O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Ilova 3  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING  QARORI  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/130
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#138384
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Ilova 3 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI 
TO‘G‘RISIDA 
Iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko‘lamli chora-
tadbirlar ko‘rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to‘lovlar 
rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. 
Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko‘rsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal 
rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda. 
“Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), “sun’iy 
aql”, superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat 
jahonning ko‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
“Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga 
va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda. 
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasini 
amalga oshirish maqsadida: 
1. Quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar deb 
hisoblansin: 
investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-
aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va 
komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va 
yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda 
amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi 
shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-
fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va 
rivojlantirish; 
“blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali 
kadrlarni tayyorlash; 
kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy 
tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda 
amalga oshirish uchun “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan 
yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish; 
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan xolda “blokcheyn” texnologiyalarini joriy 
etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish; 


213 
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va 
ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini 
ta’minlash. 
2. Belgilab qo‘yilsinki: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli 
iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi; 
“blokcheyn” texnologiyalari joriy etiladigan aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va 
idoralarning takliflari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi tomonidan belgilanadi; 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda 
tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim; 
kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi; 
yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari, jumladan 
norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, 
mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi; 
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda 
litsenziya olgan shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘lik valyuta 
operatsiyalariga valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018 — 2020-yillarda 
quyidagilarni nazarda tutadigan “Blokcheyn” texnologiyalarini rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda 
Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqsin va amalga oshirsin: 
a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mazkur faoliyatni tashkil etishning 
huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro 
kripto-birjalarda realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutishni; 
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab “blokcheyn” texnologiyalarini: 
davlat organlari faoliyatiga, jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik 
qilishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shaxs to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni verifikatsiyalashda tatbiq etishni; 
davlat reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma’lumotlar bazalarini yuritishda, jumladan ularga 
kiritilgan axborotni yangilash va undan foydalanishda joriy etishni; 
ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor bo‘lgan yirik tijorat tashkilotlarining korporativ 
boshqaruvi tizimiga, jumladan biznes-jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va 
operatsion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq etish va 
resurslarni boshqarish uchun tatbiq etishni; 
kliring operatsiyalarida, to‘lovlarni amalga oshirishda, savdoga oid moliyalashda (akkreditiv), 
shuningdek, loyihalarga kredit berishda joriy etishni. 
4. 2018-yil 1-oktabrdan shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: 


214 
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, jumladan kripto-aktivlar savdosi bo‘yicha kripto-birjalar 
yaratish faoliyati litsenziyalanishi lozim; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi kripto-aktivlar 
aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Toshkent 
shahridagi Inxa universitetining “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi” MChJ ustav 
fondidagi universitetning ulushini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligiga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 
6. “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ uch oy muddatda raqamli iqtisodiyot 
elementlari va kripto-aktivlar aylanmasi (jumladan mayning) sohasidagi faoliyat negizida tajriba 
loyihasini ishga tushirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi milliy agentligiga kiritsin. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda: 
a) bir oy muddatda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar kiritsin; 
b) 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot 
va blokcheyn-texnologiyalar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini kiritsin: 
“blokcheyn” texnologiyalari sohasidagi asosiy tushunchalar va uning faoliyat yuritish 
prinsiplari; 
davlat organlari, shuningdek, jarayon ishtirokchilarining “blokcheyn” texnologiyalari sohasidagi 
vakolatlari; 
“blokcheyn” texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanganlik uchun javobgarlik 
choralari; 
v) ikki oy muddatda: 
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni; 
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi 
takliflarni kiritsin. 
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov 
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. 
Sadikov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə