O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Shereshevskiy – Terner sindromi
  bilan faqat ayollar kasallanadi. Bunda bir 
X  xromosoma  etishmaydi  natijada  jinsiy  xromopatin  ham  bo’lmaydi.  Kasallarga 


jinsiy  infantilizm,  displaziya,  bo’yi  pastlik,  kalta  bo’yin  xosdir.  Quloqlari  past 
joylashgan.  Ko’pincha  yurak-qon  tomir  sistemasi  nuqsonlari  kuzatiladi.  Aqliy 
zaiflik har xil darajada bo’lmaydi. 
 
Klaynfelter  sindromi
  –  erkaklar  kasallanadi,  bunda  xromosomalar  soni 
ortiqcha  bo’ladi.  Klinikasida  gipogenitalizm,  tuxumdonlar  atrofiyasi,  ikkinchi 
jinsiy  belgilar  rivojlanmagan  bo’ladi.  Kasallar  baland  bo’yli,  evnuxoid 
proportsiyada  bo’ladi,  ginekomastiya  va  naslsizlik  kuzatiladi.  Aqliy  zaiflik  aniq 
rivojlangan bo’ladi, ammo engil debillik darajasida turadi. 
 
Rubeolyar  oligofreniya
  –  virusli  embriopatiya  bo’lib,  onasining 
homiladorlik  paytida  qizilcha  bilan  kasallanganligi  sababli  homilani  virus 
jarohatlaydi. Embrionning jarohatlanishi virusning homiladorlikning qaysi davrida 
ta’sir  qilganiga  bog’liq.  Aqliy  zaiflik  bilan  birga  uch  simptom:  ko’z,  yurak-qon 
tomir  sistemasi  va  eshitish  apparati  tug’ma  nuqsonlari  xos.  Ayrim  kasallarda  tish 
defektlari,  jismoniy  to’la  rivojlanmaslik,  skeleti  va  jinsiy  organlarning  tug’ma 
nuqsonlari kuzatiladi. 
 
Tug’ma  sifilis
  sababli  kelib  chiqadigan  oligofreniya  –  homilaning  spesifik 
jarohatlanishi  sababli  hosil  bo’ladi.  Aqliy  zaiflik  belgilari  juda  erta  bilinadi, 
bundan  tashqari  epilepsiya,  psixopatiyaga  o’xshash  va  astenik  simptomlar 
kuzatiladi.  Rezidual  nevrologik  simptomlar,  keratit,  otit,  rinitlar,  ichki  a’zolar  va 
suyak  jarohatlanishi  bemorlarda  kuzatiladi.  Har  xil  displaziya,  masalan,  bosh 
suyagi deformatsiyasi, tishlarning formasi, yuqori tanglay, egarsimon burun, oyoq-
qo’llarning  qiyshayishi  kuzatiladi.  Laboratoriya  tekshirish  natijalari  katta 
ahamiyatga  ega,  bunda  qon  va  orqa  miya  suyuqligida  spetsifik  o’zgarishlar 
kuzatiladi. 
 
Toksoplazmoz
  sababli  kelib  chiqkan  oligofreniya  –  bosh  miya  va  ko’zdagi 
yallig’lanish jarayonlari sababli kelib chiqadigan tug’ma nuqsondir. 
Aqliy  zaiflik  bilan  birga  ko’zdagi  kasalliklar  (xoreoretinit,  koloboma, 
mikroftalmiya,  katarakta)  gidrotsefaliya  talvasa  xuruji  kuzatiladi.  Yana  bosh 
suyagi  deformatsiyasi  yuz  skeleti  assimetriyasi,  quloq,  tanglay,  tishlarning 


joylashishi  noto’g’ri  bo’ladi.  Ichki  a’zolar  jarohatlangan  bo’ladi.  Psixik  to’la 
rivojlanmaslik og’ir imbetsillikdan, idiotiyagacha boradi.  
 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə