O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Etiopatogenezi. 
Shizofreniyani  kelib  chiqishi  xaqida  juda  ko’p  teoriya  va 
gipotezalar bor. Yaqin vaqtgacha irsiy teoriya eng keng tarqalgan teoriya hisoblangan 
edi. Lekin hozirda ko’pchilik olimlar tomonidan rad etilmoqda. Noqulay sharoitlarda 
bosh  miya  po’stlog’idagi  toliqish  jarayonlari  miyadagi  fermentlar  almashinuvi 
buzilishi  avlodan  avlodga  berilishi  mumkin  va  shunday  qilib  ularda  himoya 
mexanizmlarini  pasayishiga  olib  kelishi  kasallik  paydo  bo’lishiga  sabab  bo’lishi 
mumkin. 
     
Ayrim  shizofreniyani  o’rganuvchi  olimlar  kasallikni  sababi  infektsiya  deb  aytsa 
ayrimlari viruslar deb aytadi. 
     Hozirda autointoksiatsion teoriya ko’pchilik olimlar tomonidan tan olinmoqda. Bu 
teoriyaga asosan kasallik organizmni tipologik, ontogenetik xususiyatlariga atrof muhit 
noqulay  sharoitlari  ta’siri  natijasida  kelib  chiqadi.  Organizmga  tashqaridan  oqsil 
almashinuvini  oxirigacha    parchalanmagan  maxsulotlari  tushadi,  ushbu  maxsulotlar 
miya  to’qimasida  fermentativ  jarayonlarni  bloklaydi,  miya  kislorodni  yaxshi 
o’zlashtira  olmaydi  va  kasallik  kelib  chiqadi  deb  hisoblashadi.  Bunda  bo’ladigan 
kislorod ochligi markaziy nerv sistemasidagi neyrodinamik va morfologik o’zgarishlar 
tufayli bo’lib, shizofreniyada kuzatiladi. 
      Ruxshunos  V.P.Protopopov  shizofreniyani  patogenezi  xaqida  I.P.Pavlov 
kontseptsiyasini  maquladi. Bu kontseptsiyasiga ko’ra  shizofreniya  patogenezi  asosida 
bosh  miyada  po’stlog’  jarayonlarini  pasayishi  surunkali  gipnotik  holatlar  borligi  va 
ularni tarqalishi yotadi. 


      Shizofreniyani rivojlanish mexanizmi asosida hadan tashqari tormozlanish yotadi. 
Shizofreniyani  ba’zi  belgilari  (mutizm,  katatoniya,  negativizm)  bosh  miyada  hadan 
tashqari  tormozlanish  oqibati  bo’lib,  po’stlog’  osti  strukturalar  po’stlog’ 
boshqaruvidan  chiqadi.  Lekin  shizofreniyani  kelib  chiqish  mexanizmlari  mana  shular 
deb to’xtab bo’lmaydi, bu jarayonlar hali ohirigacha o’rganilmagan. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə