O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200


Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim: 
1.
 
Davolash  uzoq  vaqt  uzluksiz  bo’lishi.  Xuruj  to’xtashi  bilan  davolashni 
to’xtamaslik kerak. Oxirgisi uch yildan kam bo’lmasligi, ehtiyotlik bilan dori-
darmonlarni kamaytirish, terapiya bekor qilinguncha. 
2.
 
Ko’pchilik hollarda epileptikaga qarshi har xil preparatlarni qo’llash. 
3.
 
Har qaysi bemorga optimal dozirovkani, preparatlarni topish. 
4.
 
Epilepsiyaga  qarshi  dorilar  hamma  holatlarda  modda  almashuvi  jarayoni 
yaxshilaydigan bo’lishi lozim (glyutaminlar, kislota, vitaminlar). 
5.
 
Epilepsiyani  davolash  bilan  birga  albatta,  organizmdagi  boshqa  kasalliklarga 
e’tibor berish. 
6.
 
Har  bir  holatda  ham  yuqori  natijalarga  erishishning  muhim  sharti:  bola  hayoti 
rejimi, tarbiya, o’qitish va mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil qilish. 
Epilepsiyaga qarshi davolash usularini to’g’ri qo’llay bilish kerak. 
Hozirgi  paytda  antiepileptik  dori-darmonlar  ko’p,  ammo  shundan  eng  muhim 
lyuminal  hisoblanadi.  Geksamedik  turli  qaltiroq  xurujlarida  qo’llaydilar.  Uning 
ta’sirida ruhiy holat ham yaxshilanadi, bemorlar yumshaydi, xotirjam bo’ladilar. 
 
Benzonal tutli hurujlarda qaltirashga qarshi ishlatiladi. Psixomotorli xurujda 
esa kam samara beradi. 
Difenin yirik qaltiroq xurujlarda ishlatiladi. 
Bura tonik qaltirashda qo’llaniladi. 
Xlorakan homiladorlarga va bolalarga tavsiya qilinadi. 
Kichik xurujlarda trimetin, piknolepsin, suksilep samaralidir. 
Epilaktin xiralanish holatida, kichik va aralash xurujlarda qo’laniladi. 
Tegretol (Shveytsariya) psixomotor xurujida ayniqsa samaralidir. 


Finlepsin tegretolga o’xshash, lekin ko’p ta’sirli emas. 
Epilepsiya  davolashda  turli  dorivor  giyohlar  qo’llaniladi  (Sereysk,  Vorobyov, 
Bexterev, Brodskiy va boshqalar). 
Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  Brodskiy  miksturasi  va  aminazin  yaxshi  ta’sir 
ko’rsatadi  (ayniqsa  katta  qaltirash  xurujida).Epileptik  status  shoshilnch  xolat,  tez 
tibbiy yordam ko’rsatish lozim. 
Harorat  darajasi  yuqori  ko’tarilgan-antibiotiklar,  yurak  faoliyati  buzilganida 
kordiamin, kofein, nafas yo’li buzilganida-lobelin. 
Dori-darmonlarning  faqat  o’zi  epilepsiyani  davolashda  to’liq  samara  bera 
olmaydi.  Kasallikka  qarshi  kurashda  bolaning  to’g’ri  hayot  kechirish  ahamiyatli. 
Bola ko’p vaqtini toza havoda o’tkazishi lozim. O’z vaqtida doimiy va etarli uyqu 
bo’lishi kerak. To’g’ri ovqatlantirish, ovqat to’yimli va vitaminlarga boy bo’lmog’i 
lozim. O’tkir, tuzli ovqatlar to’g’ri kelmaydi. Spirtli ichimliklar ichmasligi kerak. 
Uyqu oldidan yuvintirish zarur. Quyosh nuridan saqlanish kerak. Jismoniy tarbiya 
bilan shug’ulanish, ko’p cho’zilmagan holatda. Tajriba ko’rsatadiki, hech qanday 
ma’lumot  bilan  shug’ullanmagan  kishilarda  epilepsiya  ko’proq  bo’ladi.  Bola 
kasallikka  qaramasdan  maktab  programmasini  o’zlashtira  olsa,  maktabga  boradi, 
sinfda  og’ir  kechikmalar,  xuruj  bo’lsa,  vaqtincha  to’xtatiladi,  bu  bolalar 
bog’chasiga  ham  tegishlidir.  Katta  epilepsiya  bilan  kasallangan  o’smirlarni 
mehnatga jalb qilish vrach nazorati orqali bo’ladi. Har qanday foydali mexnat miya 
faoliyatini yaxshilaydi, kasalga qarshi kurashishda yordam beradi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə