O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Raqamli modellashtirish
 
Hozirgi  vaqtda  ob’ektlarni,  materiallarni  va  ishlab  chiqarish 
jarayonlarini  3D  modellashtirish  yangi  mahsulotni  ishlab  chiqish 
bosqichida  keng  qo‘llaniladi. Kelgusida  ushbu  texnologiya  ishlab 
chiqarish jarayonida keng qo‘llaniladi, bu tegishli ma’lumotlardan 
real vaqt rejimida jismoniy dunyoni jihozlar, ishlab chiqarishdagi 
mahsulotlar  va  korxona  xodimlarini  o‘z  ichiga  oladigan  virtual 
model ko‘rinishida aks ettirishga imkon beradi. 
Katta ma’lumotlar (Big Data va Business Intelligence)
 
Yaqinda  sanoat  ishlab  chiqarishi  sohasida  taqdim  etilgan 
katta  miqdordagi  ma’lumotlar  bilan  ishlashga  asoslangan  tahlil 
mahsulot sifatini optimallashtirish, energiya tejash va uskunalarn-
ing samaradorligini oshirishga imkon beradi. 
Sun’iy intellekt, mashinasozlik va robototexnika   
 
Sanoat  robotlari  uzoq  vaqt  davomida  turli  xil  sohalardagi 
yirik  korxonalarda  murakkab  vazifalarni  bajarish  uchun  ishlatil-
gan. Ammo  bugungi  kunda  robotlar  avvalgilariga  qaraganda  to-
bora  ko‘proq  mustaqil,  moslashuvchan  va  boshqaruvga  ega 
bo‘lmoqdalar. Vaqt  o‘tishi  bilan  ular bir-biri bilan  munosabatda 
bo‘lishni  boshlaydilar va  nafaqat odamning yonida ishlaydilar, 
balki  o‘rganadilar. Kelajakda  bunday  robotlar  kamroq  xarajat  qi-
ladi,  ammo  bugungi  kunda  ishlab  chiqarishda  ishlatiladiganlarga 
qaraganda ko‘proq imkoniyatlarga ega. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə