O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Buyumlar Internetining asosiy modellari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

 
1.6.2. Buyumlar Internetining asosiy modellari 
  
Birinchi 
biznes 
modeli 
"meyoriy 
nazorat"dir. Tartibga 
soluvchi  tashkilotlarning  talablariga  rioya  qilish  biznesni  amalga 
oshirishning  zaruriy  shartidir,  ammo  ular  sezilarli  xarajatlarga 
qaramasdan  kompaniyalarga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  iqtisodiy  foyda 
keltirmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib  IoT ushbu sohada xa-
rajatlarni kamaytirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. 
Ikkinchi  biznes  modeli  
–  bu  "profilaktika  nazora-
ti": IoTlar favqulodda vaziyatlarning zaruriy sabablarini o‘z vaqti-
da  aniqlash  va uskunalarning  ishlash  samaradorligini pasay-
tirishga imkon  beradi.  IoT  yordamida    masofaviy    monitoringni  
va uskunalar ishini onlayn real vaqtdakuzatish imkonini yaratadi.  
Uchinchi  biznes  modeli 
  bu  "masofadan  turib  diagnos-
tika". IoT sensorlaridan ular  o‘rnatilgan  qurilmalarni  tashxislash 
va  ularning  holatidagi  o‘zgarishlarga  avtomatik  javob  berish 
uchun  foydalanish  mumkin. Aqlli  tizimlar sanoat  konveyeri-
ni kuzatib  boradi, omborlarda tovarlarni  hisobga  oladi va odamlar 
o‘rniga harakatni tartibga soladi. Har qanday ob-havoda, kun bo‘-
yi va haftada etti kun.        
To‘rtinchi biznes modeli 
operatsiyalarni boshqarishdir.  
IoTni   sanoat  va transportda  qo‘llanilishi  favqulotdagi  hola-
tlar  kamayishi,  hom  ashyo  va  ishlatilgan  resurslar    hajmini 
yuqotishlarni  qisqarishi  xarajatlarni  kamaytiradi. IoTdan  foydala-
nib, texnologik operatsiyalar zanjirini boshqarishingiz, har qanday 
qurilmalarning  harakatini  boshqarishingiz  va  real  vaqt  rejimida 
ularning  xususiyatlarini  avtomatik  ravishda  kuzatib  borishingiz 
mumkin. Bu o‘g‘irlik va nazoratsiz yo‘qotishlardan xalos bo‘lish, 
aqlli  sensorlar  o‘rnatilgan  nazorat  qilinadigan  obyektlarning 


80 
samaradorligini oshirish va ularning ishlashini oldindan aytib ber-
ishga imkon beradi. Energetika sohasida   - elektrenergiyani  ish-
lab chiqarish va taqsimlash samaradorligini oshiradi.         
Beshinchi  biznes  model  
–  bu  "operatsiyalarni  avtomat-
lashtirish". IoTning  kirib  kelishi   tez-tez  takrorlanadigan  operat-
siyalarni  avtomatlashtirish,  ish  samaradorligini  oshirish,  bo‘sh 
vaqtni  sifatli  o‘tkazish  va  mijozlar  ehtiyojini  qondirish  imkonini 
beradi. Bunday  IoT - gadjetlarning  afzalligi  faqat  muntazam 
amaliyotlarni    soddalashtirish  emas. Ular  odatlarni  avtomatlash-
tirish orqali sotuvlarni boshqaradilar. 
 
  
1.6.2-rasm.
 Buyumlar Interneti 
 
Buyumlar  Internet nafaqat  pulni,  balki vaqtni ham tejaydi: 
mashinalar  odamni odatiy  ishlardagi  o‘rnini  bosadi   va xavf-
li yoki odatiy vazifalardan ozod qiladi.         
Bizlarniturli  hil  "ulangan"  qurilmalar  o‘rab  olgan:   ko‘cha-
larda  ish  xavfsizligi  va ekologik  monitoring  ishga  tushurilgan. 
Buyumlar Internetdan kundalik  hayotda, uy-joy-kommunal  xiz-

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə