O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200


Epilepsiya va epileptik sindromlarni xalqaro



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Epilepsiya va epileptik sindromlarni xalqaro 
tasnifi (1989,Nyu-Deli) 


1.
 
Maxsus ixtisoslashgan shakllari (o’choqli,fokal,lokal,partsial) 
 
Idiopatik (yoshga bog’liq bo’lgan debyutlar); 
 
Simptomatik (tanish etiologiyali va verifitsirlangan morfologik buzilishlar); 
 
Kriptogenli. 
2.
 
Epilepsiyani generallashgan shakllari 
2.1. Idiopatik (yoshga bog’liq bo’lgan debyutlar); 
 2.2. Kriptogen va/yoki simptomatik; 
2.3. Simptomatik. 
3.Epilepsiya shakllari,aniq tasnif kerak bo’lmagan xuddi partsial yoki  
 generalashgan. 
4. Maxsus sindromlar. 
 
Xalqaro  epilepsiya  birlashmasida  qabul  qilingan  Vena  klassifikatsiyasini 
ko’pgina  olimlar  e’tiroz  qiladi.  Biz  hisoblaymizki,  Lennoks  (1960)  tomonidan 
ishlab chiqilgan klassifikatsiya tajribada qo’llashda eng o’ng’ay va omadlisidir.  
Hamma turli ko’rinishdagi epilepsiya orasida ta’sirchan yirik tutqanoq tutish 
(grandmal).  Oldindan  xabar  berilish    belgilari.  Yirik  tutqanoq  tutishdan  oldin  bir 
necha  soat  yoki  kun  oldin  har  xil  ko’rinishda  funktsional  buzilish  holatlari 
ko’rinishida  oldindan  xabar  beriladi.  Qon  aylanish,  nafas  olish,  uyqu,  tanadagi 
moddalar almashuv yuqori bo’lishi, oshqozon buzilishi va oligouriya. 
Ayniqsa, ruhiy holatdagi o’zgarishlarda ko’rinadi: kuchli bezovtalanish yoki 
hech  narsaga  aralashmaslik,  qaltirash  kayfiyati,  ta’sirlanishning  kuchayishi, 
hayratlanish, eksploziv va shiddatlilik. 
Aura – epileptik yiqilishning boshlang’ich fazasi, hushdan ketish, bu haqda 
kasalda  xotira  qolishi  mumkin  va  ta’riflay  oladi.  Bu  faza  juda  qisqa  vaqt  ichida 
bo’ladi.  Aura  majburiy  emas,  lekin  60-70%  holatda  kuzatiladi.  Auraning  hamma 
aniq ko’rinishlarini birga-bir ko’rsatib o’tish imkoni yo’q.. Ba’zi kasallar qorinda 
paydo  bo’lgan  kuchlanish,  boshqalari  hech  qachon  his  kilmagan  huzur  –  halovat 
(Dostoevskiyning, “Idiot”idagi ko’rsatilganidek). Aura murakkab ko’z, eshitish va 
boshqa  gallyutsianator  kechinmalar,  gavdaning  tuzilishidagi  asabiylashish 
(favqulodda engillik yoki oriqlash va hokozalarga ko’ra). Aura sifatida murakkab 
ruhiy  zo’riqish  holatida,  ya’ni  avvaldan  ko’ringandan  hayajonlanish  yoki  “hech 
qachon ko’rinmaganning takrorlanishidan tashvishlanib takrorlanish mumkin. Aura 
tutqanoq  tutib  yiqilish  darajasida  kuzatiladi,  uning  simptomlari  tutqanoqning 


keingi  bosqichlarida rivojlanmasligi  mumkin.  Aura  epileptik o’choqni  aniqlashda 
va tashhis qo’yishda ahamiyatga ega. 
Auradan  keyin  tutqanoqning  tonik  fazasi  keladi.  U  to’liq  hushidan  ketish, 
boshlang’ich  qichqiriq,  ya’ni  tutqanoq  tutishdan  oldin  havo  nafas  yo’lini 
qisqatiradi. Kasal odatda, oldingi tomonga yiqiladi, ko’pincha jarohatlanadi, biron 
a’zosi  sinadi  yoki  chiqadi.  Bosh  orqaga  qayriladi  ,  ko’z  katta  ochilgan,  nazari 
harakatsiz.  Gavdasi  kuchlanishli,  qo’l  barmoqlari  mushti  tugilgan  bo’ladi. 
Dastlabki oqarish tsianoz bilan almashadi. 
Tonik  faza  10-30  sekund  davom  etganidan  keyin  1-2  minut    klonik  faza 
keladi. U gavda qismi va a’zolarining ketma-ket bukilib yoki yozilib turishi, nafas 
yo’lida xirillash va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. 
Harakatdagi  kuchlanish  ko’pincha  chuqur  va  og’ir  nafas  olish  bilan 
yakunlanadi. 
Tutqanoqli  yiqilishdan  keyin  kasal  odamda  yana  bir  necha  minut  es-hushi 
tiniq  bo’lmagan  holatda  bo’ladi.  Ba’zi  kasallar  yiqilganidan  so’ng  o’ziga 
kelganidan keyin darhol turib o’zining ishini davom ettiradi, boshqalar esa 10-20 
minut  chuqur  uyquga  ketadi.  Tutqanoq  tutib  yiqilgandan  so’ng    uning  to’liq 
amneziyasi boshlanadi. 
Bolalarda  generalizovan  yirik  tutqanoq  epilepsiya  formasida  tez-tez  uchrab 
turadi.  Uch  yoshgacha  bo’lgan  davrida  huruj  xarakterlikdir,  gavdaning  yarmini 
qamrab  oladi,  tonik  fazani  qamrab  olgan  holatda.  Alohida  ko’rinishdagi  yana  bir 
holati,  bolaning    boshi  bir  tomonga  buriladi  yoki  butun  gavdasi  o’ng  yoki  chap 
tomonga qaragan bo’ladi. 
Uch yoshdan katta bolalarda esa yirik qaltiroq kattalarda bo’ladigan hurujni 
eslatadi.  Aura  kattalarga  qaraganda  bolalarda  kamroq  bo’ladi.  Bolalarda  qaltiroq 
qichqirish bilan emas, ingranish, va hushdan ketishi bilan boshlanadi, undan keyin 
tonik  faza keladi. Bu  faza  (odatda, uzoq  davom  etadi)  tomirlarning  intensiv tonik 
qisqarishi  bilan  xarakterlanadi.  Bolalarda  tonik  fazadan  klonik  fazaga  o’tish 
jarayoni  aniq  ifodalanmaydi.  Klonik  fazada    tutqanoq  tutishi  generalizovan 
holatida va ritmik xarakterda, ko’pincha lokalizatsiya boshlanishi ko’rinishiga ega. 
Epileptik    huruj  bir  necha  sekundga  cho’ziladi,  kamdan-kam  bir  necha  minut 
bo’ladi. 
Kichik  tutqanoq  (petit  mal)  katta  tutqanoqqa  o’xshagan  tipik  holatlardan 
ajratib turadi, lekin bunda simptomatlik polimorfizm ko’pdir. 


Absans tutqanoq hurujining oddiyroq ko’rinishdir. U birdaniga qisqa vaqtda 
ko’rinadi  (bir  necha  sekundgacha)  va  to’liq  hushdan  ketishiga  olib  keladi.  Kasal 
soviydi,  lekin  yiqilmaydi,  gavdani  tutqanoq  huruji  boshlanishidan  oldingi  holatda 
tutib turadi. Huruj ba’zida avtomatik xususiyatda ojiz ko’rinishda (masalan, kasal 
barmoqlarini harakatga keltiradi va labini qimirlatadi). 
Absans huruji qanday tez boshlangan bo’lsa, shunday tez tuxtaydi. Kasal esa 
o’z  faoliyatini  hech  narsa  bo’lmagandek  davom  etiradi,  u  nima  yuz  berganini 
bilmaydi.  
Absanslarning  bunday  ko’rinishi  bolalar  yoshida  kichik  hurujning  tez 
takrorlanadigan  ko’rinishi  emas.  Ko’pincha  bolalarda  kichik  hurujlar  guruhiga 
kiruvchi triada, deb nomlangan hurujlar uchraydi. 
Bunga qo’yidagilar kiradi: 
a) Propulsiv kichik hurujlar. Absanslarga o’xshagan qisqa muddatli, xotirani 
butunlay  yo’qotadi,  ular  turli  harakatlanish  ko’rinishida,  gavdaning  butunligicha 
yoki qisman olg’a  intilishga olib keladi. Propulsiv hurujlar guruhini “salaamov”, 
“yashin  tezligida”,  “kivatel”,  va  “astatik”ga  ajratiladi.  Salaamov  huruji  oldidan 
bolaning  boshi  va  gavdaning  yuqori  qismi  sekin  tonik  hurujdek  oldinga  egiladi, 
tomirlar atrofga va yuqoriga harakatlanadi, yashin tezligidagi hurujdan intensivligi 
bilan  farqlanadi.  Shunday  vaqtda  harakatlanish  tez  va  birdaniga  yuz  beradi. 
Yotganda bosh ko’tariladi, o’tirganda esa kutilmagan paytida oldinga egiladi. 
Astatik yoki akinetik huruj oldidan kasal bir necha daqiqaga xushidan ketar 
ekan , tomirlari bo’shashadi, lekin tezlikda yana ko’tariladi. 
Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  hurujlar  bolalik  yoshining  ilk  davriga  to’g’ri 
keladi, ko’pincha bir yoshlarda yuz beradi. U yuqori chastotada xarakterlanadi. 
b)  Retropulsiv  kichik  hurujlar  ko’pincha  6-7  yoshlarda  bo’ladi,  16-17 
yoshdan keyin ham uchraydi. Umumiy ko’rinishlari: yuqori chastotali (20 dan 100 
gacha va undan ham yuqori, davomiyligi (2-4 daqiqa), asosiy belgilari (ko’z olmasi 
yuqoriga qaraydi, shu holatda ba’zan ritmik harakati vertikal yo’nalishida bo’ladi). 
Bosh tez-tez orqaga tashlanadi, gavda orqa tomonidan, yoki butun gavda orqadan 
harakatlanib, egiladi. 
Hozirgi paytda ko’pgina mualliflar bunga piknolepsiyani qo’shadilar, absans 
hurujlar  tipini,  epileptik  kasallikka  qarshi  davolashda  o’zgarish  yo’qligi,  samara 
bermaganligi uchun ba’zan bemor tuzalishiga olib keladi. 


v)  Impulsiv  (yoki  mioklonik)  kichik  hurujlar  asosan  bolalik  va  o’smirlik 
rivojlanish  davrida  bo’ladi.  Impulsiv  huruj  tashqi  tomondan  qaraganda  kuchli 
qo’rquvdan birdaniga qaltirashni eslatadi. Bunday holatda qo’llar tez harakat bilan 
ochilib  yopiladi,  unda  mavjud  bo’lgan  narsalar  otilib  ketadi.  Agar  kasal  yiqilsa, 
yashin  tezligida  yiqilganidek,  ko’pincha  shu  zahoti  o’rnidan  turadi.  Odatda  qator 
itarishlar ketma- ket keladi, ba’zan yangi holatda bo’ladi. 
Mayda  hurujlarning  hamma  ko’rinishlari  og’riq  qo’shilishi  bilan 
murakkablashadi  yoki  kichikroq  holatda  (chaynalish,  yutinish,  ovoz  chiqarish  va 
boshqa oddiy harakatlarda). 
Kichik hurujlar triadasining har bir shakli klinik ko’rinishda va oqimda o’z 
xususiyatiga ega. Propulsiv shaklda ko’proq qo’pol nevrologik buzilish va qisman 
psixikaning  to’liq  rivojlanmaganidan bo’ladi. 
Mioklonik hurujda qo’pol asabiylik uchramaydi, lekin epilepsiya uchun xos 
bo’lgan xotirani yo’qotish va boshqalar yuzaga keladi. 
Retropulsiv shakldagi kichik huruj ruhiyatdagi nohushlik ta’siri bilan ajralib 
turadi,  bunda  uzoq  davom  etgan  kasallik  natijasida  shaxsning  holatida  o’zgarish 
bo’lishi mumkin. Qattiqroq  chastota razryadlari, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, 
keng miqyosda bo’lishi mumkin. 
Qattiqroq  huruji  ketma-ket  kelgan  paytda, hatto kichik to’xtashi  bo’lganida 
ham  hotirani  yo’qotish to’xtamaydi.  Epileptik  status  ko’p    soatda,  ba’zan  esa  bir 
necha kun davom etishi mumkin. Og’ir komatoz holati rivojlanadi, gavda harorati 
ko’tarilib  40  darajagacha  etadi,  siydikda  oqsil  paydo  bo’ladi,  yurak  faoliyati 
buziladi. 
Status davomida miyaning o’tkir shishi bo’ladi. Bo’larning barchasi bemor 
o’z  vaqtida  davolanmasa,  hayoti  uchun  havflidir.  Statusdan  so’ng  davolanish 
jarayoni  og’ir  kechadi,  terapiya  uncha  samara  bermaydi,  ba’zan  asablarning 
buzilishiga olib keladi. 
Kichik hurujlar ham status shaklida bo’lishi mumkin. 
Paroksizmal qaltiroqqa psixomotor va psixosensor hurujlar ham kiradi. Ular 
ososan lokalizatsiya epilpeptiyagen o’choqda aniqlanadi. Odatda psixomotor huruji 
xotiraning qorong’lashishi va keynchalik amneziyaga olib kelish xususiyatiga ega. 
Hulqning  buzilish  hech  bir  maqsadsiz  harakatlanish  stereotip  xatti-harakat, 
masalan,  kiyimlarni  taxlab  qo’yish,  qo’lni  artish,  atrofdagi  jihozlarini  maqsadsiz 
tartibga  keltirish.  Boshqa  hollarda  bolalar  chapak  chaladi,  turli  so’zlar  aytadi, 


maqsadsiz kuladi, qaergadir borishni, yugurishni istaydi. Hurujning davomiyligi 1-
3 minut. 
Psixomotorli  hurujda  bemor  gavdasini  vertikal  holatda  aylantiradi. 
Vaqtincha  chaynaladi,  so’lak  chiqishi,  tamshanish,  yutinish    yuz  beradi. 
Tashqaridan qaraganda, bemor ovqatning ta’mini tatib ko’rgandek ko’rinadi. Huruj 
hotiraning  qorong’ilashishi  ko’rinishida  bo’ladi.  Psixomotor  huruji  bolalarda  tez-
tez uchrab turadi. 
Psixosensor  huruj  esa  bolalarda  kattalarga  qaraganda  kam  uchraydi. 
Psixosensor  paroksizm  klinik  ko’rinishiga  aura,  epigastral,  kardinal  va  vistseral 
xususiyatlarda ruhiy kechinmalar kiradi. 
Shuningdek,  ba’zan  bolalarda  uchraydigan  dientsefal  epilepsiyani  eslatib 
o’tmoq  lozim.  Dientsefal  epileptik  huruj  vositalari  avvalo  turli  hayajonlanish, 
yurak  va  nafas  yo’llarining  ritmi  buzilishi,  termoregulyatsiya,  gipergidrozom, 
poliuriya  va  boshqalarning  buzilishidan  paydo  bo’ladi.  Huruj  harakatdagi 
hayajonlaning  majburiy  qilish,  yig’lash  hamroxligida  bulish  mumkin.  Bunday 
paytida  xotira  chukur  buzilmaydi  yoki  umuman  buzilmaydi.  Epilepsiya  bilan 
og’rigan  bemorlarda  aytib  o’tilgan  paroksizmal  hayajonlanish  bilan  bir  qatorda 
ruhiy  ekvivalentlar  ham  kuzatilish  mumkin.  Bu  turli  jihatdan  ruhiyatning 
hayajonga  tushishi  natijasida  hurujlar  o’rtalig’ida  yuz  beradi.  Huruj  ekvivalenti, 
deb  shunga  aytadilarki,  u  o’zining  kutilmaganda  tezligi,  epizodikligi  jihatidan 
qattiqroq  hurujni  eslatadi,  ba’zan  uni  almashtirilgandek  bo’ladi.  Yosh  bolalarda 
ular  kattalarga  qaraganda  kam  uchraydi.  Psixik  ekvivalentlarga  disforiya, 
xotiraning ......holatni keradi. 
Disforiya-xotiraning epileptik hayajonlanishi, u bir necha soatdan bir necha 
kungacha davom etadi. Bemor qo’pol, jirkanch, hayajonli, havotirli,  kamdan -kam 
xafaqon  , ipoxondrik  shikoyatli  va  o’z  joyiga  qasd qilishga  urinish holatlari kam 
bo’lsa,  ham  uchraydi.  Gohida  kayfiyati  yuqori  bo’lgan  holda  uchraydi.  Ba’zida 
epilepsiya qo’rqish holatida xush o’zgargan tusda bo’ladi (o’jarlik qilish, surbetlik, 
qahrlilik,  odatdan  tashqari  harakatlanish, uyatsizlik).  Epilepsiya  bilan  kasallangan 
bemorlarda xotiraning  xiralanishi holati turlicha bo’ladi. Bolalarga va o’smirlarda 
xotiraning xiralashishi uyquda yurish va fug holatida tez-tez uchraydi. 
Somnambulizmda  (uyquda  yurish)  bemor  tunda  turadi  va  uyg’onmasdan 
xonada  yuradi,  ba’zan  xonadan  chiqadi.  Bir  necha  minutdan  keyin  bemor  qaytib 
o’z  o’ringa  yotadi.  Bemor  o’zining holati harakatlarini boshqalardan eshitib  bilib 
oladi. 


Epileptik fug jarayonida bolalar birdaniga uydan chiqib ketadilar va tentirab 
yuradilar. 
Tartibga  solingan  xiralashish  holatida-transda  bemorlar  murakkab 
harakatlarni bajaradilar, tashqaridan qaraganda tartibli ko’rinadi, zarur bo’lmagan 
tomonga ketish, biron erga, ba’zan uzoq sayohatga jo’nab qaytish. Bemorlar ba’zi 
darajada  atrofga  qarab,  qaerdanligini  belgilab  oladi,  shuning  uchun  ular 
atrofdagilarning  diqqatini  tortmaydilar.  Xotira  xiralashishi  holatining  boshqa  va  
klinik  ko’rinishda  ruhiy  hayajonlanish  egallaydi.  Gallyutsinatsiya  xususiyatlari: 
o’t, qo’rqish, birovga tashlanish, qo’rqinichli ko’rinishda bo’ladi. Bemorlar ba’zida 
favqulodda  havfli  ko’rinishda  bo’lishi  mumkin,  gohida  epilepsiya  bilan 
kasallangan bemorlar xuddi shunday holatida eng og’ir jinoyatlarni sodir qiladilar. 
O’ldirish,  yirtish  va  boshqa  harakatlarga  ingtiladilar.  Bemorlar  duch  kelgan 
narsalar  bilan  himoyalanadilar,  eshiklarni  to’sadilar,  stul  bilan  siltanadilar, 
derazaga chiqib oladilar. O’z joniga qasd qilishga harakat qilish hollari uchraydi. 
Ruhiy kechinmalarda vaqtida xususiyatlidir. 
Paroksizmal, shuningdek, qisqa va o’tib ketadigan ruhiy holatda epilepsiya 
barcha  ruhiy  kechikmalarni  chiqarib  tashlamaydi.  Bu  kasallik  ko’pincha  hollarda 
ruhiy buzilishni rivojlanitiradi. 
Bu epilepsiya progredient kasallanish sifatida o’rganishga asos bo’ladi. 
Epileptik  jarayon  dastlab  xarakter  yadrosiga  tegmasligi  mumkin,  ruhiy 
holatlarini  o’zgartiradi,  qayg’urish  va  intilish  reaktsiya  va  xulq-atvorning 
o’zgarishida sekinlik va boshqalar. Bemorlar asta-sekin harakatlanish qobiliyatini 
yo’qotadi,  yuqoriga  ko’tarilishda  qiynaladi,  oshirib  gapirishga  moyillik  paydo 
bo’ladi,  maydachi,  pedantlik  xususiyatga  ega  bo’ladi.  Hayajonlanish  oqibatida 
muloqatda  egoizm,  o’zining  haq  ekanligiga  ishonch  hosil  qilish,  yuqori  taassurat 
va hayajonlanish, o’ch olish hamda shijoatlanish o’zining sog’ligi uchun ko’proq 
qayg’urish  va  umuman  shaxsiy  farovonlikni  o’ylashi.  Ko’pgina  bemorlar 
kasallikning  keyingi  bosqichlarida  o’zlarining  yaqin  qarindosh    urug’larining 
vafotiga  ajablanarli  darajada  unga  qayg’urmaydilar.  Bemorlar  bunday  paytda 
o’zlarining sog’ligiga diqqat bilan qarasalar ham. 
Bemorlik  jarayonida  payda  bo’lgan  alomatlar  asta-sekinlik  bilan  avvalgi 
ruhiy  kechinmalarni  siqib  chiqara  boshlaydi.  Bemorlar  xarakteriga  qarama  -
qarshilik  xos,  shu  zahoti  hisoblashish  va  g’azabga  kelib,  qo’pollik  qilish  hamda 
foydalanish.  Epilepsiya  bilan  kasallangan  bemorlar  mayda-chuydaga  katta  e’tibor 
beradi.  Bemorlar  ko’pincha  yovuz  xotirali,  shu  bilan  birga  ozodalikni  yaxshi 
ko’radilar, o’z jihozlariga o’rganib qolgan bo’ladilar. Ko’pincha, ular mehnatsevar 


bo’lishadi, ko’p vaqlarini bironta murakkab bo’lmagan ishga sarflaydilar, hamma 
narsaning mayda-chuydasigacha e’tibor berishadi. Ayniqsa, epilepsiya vaqtida o’y-
fikrlashdagi  buzilishlar  xususiyatlidir.  Bemorning    o’y-fikrlashdagi  sekinlashadi, 
tor  doirada  bo’ladi.  Epilepsiya  bilan  og’rigan    bemor  ko’p  so’zlaydi,  kerak 
bo’lmagan  so’zlarni  gapiradi,  mayda-chuydaga  to’xtaladi.  Fikrlash  tor  doirada 
bo’lib, yangi fikrga o’tishi qiyin kechadi. Epileptiklarining nutq darajasi sekin, bir 
xil  ba’zida  tiniq,  erkalovchi  tusda  bo’ladi.  Bemor  vrach  bilan    uzoq  vaqt 
axamiyatsiz hodisalar  to’g’risida suhbatlashadi, o’z  fikr  mulohazasini keyinchalik 
ifodalay  olmaydi.  Uy-fikri  bo’yicha  suhbat  boshlasa,  boshqa  tomonga  o’y-fikrini 
o’zgartirish qiyinroq bo’ladi. Affekt kumulyatsiyasiga moyillik seziladi. 
Bemorlik  davrida  ko’rib  o’tilgan  xususiyatlar  kuchayadi,  unga  xotiraning 
ojizlanish  qo’shiladi.  U  xotira  yomonlashganligi,  intellektual  qobiliyatlilik 
kamayishda ifodalanadi. 
Logik  fikrlash  qobiliyati  kamayadi,  fikrlash  konkretlanadi.  Professional 
tajriba va qiziqish kamayadi. 
Epilepsiya  bilan  og’rigan  bolalarda  hamisha  ham  aytib  o’tilgan  xususiyati, 
individual  o’zgarishlar  bo’lavermaydi.  Bunday  bolalarga  3-4  yoshda  ko’prok 
yuqori motorik xususiyatlidir. Bolalarning ota-onasi so’ziga qaraganda  “bir minut 
ham  bir  paytda  o’tirolmaydi”,  intilish,  qo’liga  tushgan    hamma  narsani  olishga 
urinish,  ularga  qiziqmaslik  va  faoliyatning  natijasiga  e’tiborsizlik  ularning 
xususiyatiga xosdir. 
Epileptik boladagi hayajonlanish tez xafa bo’lishida ko’rinadi, agressiv, o’ch 
oluvchanlik  oddiy  sabablardan  kelib  chikadi.  Sabr  qilmaslik,  ozgina  kechikish  
yuzasidan  uning  talabini  qanoatlantirmaslik,  agarda    u  keyinchalik  amalga  oshsa 
ham  epileptik  bolalarda  ko’p  uchraydi,  natijada  azoblanishiga,  asossiz  ravishda 
atrofdagilar bilan janjal chiqarishiga sabab bo’ladi. 
Uning diqqatini boshqa tomonga yo’naltirish  qiyin kechadi, bola uzoq vaqt 
bir  nuqtaga  tikilib  qoladi,  bir  xil  mashg’ulot  bilan  shug’ullanadi,  muntazam 
gavdasini silkitib turadi. 
Alohida  ta’kidlash  kerakki,  epilepsiya  bilan  kasallangan  bolalarning 
ba’zilarida  asabiylashish  oshgan,  egoizm  kuchaygan,  atrofdagilarni  ta’siriga  
beriluvchan, erkalanuvchan yoki ortiqcha hotamtoylik xususiyatlari bo’ladi. Ba’zi 
bolalarda  xulq-atvor  belgilari  kasallik  davomida  bir  xil,  ayrimlarida  esa  qarama-
qarshi, biridan ikkinchisiga tez o’tishi kuzatiladi. Xulq-atvordagi buzilish bir xilda 
bo’lmasligi xarakterning epileptik tizimidagi rang-baranglikni o’z ichiga oladi. 


Epilepsiya oldidan bo’ladigan simptomlarning xususiyatini ko’rib chiqamiz. 
Odatda,  epilepsiyaning  dastlabki  simptomi  qaltirash  huruji.  Bu  fakat  bolalarning 
dastlabki  yoshiga  nisbatdan  to’g’ridir,  chunki  bu  yoshda  epilepsiyani  aniqlash 
qiyin, sub’ektiv shikoyat bo’lmaydi. 
Maktab yoshidagi va maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda epilepsiyanikng 
boshlanish  alomatlari  o’rganilganida,  epilepsiya  qaltiroq  huruji  boshlanmasidan  
oldinroq  paydo  bo’ladi.  Epilepsiyaning  tutqanoqsiz  boshlang’ich  davri  bir  necha 
oydan bir necha yilgacha cho’ziladi. 
Kasallikni  rivojlanishi  jarayonidagi  dastlabki  bilinadi.  Epilepsiyadan  oldin 
uyqu buzilishi jihatlari shundan iboratki: 
a) odatdan tashqari yorug’lik 
b) qo’rqish affekti namoyon bo’lishi 
v) uyqu davomiyligning buzilishi, bezovtalanish  
g) tush ko’rishning cho’zilib ketishi 
d) ba’zida uyquni muddatidan o’tkazib yuborishga o’tish, xiralashish holati 
e) ko’rgan tushlari mazmuni xotirasida saqlanib qolishi  
j) shu va boshqa tushlari muntazam takrorlanaverishi. 
Ko’rilgan  tushlari  boshqa  hayajonli  tushlar  simptomi  bilan  uyg’unlashishi 
xarakterli  belgilari  (tushda  gapirish,  tushda  yurish,  yig’lash,  kulish,  tushda 
qichqirish)  umumiy  qaltirash,  bosh  aylanish,  ayniqsa  xotiraning  o’zgarishi. 
Bularning  har  biri  alohida  holatda  epilepsiya  uchun  o’ziga  xos  xususiyati  emas, 
ammo  ularning  uygunligi  epilepsiyaning  dastlabki  alomatlarini  aniqlashga  imkon 
beradi.  Epilepsiyaning  dastlabki  davrida  bosh  og’rigi  ko’pgina  kasallarda  paydo 
bo’ladi. Biroq, ko’pchilik kasallarda u intensiv emas va klinik ko’rinishda etakchi 
o’rin  egallamaydi.  Epilepsiya  oldidan  bosh  og’rishining  asosiy  farqlanishi 
shundaki,  progredientlik  ko’rinishdagi  belgilar  aniqlanmaydi,  umumiy  jarayonda 
o’rin  topgandek.  Shuningdek,  tungi  bosh  og’rig’i  bo’lmaydi.  Ba’zi  bemorlarda 
bosh og’rig’i keyinchalik epileptik hurujdan xabar beruvchiga aylanadi. 
Bolalarda  epilepsiyaning  boshlang’ich  darajasi  kattalarga  qaraganda  ikki 
martda ko’proq bo’ladi, vistsero-vegetativ paroksizm kuzatiladi, qisqa muddatli va 
ojiz  klinik  holatda  ajralib  turadi.  Gohida  esa  ular  faqat  vistseral  simptom  bilan 
chegaralanadi. Masalan, xotirada saqlanib qolgan umumiy muhitda birdaniga qayd 
qilish ehitiyoji paydo bo’ladi va shu zahoti yo’qoladi. Boshqa xolatlarda paroksizm 


xotiraning  o’zgarishi  bilan,  qator  vegetativ  simptomlardan  iborat  bo’lib,  gohida 
turli hayajonlanishdan: tonik qaltiroq yoki tomirlarning bo’shatib qolishi, bilmagan 
holda siyib qo’yish va boshqa holatlar. Bolalarda vistsero-vegetativ paroksizmning 
turli ko’rinishlari shundaki, abdominal xuruj-qorinda og’riq paydo bo’lishi ba’zida 
opekular fenomen bilan bog’liq bo’ladi. Bu gohida nevropatiya, glistnoy invaziya, 
ovqat toksikoinfektsiyasi, deb yanglishiladi. Ajralib turadigan belgilari: 
a) ular paydo bo’lishida paroksizmal xarakter 
b) ovqatlanishi va psixogen payti bilan bog’liq emasligi, yo’qligi 
v) qisqa muddatlik (bir necha daqiqa 1-2 minut) 
Kattalarga  qaraganda  bolalarda  generalizovan  qaltiroq  xuruji, tutqanoq  ikki 
martda kam uchraydi va avval  aytib o’tilgan holatlarda kechadi (tonik xarakterda, 
qisqa muddatli). 
Kasallikning rivojlantirishini kuzatib, og’irlashish chastotasi va hurujlarning 
polimorfizmini  aniqlash  mumkin.  Kasallik  hamisha  ham  progredient  holatda 
bo’lavermaydi. Ba’zi hollarda davolanish oqibatida tuzalib ketish mumkin. 
Klinik xaritada oldingi  o’rinda polimorfizm  turadi. Boshlang’ich darajasida 
xurujning  engil  shakllari  taqqoslanadi:  uyquda  paroksizmal  hayajonlanish,  bosh 
og’rig’i  va  boshqalar  epilepsiya  xuruji  uchun katta tutqanoqlar  oldida  xarakterlik 
emas. 
Kattalarda  uchramaydigan  tonik  qaltirash  va  vistsero-vegetativ  paroksizm, 
bolalardagi  propulsiv  retropulsiv  xurujlar  bosh  miyasining  tula  shakllanmaganligi 
sabablidir. 
Epilepsiya-jiddiy kasallik va tashxos hamisha gumanlidir. Epilepsiya vaqtida 
o’lim ko’pincha epileptik status jarayonida sodir bo’ladi, ayrish hollarda bemorlar 
hurujning  o’zida  bug’ilish  va  boshqa  baxtsiz  hodisalarda  halok  bo’lishadi. 
Kayfiyatning og’ir buzilishi, suitsidal urinishlarga olib kelishi ahamiyat kasb etadi. 
Kasallik  oqibati  va  epileptik  aqliy  zaiflik  ko’pgina  mualliflar  fikriga  ko’ra  50% 
holatda  kuzatiladi.  Bolalikda  boshlangan  kasallik  ko’pincha  og’ir  aqliy  zaiflikka 
olib keladi. 
Epilepsiyaning  rivojlanishida  alohida  holatda  qanday  faktorlar  ahamiyatli? 
Hozircha bu savolga to’liq javob berish qiyinroq. 
Bolalarda  turli  paroksizmal  holatlar  kuzatiladi,  qaysiki,  ular  epileptik  xuruj 
sifatida  xato  tushunish  mumkin.  Ikkinchi  tomondan  epileptik  xuruj  tabiatan 


epileptik  bo’lmagan  paroksizm  bilan  anglashilmasligi  mumkin.  Epileptik  xurujni 
shunday qilib quyiidagi paroksizmal turlarga ajratishga to’g’ri keladi. 
Spazmofiliya  xuruji.  Spazmofiliya  mineral  almashinishi  buzilishi  bilan 
bog’liq  holda  yuz  beradi.  Bolalarda  1,5  yoshdan  3  yoshgacha  kuzatiladi.  Asab 
tomirlari  o’ynashi  kuchayishi  bilan  xarakterlidir.  Xuruj  paytida  qo’l  panjalari 
“akusher  qo’li”  holatida,  bosh  egilgan,  yuz  tomirlari  qimirlab  turadi,  og’izdan 
ko’pik keladi. Tajriba ko’rsatdiki, birinchi qaltiroq xuruji maktaboldi yoshida yuz 
beradi, keyinchalik epilepsiya xususiyati borligi bilinadi. Shu sababli ko’pincha uni 
spazmofil  yanglishadilar.  Spazmofil  bilan  epileptik  xurujni  ajraytib  olishda  esdan 
chiqarmaslik  kerakki,  birinchi  marta  xotirani  yo’qotish  uncha  chuqur  bo’lmaydi, 
yirik xurujga nisbatdan. 
Spazmofil  xuruj  ayniqsa,  ko’pincha  qishning  oxirida  va  bahorda  uchraydi. 
Epileptik xuruj esa yil davomida  yuz beradi. 
Lixoradik  qaltirash  tana  haroratining  infektsion  kasallik  oqibatida  tez 
ko’tarishidan paydo bo’ladi. Bu ba’zi qaltirashga moyillik bo’lgan bemor bolalarda 
uchraydi.  Lixoradik  xuruj  ko’pincha  hayotning  birinchi  yilida  bo’ladi,  ammo 
maktaboldi, gohida maktab  yoshida  ham  yuz  beradi. Bunday  paytlarda  epilepsiya 
tashhisini qo’yishga shoshilmaslik kerak. 
Shuningdek,  alimentar  xurujni  ham  baholash  lozim,  u  emizikli  yoshdan 
keyingi bosqichgacha (4-5 yoshgacha) ichak infektsiyasi kasalligi bo’yicha davom 
etadi.  Miya  meningiti,  meningoentsefalit,  entsefalitlar  ko’pincha  simptomatlik 
qaltirash  xurujini  keltirib  chiqaradi,  albatta  buni  epilepsiya,  deb  tushunmaslik 
kerak. 
Boshini sarak-sarak qilish epileptik xuruj sifatida xato tushunilishi mumkin. 
Ushbu spazm bola boshini ko’tara boshlaganda sodir bo’ladi, shuningdek, boshini 
qimirlashish  harakati,  ko’z  olmasi  nistagmoid  harakatlanishda  bo’ladi.  Bunday 
buzilish  boshi  vertikal  holatda  tutish  jarayonida  ushlanib  qolishda,  deb  e’tirof 
etiladi.  Harakatlanishdan  xotira  buzilishi  sodir  bo’lmaydi,  2-3  yilgacha  izsiz 
yo’qoladi. 
Affektiv  respirator  qaltirash  bolalarda  maktabgacha  bo’lgan  yoshda 
uchraydi.  Affektiv  respirator  qaltirash  hayajonga  tushish  ta’sirida  paydo  bo’ladi, 
qandaydir  qanoat  hosil  qilmasdan  g’azablanish,  qichqirish,  yig’lashdan  iborat 
bo’ladi.  Bolaning  nafasi  to’xtaydi,  yuzi  oqaradi,  muskullari  tonik  kuchlanadi, 
undan keyin harakatsizlanish, muskullar bo’shashishi yuz beradi, bu holat   


1  minutgacha,  ba’zida  ko’prok  davom  etadi.  Shundan  keyin  bemor  bolaning 
xotirasi to’liq o’z holatiga qaytadi. 
Epilepsiyaga  qaraganda  obmorok  (behush  bo’lish)  uncha  tez  bo’lmaydi. 
Uning xarakterli tomoni yuz oqaradi, ter bosadi, tomirlar bo’shashadi. 
Isterik  behushlikda  quyidagi  belgilar  ahamiyatga  ega,  atrofdagilarning 
diqqatini  o’ziga  tortadi.  Ko’z  yoshi,  ingranish,  teatral  ko’rinish,  kulish  isterik 
jazava  xarakterli,  ammo  epileptik  ko’rinish  emas.  Tilni  tishlash,  isterik  xurujda 
siydikni  ushlab  qola  olmaslik  holatlari  bo’ladi.  Xotirani  to’liq    yo’qotish 
bo’lmaydi. Isterik xuruj epileptik xurujga qaraganda davomiydir. 
Simptomatik  epilepsiya.  Qaltirash  va  qaltirashsiz  epileptiformdagi  xuruj 
ko’pgina organik miya buzilishi kasalligidan bo’ladi. Ular ko’pgina bosh miyaning 
shishishi,  tug’ma  va  nasldan-nasliga  o’tish,  asab  tizimining  buzilishi  kongenital 
sifilis oqibatida, gipoglikemik krizis, uremiyadan bo’ladi. 
Miyaning  chegaralangan  organik  buzilishida  xurujni  aniqlash  oddiy  vazifa 
emas,  hamma  holatda  ham  vrach  to’g’ri  tashhis  qo’yishi,  ularning  uyg’unligini 
aniqlash,  anamnezi  chuqur  tahlil  qilish,  psixopatologik,  nevrologik  va  somatik 
izlanishlar  qilish  hamda  kasallik  yo’nalishini  hisobga  olib  borishi  lozim.  Shuni 
ham  aytish  lozimki,  hozirgi  paytda  paraklinik  usularni  izlanish  epilepsiyaning 
maxsus  tomonlari  to’g’risida  bir  muncha  ma’lumot  beradi.  Shu  bilan  birga  ba’zi 
kasalliklarni  baholashda,  epilepsiya  bilan  klinik  o’xshashlikni  aniqlashda 
qiyinchilik tug’iladi. 
 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə