O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Negativ psixopatologik belgilar.
 
Shizofreniyani  fundamental  negativ  ko’rinishiga 
sxizis
  (intrapsixik  ataksiya) 
kiradi.  Sxizis  deb  ruhiyatni  parchalanganligi,  dezintegratsiyasi,  aralash-quralashligi 
tushuniladi. Masalan, xotira o’zgarmaydi, lekin fikrlash va nutqni uzuq-yuluq tarzdagi 
og’ir  buzilishi  kuzatiladi.    Ruhiyatni  parchalanganligini  aniq  belgisi  nutqni  uzuq-
yuluqligidir.  Bunda  so’zni  grammatik  tuzilishi  o’zgarmaydi  faqat  mantiqi,  mazmuni 
o’zgarad.  Shaxsni  ikkilanishi,  depersonalizatsiya,  ambivallentlik  va  boshqalar 
kuzatiladi.  Shizofreniyani  yana  bir  asosi  belgisi 
autizimdir
.  Bunda  real  borliq  bilan 
aloqa  kamayadi,  bemor  o’z  dunyosiga  berilib  ketadi.  Ba’zi  hollarda  bemorlar 
borliqdan to’liq ajralib qoladi.  
Ba’zan  esa  o’zini  haddan  ortiq  analiz  qilish  bilan 
cheklanadi.  Intraverziya  va  autoerotizimni  ham  autizmga  kiritish  mumkin.  Yana  bir 
shizofreniyaga  xos  qaytmas  emotsional  o’zgarish 
apatiyadir
.  Apatiya  ba’zan  ko’ngil 
bo’shlik,  nozik  hissiyotlar  bilan  qo’shilib  kelishi  mumkin. 
Mayl  buzilishlari
 
shizofreniya  bilan  og’rigan  bemorlar  uchun  xosdir.  Bemorlarda  istaklarni  pasayishi 
xato abuliya ham kuzatilishi mumkin. Bemor bekordan bekorga yuradi, chekadi, oddiy 
biologik talablarni qondiradi. Ba’zan istaklar pasaysada kasbiy faollik saqlanib qoladi. 
Ayrim  hollarda  apatiya  va  abuliya  birlashib  ketadi.  Apatiko-abulik  sindrom  paydo 
bo’ladi.  Shizofreniya  bilan  kasallangan  bemorlarda  kupincha  parabuliya, 
ambitendentllik, impulsivlik paydo bo’ladi.    
      Bemorlar  fikrlashida  turli  hil  o’zgarishlarni  aniqlash  mumkin.  Birinchi  o’rinda 
fikrlashni uzuq-yuluqligi, paralogik fikrlash, autistik fikrlash, simvolik fikrlash, amorf 
fikrlash,  neologizmlar,  bir  fikrdan  boshqasiga  sakrash  bo’ladi.  Shuning  bilan  birga 
ba’zi  bemorlarga  abstrakt  fikrlashni  yuqori  darajadaligi  xosdir.Fikrlashni  bunday 
xususiyatlari  ba’zida  bunday  odamlarni  kasbiy  faoliyati  davomida  yuqori  cho’qilarni 
zabt  etishiga  imkon  beradi.  Bunday  odamlarga  misol  qilib  Nyuton,  Nitsshe,  Gogol, 
Van  Gog  larni  ko’rsatish  mumkin.      Ko’pchilik  bemorlarda  xotiraning  formal 
qobiliyatlari  o’zgarmaydi.  Xotirani  pasayishi  xotirani  emotsional  komponentlarini  
pasayishi bilan bog’liqdir. Yana bemorlarda mimika o’zgargan bo’ladi. Gipomimiya, 
paramimiya, amimiya  kuzatiladi. Shizofreniya bilan og’rigan bemorlarni psixomotor 
faoliyatida  ham  o’zgarishlar  kuzatiladi.  Ularni  harakatlari  qo’pol,  tajang,  sog’lom 
odamlarga  o’xshamaydigan  bo’ladi.  Bemorlarda  boshqa  odamlar  bilan  aloqa  qilish 


buziladi.  Ular  odamlarga  kam  qo’shiladi,  odamlar  bilan  tanlab  muloqotda  bo’ladi  va 
ayrim hollarda ular odamlarga umuman  qo’shilmaydi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə