O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

 
 
 
 
 


V
III
-BOB
:
 
«Epilepsiya» 
Epilepsiya  –  surunkali,  ko’plab  etiologik,  asabiy-  ruhiyati  bilan  bog’lik  bo’lgan 
yagona  patogenezi  doirasidagi,  ko’pincha  bolalik  va  o’smirlik  yoshida  paydo 
bo’ladigan hamda paroksizmal talvasaga tushish, changak tortib qolish va ozmi  – 
ko’pmi ko’rinishda shaxsda uchraydigan kasallikdir. 
MKB -10 - rozi – 
epilepsiyaG40-47.
O’z ichiga oladi: 
G40 – Epilepsiya (MKB 10 -5-bob”Nerv tizimi kasalligi”); 
G41- Epileptik status(MKB 10 -6-bob) 
F02-F07-Epilepsiyada psixik buzilish(MKB 10 -5-bob”Psixik va xatti-harakat 
buzilishlari”); 
F80.3-Landau-Kleffner sindromi(MKB 10 -5-bob). 
 
 
Epilepsiya  bilan  kasallanishning  o’rtacha  darajasi  dunyoning  turli 
mamlakatlari bo’yicha aniqlangan hisob – kitoblarga ko’ra aholi soniga nisbatdan 
har 1000 kishiga 5 holat to’g’ri keladi, umumiy bolalarga nisbatdan esa qachondir 
talvasaga tushgan, tutqanoq tutgan bolalar tahminan 4 marta ko’pdir (Kreyndler). 
Bu  kasallikning  boshlanishining  70-80  foizi  bolalik  va  o’smirlik  yoshiga  to’g’ri 
keladi.  Bolalikda  paydo  bo’lgan  epilepsiya  kattalarda  uchraydigan,  epilepsiya 
kasalligining kelib chikishiga asos bo’ladi. Kattalarda uchraydigan epilepsiyaning 
oldini  olish  bolalarda  uchraydigan  epilepsiya  kasalligining  oldini  olish  va 
proffilaktik ishlarni olib borishdan boshlanadi. 
 
Bolalikda  uchraydigan  epilepsiyani  davolash  kattalardagi  epilepsiyani  to’la 
yo’qotolmasa  ham,  har  holda  ma’lum  darajada chastotasini kamaytiradi, umumiy 
ma’lum  bo’lganidek,  epilepsiyani  keltirib  chiqarish  holatlari  kattalarda  kamroq 
bo’ladi. 
 
Shunday  ekan,  bolalardagi  epilepsiya  faqat  tibbiyotdagina  emas,  balki 
ijtimoyi sohadagi muhim muomalardan hisoblanadi. 
 
Epilepsiya  klinikasini  bilish,  ayniqsa  uning  boshlanish  darajasini  aniqlash, 
nafaqat  nevropatolog  va  psixiatr  vrachlar,  balki  poliklinikada  ishlovchi  barcha 
vrachlar  bilishlari  kerak,  chunki  epilepsiya  bilan  kasallangan  bemorlar  ko’pincha 
uning  boshlanishi  dastlabki  ko’rinishi  paydo  bo’lganida  uchastka  vrachiga 
murojaat qiladilar. 


 
Epilepsiyaning har xil ko’rinishlari masalasida turlicha fikrlar mavjud. 
 
Ko’plar  gendan,  ya’ni  avloddan,  yoki  essentsial  epilepsiya,  bunga  tashqi 
holatning ta’siri bo’lmasa ham rivojlanadi, deyishadi. Demak, bunday ko’rinishda 
avloddan avlodga o’tishi mumkin, deb xisoblanadi. 
 
Shu  bilan  bir  qatorda  etiologik  faktorlarga  bog’liq  bo’lmagan  holda  miya 
faoliyatining  buzilishi,  meningit-entsefalit  asorati  va  shikastlanish  oqibatida  va 
boshqa  sabablarga    ko’ra  paydo  bo’lishi  mumkin.  Xozirgi  paytda  avloddan- 
avlodga  o’tish  epilepsiyasi  bilan  simptomatik  fokal  epilepsiyani  bir-biriga  qat’iy 
qarama-qarshi quyishdagi tizim yo’qolib, ma’lum bir ko’rinish aniqlandi. 
 
Bu  ko’rinish  S.N.Davidenkoning  ta’riflashicha:  “epilepsiyaning  hamma 
ko’rinishlarini bir qatorga qo’yish mumkin, bir tomonidan faqat avloddan- avlodga 
o’tishdan  paydo  bo’lgan  holatda,  ikkinchi  tomonda  ommaviy,  aniq  ko’rinishdagi 
ekzogeniy holatdagini. Epilepsiya tushunchasi alohida kasallik sifatida o’z kuchida 
qoladi,  klinik  aniqlashning  vazifasi  esa  generalizovan  epileptsiyani  fokal 
epilepsiyadan  qat’iy  ajratish  emas,  balki  epilepsiyani  ozmi-  ko’pmi  miqdordagi 
boshqa  kasalliklardan,  miyaning  shishishi  yoki  qorin  bo’shlig’idagi  infektsiyalar 
va hokozalar ham tutqanoq tutishiga sabab bo’lishi mumkin.” 
 
Epilepsiya nomi grekchadan olingan so’z bo’lib “ epilepsus” ya’ni “qamrab 
olaman”,  -  degani.  Bu  kasallikning  asosiy  belgisi  tutqanoq  tutish  eski  ruscha 
nomlanishi ”yiqilayotgan kasallik”. 
 
Tutqanoq tutishi, talvasaga tushish epilepsiyaning patologik ko’rinishi bo’lsa 
ham  ,  u  birdan  bir  ko’rinishi  emas,  hatto  u  bu  kasallikning  shart  yoki  albatta 
bo’lishi lozim bo’lgan ko’rinishi emas. 
Epilepsiyaning klinik paydo bo’lishini, davomiyligini xarakteriga ko’ra ikki 
guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi  guruh  –  ayni  bir  vaqtda  keskin  paydo  bo’lib,  qisqa  vaqt  ichida 
bo’ladigan tutqanoq, ya’ni epileptik paroksizmlar. 
Ikkinchi  guruh  –  doimiy,  ta’sirlaganda,  zehn  –  farosat,  kasalning  shaxsiy 
holatlarida o’zgarish bo’lganida. 
Har bir guruhni kasallik belgilariga ko’ra alohida ko’rib chiqamiz.  Hozirgi 
paytda epileptik paroksizmning umumqabul qilingan klassifikatsiyasi yo’q. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə