O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/130
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#138384
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 
Toshkent sh., 2018-yil 3-iyul, PQ-3832-son 
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3832/1452-son) 


215 
Ilova 4 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA RAQAMLI INFRATUZILMANI YANADA 
MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va 
yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga 
integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy 
etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini ko‘rsatmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi 
tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy 
infratuzilmani qo‘llash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi 
o‘rinlarda — Agentlik) raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ 
hisoblanadi;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy 
etish bilan bog‘liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning 
mablag‘larini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi 
“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi 
o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Agentlik, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 
“Universal Mobile Systems” MChJ (keyingi o‘rinlarda — operator) ustav kapitalidagi davlat ulushini 100 
foiz miqdorda Jamg‘armaga beg‘araz asosda topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Jamg‘arma tomonidan ushbu qarorga muvofiq olingan mol-mulk yuridik shaxslarning foyda 
solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
operatorning ustav kapitalidagi ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan ulush yuridik 
shaxslarning foyda solig‘iga va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi.
4. Agentlik va Jamg‘arma yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ikki oy 
muddatda samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etish 
uchun zarur texnik bazani yaratish bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 —2021-yillarda 
“Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) ishlab 
chiqsin va tasdiqlasin:
operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetarli 
tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy etish;


216 
ichki kuch va mablag‘larni safarbar etish, telekommunikatsiya uskunalarini modernizatsiya 
qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global 
tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga ishlov berish markazlari 
orqali ko‘rsatilishini ta’minlash.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
operatorning ustav kapitalidagi topshirilayotgan davlat ulushini boshqarish Jamg‘arma 
tomonidan faqatgina Jamg‘arma Kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
operatorning ustav kapitalidagi davlat ulushidan olinadigan daromadlar, shuningdek, maqsadli 
imtiyozlar berishdan bo‘shaydigan moliyaviy mablag‘lar Konsepsiyani amalga oshirish davrida texnologik 
uskunalarni modernizatsiya qilish va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida 
Jamg‘arma hisobiga yo‘naltiriladi; 
Konsepsiyada nazarda tutiladigan tadbirlar operatorning o‘z mablag‘lari va Jamg‘arma 
mablag‘lari, jalb etiladigan qarz mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Operator 2021-yil 1-dekabrga qadar muddatga telekommunikatsiya sohasida faoliyatni 
amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji, radiochastotalar spektridan foydalanish uchun 
to‘lov, shuningdek, radioelektron vositalardan foydalanish uchun ekspluatatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod 
etilsin. 
7. Operatorga:
faqat o‘z tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga ovozli telefoniya va 
internet trafigi xalqaro kanallarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz xalqaro 
telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, “IP-
telefoniya” texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘riulanish; 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida Jamg‘arma bilan kelishilgan holda 
shartnoma asosida mustaqil xorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga 
qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini 
belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga 
nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega.
8. Vazirlikning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 22-uy manzilida joylashgan 
binosi operatorni joylashtirish uchun xo‘jalik yurituvi huquqi asosida Agentlikka topshirilsin.
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga 
ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar 
kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. 
Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 
birinchi o‘rinbosari D.R. Li zimmasiga yuklansin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə