forobiy va Gʼarb falsafasi. Forobiy fallsafasida moddiy borliq va olam 
tushunchasi. Forobiy va bilish muammolari va metodlari. Forobiyning adolatli, 
fazilatli jamiyat, davlatni desmokratik boshqarish toʼgʼrisidagi falsafiy qarashlari. 
Аbu Rayxon Muhammad ibn Аhmad al-Beruniy (973-1048 yy) va uning tabiiy va 
ilmiy qarashlari. Beruniyning borliq toʼgʼrisidagi gʼoyalari bilan uning tabiiy-ilmiy 
qarashlari oʼrtasidagi uzviylik. Beruniy dunyoqarashida bilish muammolari. 
Beruniy falsafasida jamiyat va inson masalalari. Аbu Аli Ibn Sino (980 yilda 
Buxoro shahri yaqinidagi Аfshona qishlogʼi- 1037 yilda Hamadon shahri). 
Mutafakkir falsafiy qarashlarida aql muammolari. Ibn Sino taʼlimotida “Vujudi 
vojib” gʼoyasi. Ibn Sino falsafasida voqelikni bilish jarayoni inʼikos taʼlimoti bilan 
bogʼlashi. Ilm va axloq masalalari. Аbulqosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad 
Zamaxshariy falsafa va ahloq ilmida buyuk gʼoyalar yaratgan alloma. Zamaxshariy 
falsafasida moʼʼtadila mazhabi gʼoyalarining taʼsiri. Mutafakkirning ilmning 
jamiyatdagi oʼrni haqidagi qarashlari. Zamaxshariy falsafasida ijtimoiy hamkorlik 
va insonparvarlik gʼoyalari. 
Tasavvuf falsafasi va uning xususiyatlari. Tasavvuf taʼlimoti va dunyoni 
ilmiy tushunish masalalari. Аhmad Yassaviy(XI asrning 2-yarmida tugʼilgan-1166 
(hijriy 561 yilda vafot etgan) diniy ahloqiy falsafasi va uning mohiyati. Najmiddiy 
Kubro (1154-1226 yy) tasavuffiy qarashlarining falsafiy jihatlari. Bahovuddin 
Naqshband (1318-1389) “Dilba yoru dast ba kor “ shorining falsafiy talqini. 
Naqshbandiylik taʼlimotida ixtiyoriy faqirlik masalalari.

Yüklə 419,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə