O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm . Sanoatning raqamli shakli   Inson



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик
5-labaratoriya , Nomozov U
1.2.1-rasm
. Sanoatning raqamli shakli  
Inson 
Iqtisodiyot 
Sanoat 
Biznes 
Sistema 
Jarayon 
Buyumlar 
Raqamli profil 
Iqtisodiy sistema 
Raqamli platforma 
Raqamlashtirilgan biznes 
Raqamli model 
Raqamlashtirilgan jarayon 
Raqamli obyektlar 


20 
Dasturiy  ta’minot  mahsuloti  sifatida 
platforma 
barcha  zarur 
texnologiyalarni  to‘playdi,  bu  ko‘p  sonli  foydalanuvchilarga 
ma’lumot  olish,  yuqori  sifatli  rejalashtirish,  tahlil  xizmatlari  va 
eng  muhimi,  bozorga  (mijozlar,  ishlab  chiqaruvchilar,  xizmat 
ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqalar) kirish huquqini beradi. 
Platformaning  qiymati  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqot  qilish 
imkoniyatini taqdim etish va ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir 
o‘tkazish tartibini osonlashtirishdir. 
So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 
(AKT)  rivojlanishida to‘rtta  holat  bilan  bog‘liq  bo‘lgan sifatli 
siljishlar kuzatilmoqda : 

 
raqamli  texnologiyalar  doimiy  ravishda  o‘zlarining  qo‘l-
lanilish doirasini kengaytirmoqda; 

 
tegishli  vositalarni  kiritish  va  ulardan  foydalanish  xa-
rajatlari doimiy ravishda pasayib bormoqda

 
iqtisodiy  faoliyatni raqamlashtirish darajasi doimiy  ravishda 
o‘sib bormoqda (shu jumladan, dastlabki ikki omil ta’siri tufayli); 

 
raqamli  qurilmalarning  (kompyuterlar,  telefonlar,  Inter-
netga  ulangan  aqlli  moslamalar  va  qurilmalar)  mavjudligi  va 
tarqalishi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. 
Ushbu holatlar majmui raqamli platformalar tomonidan qo‘l-
lab-quvvatlanadigan 
raqamli  ekotizimlarning 
rivojlanishiga  asos-
langan  yangi  biznes  modellarining  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga 
muvofiq  bo‘lishi  uchun  sifat  jihatidan  yangi  shart-sharoitlarni 
shakllantirishga olib keldi . 
Raqamli  iqtisodiyot  ekotizimi  –  ularga  tegishli  texnologik 
platformalar,  amaliy  Internet  xizmatlari,  analitik  tizimlar,  davlat 
hokimiyati  organlari  axborot  tizimlari,  tashkilotlar  va  fuqarolarn-
ing  doimiy  hamkorligini  ta’minlaydigan  tashkilotlarning  ham-
korligi (1.2.2-rasm):  
Raqamli  platformalar 
raqamli  iqtisodiyotning  muhim  vositasi 
bo‘lib,  ko‘plab  yangi  texnologiyalarni  birlashtiradi  va  foyda-
lanuvchilarga  (ishlab  chiqaruvchilar  ham,  iste’molchilar  va 
vositachilarga  ham)  eng  yaxshi  raqamli  vositalar  va  erkin  raqobat 


21 
bozoridan foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa tegishli segment-
dagi o‘yin qoidalarining sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi. 
 
 
 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə