O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

ETIOLOGIYA VA PATOGENEZ 
Epilepsiya  asosida  hamisha  bosh  miya  faoliyatidagi  o’zgarishlar  yotadi. 
Epilepsiya  bilan  kasallangan  bemorlarni  nevrologik  o’rganish,  barcha  klinik 
kasallanishni  o’rganish,  rentgenologik,  elektroentsefalografik  izlanishlar,  nihoyat 
patologik  ma’lumotlar  miyaning  epilepsiya  vaqtida  shikastlanish  holatlarini 
aniqlashga yordam beradi. 
Ko’pgina  bolalarda  bosh  suyagi  jarohatlangan  bo’ladi,  infektsiya  oladi, 
miyaning  shikastlanishiga  olib  keladigan  boshqa  holatlar  yuz  beradi,  ammo 
hamisha epilepsiyaga olib kelavermaydi. 
Ko’pincha bolalardagi asab sistemasi zararli hodisalarni yaxshi kechiradi, u 
to’liq sog’lom holatda qoladi. 


Etiologiya  kasalligi  –  aktual,  ammo  to’liq    o’rganilmagan  muommalardan 
biri. Afsuski, hozirgi paytda bolalardagi tutqanoq va epilepsiya sabablari ko’pgina, 
epilepsiya  kategoriyasiga  kirmaydigan,  ma’lum  bo’lmagan  etiologik  kassaliklar 
mavjudligi uchun aniqlanib etmadi. Ilmiy VOZ guruhi o’zining dokladida Lennoks 
ta’kidlaydiki,  avloddan-avlodga  o’tishi  epilepsiya  uchun  ko’proq  tegishlidir. 
Lennoks  ta’rifiga  kasalning  qarindosh-urug’lar  o’rtasida  epilepsiya  chastotasi  1,8 
%,  gendan  o’tish  esa  3,6  %.  Lennoksning  fikricha,  ko’pgina  kasallarda  mavjud 
bo’lgan  faktor genetik,  avloddan-avlodga o’tganlik oqibatidir. Penfild va  Erikson 
ham shunday fikrda qolgan. Konrad aniqlashicha epilepsiya bilan 6-8 % bola, 4 % 
aka-ukalar va singillar va 1-2 % jiyanlar o’rtasida bo’ladi. 
Alkogoli avloddan-avlodga o’tish hollari etarli o’rganilmagan. Ba’zi olimlar 
oilaviy  anamnezda birinchi  o’ringa  alkogolizm  qo’yadi. Ayniqsa, bayram  va  dam 
olish  kunlari  spirtli  ichimliklari  iste’mol  qilish  ko’p  bo’ladi.  Shuning  uchun 
“yakshanba  bolalari  “  termini  mavjud.  Epilepsiya  asosida  miyaga  zararli  ta’sir 
ko’rsatilishi  kasallik  o’zgarishiga  olib  keladi.  Buning  zarari  organizmda  prenatal 
rivojlanish davrida, tug’ilish va keyingi bosqichlarda davom etadi. 
Epilepsiya patogenezida kongenital kasallanish avvalari sifilisdan ekanligini 
katta  ahamiyat  kasb  etdi.  Hozirgi  paytda  bunda  kongenital  toksoplazmaning  roli 
aniqlandi. 
Miyaning tuzilish paytidagi jarohatlanishi epilepsiyaning paydo bo’lishining 
bir sababidir. 
Postnatal  davrda  epilepsiya  ko’plab  va  rang-barang  faktorlarini  keltirib 
chiqaradi: miya infektsiyasi, bosh chanog’i jarohatlanishi. 
Zararlanish qatoriga hozirgi paytda revmatizmni ham qo’shmoqdalar. 
Ko’pgina  hollarda  kasallik  paydo  bo’lishini  ikki  va  undan  ortiq  patogen 
faktorlarning uyg’unlashuvi va bolaga ta’sir qilishi bilan bog’liqdir. 
Patogenez  epilepsiyaning  o’rganishda  ko’pgina  mualliflar  anatomik 
ma’lumotlarga etakchi o’rin berdilar. 
Epileptik  huruj  miyada  tomirlarning  buzilishi,  tomirlardagi  spazm  tufayli 
hosil bo’lishidan, deb tushuniladi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda modda 
almashinuvi buzilishi aniqlangan. Epileptik huruj alkoloz holatda bo’lganidan ham 
ko’rinadi.  Murakkab  epilepsiya  patogenezi  tushunarliroq  bo’lmoqda,  agarda 
masala I. P. Pavlovning reflektor teoriyasi bo’yicha olib ko’riladigan bo’lsa, I.  P. 
Pavlovning  fikricha,  epileptogen  o’chog’i  hayajonlanish  favqulodda  uchlanish, 
birdan ko’tarilib ketish, davomiylik bilan xarakterlanadi. 


Kreyndlerning fikriga ko’ra, epileptik kasallik uch faktordan iborat. Albatta, 
ko’pgina holatlarda bunday faktorlarni aniq ajrata olmaymiz. 
Qo’shimcha  faktorlarga  lixoradik  ahvol,  charchash,  qayg’urish,  menstrual 
davr, uyqu, ba’zi medikamentlar, masalan, kamfora, kardiadol, alkogol, piramidon 
strixnining va hk. 
Shunday  qilib,  epilepsiya  butun  organizmning  faoliyatida  rang-barang 
buzilish sodir bo’lishidan paydo bo’ladi. 
Ta’kidlash  kerakki,  bunday  kasallikni  davolashda  terapevtik  davolash 
samara beradi, u organizmning barcha f’zolari faoliyatiga ta’sir qiladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə