O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

baholash maqsadidir.
Ko‗chmas mulkni baholashda aniqlanadigan qiymatning asosiy turi 
bozor qiymatidir. Ko‗chmas mulk qiymatini baholashda aniqlanishi 
mumkin bo‗lgan bozor qiymatidan boshqa turdagi qiymatlarga 
quyidagilar kiradi: 

iste‘molchi qiymati; 

tiklash qiymati; 

o‗rindoshlik qiymati;

investitsion qiymat; 

sug‗urta qiymati;

soliq solinadigan qiymat; 

tugatish qiymati;

utilizatsiya qiymati; 

qoldiq qiymati; 

birlamchi qiymat;
 


38 

qoldiq qiymat;
 

garov qiymati.
 
Iste‟molchi qiymati
(mavjud foydalanishdagi qiymat) – mulkni 
bozorga olib chiqish maqsadi bo‗lmagan, aniq mulkdor uchun shu 
obyektning qiymatini aks ettiradi. 
Tiklash qiymati
– baholanayotgan obyektning aniq nusxasini 
qurish uchun sarflanadigan joriy narxlardagi xarajatlar bilan aniqlanadi. 
Bunda xuddi shunday arxitekturaviy yechimlardan foydalaniladi, xuddi 
shunday qurilish konstruksiyalari va materiallari qo‗llaniladi, hattoki 
qurilish-montaj ishlarining sifati ham bir xilda bo‗ladi; o‗xshash holda 
baholanayotgan obyektning maʼnaviy eskirishi va arxitekturaviy 
yechimlarining kamchiliklari aks ettiriladi. 
O„rindoshlik qiymati
– baholanayotgan obyektning foydaliligiga 
ekvivalent ravishda foydalikka ega bo‗ladigan ko‗chmas mulk obyektini 
qurish uchun sarflanadigan joriy narxlardagi xarajatlar bilan aniqlanadi, 
ammo bunda u zamonaviy loyiha me‘yorlaridan, progressiv material va 
konstruksiyalardan, hamda zamonaviy uskunalardan foydalangan holda 
yangicha arxitekturaviy uslubda quriladi. 
Shunday qilib, tiklash qiymati obyektning aniq nusxasini qurish 
uchun sarflanadigan xarajatlarda, o‗rindoshlik qiymati esa – funksional 
analogni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlarda ifodalanadi.
 
Investitsion qiymat –
keltirilgan investitsion maqsadlarda aniq 
shaxs uchun daromad keltirish nuqtayi nazaridan aniqlanadigan 
obyektning narxi. Investitsion qiymat investor tomonidan kutiladigan 
daromadlar va kapitallashtirishning aniq stavkasidan kelib chiqib 
hisoblanadi va u bozor qiymatidan yo yuqoriroq yoki pastroq bo‗lishi 
mumkin. Bunday qiymat turi subyektiv xarakterga ega. 
Mulkning sugʻurta qiymati
– tugatish (yoki buzilish) xavfi mavjud 
bo‗lgan obyektning tiklash qiymati yoki o‗rindoshlik qiymati asosida 
hisoblanadi. Obyektning sug‗urta qiymati asosida sug‗urta summalari, 
to‗lov va foizlari aniqlanadi. 
Mulkning soliq solish qiymati –
bu, O‗zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga muvofiq, eskirish darajasini hisobga oluvchi tiklash 
qiymatiga asoslangan inventarizatsiya qiymatiga o‗xshash qiymat. 


39 
Rivojlanagan bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda soliq solish 
bozor qiymati bo‗yicha amalga oshiriladi. 
Tugatish qiymati
– mulk obyekti analog obyektlarning odatiy 
xizmat muddatiga nisbatan kamroq muddatda begonalashtirish kerak 
bo‗lgan va ko‗chmas mulk obyekti egasi uni tugatishi yoki majburiy 
sotishi orqali olishi mumkin bo‗lgan, sof mablag‗ ahamiyatiga ega bo‗lib 
qolgan holatda aniqlanadi. 
Utilizatsiya qiymati
– mulkning egasi shu obyektni to‗liq tugatishi 
orqali olishi mumkin bo‗lgan sof mablag‗ (summa)ni ifodalaydi. 
Mulkning birlamchi qiymati –
obyektdan foydalanishni boshlagan 
paytdagi uni sotib olish yoki qurish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar. 
Mulkning qoldiq qiymati –
obyektning eskirishni hisobga olgan 
holdagi qiymati.
Garov qiymati –
kreditni ta‘minlash maqsadidagi qiymat. 
Baholash sanasi baholash maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi 
va qoida tariqasida, baholovchi tomonidan baholash obyektini ko‗zdan 
kechirish sanasiga muvofiq bo‗ladi. Baholovchi baholash sanasidagina 
mavjud bo‗lgan holatlarni va baholash sanasiga qadar yuz bergan 
voqealarni e‘tiborga olishi lozim. 
Mulkiy kompleks sifatida korxona, yer uchastkasiga: 

shu yer uchastkasida joylashgan va tegishli bo‗lgan, binolar 
(qurilma) yoki binolar gruppasi; 

ko‗p yillik ko‗chatlar, suv havzalari; 

yer uchastkasini infrastruktura obyektlariga ulash uchun 
mo‗ljallangan muhandislik qurilmalari; 

yer uchastkasi hududini obodonlashtiruvchi statsionar 
qurilmalar; 

shu obyektga tegishli bo‗lgan, lekin yer uchastkasi hududida 
joylashmagan ta‘minlash elementlari kiradi. 
Demak, baholash obyekti deganda, birinchidan, mulk majmuasi
sifatidagi korxona, ikkinchidan, ularning tarkibiy qismi bo‗lgan yer
uchastkalari tushuniladi va ularga: 

mazkur uchastkada joylashgan bino (inshoot) yoki bir guruh 
binolar, mazkur uchastkaga oid bo‗lgan yerosti inshootlari; 


40 

cheklangan suv obyektlari, ko‗p yillik o‗simliklar;

yer maydoni va uning ustida joylashgan bino (inshootlarni)
kvartal yoki shahar infratuzilmasiga bog‗lanishini amalga oshiruvchi
injener qurilmalar va tarmoqlar kiradi. Kvartal yoki shahar 
mulkdorlarning birgalikda ishlatayotgan injener infratuzilmasi obyektida 
joylashgan ulushi ham kiradi

uchastka hududini obodonlashtirish statsionar inshootlari; 

mazkur mulk obyektiga taalluqli, ammo unga tegishli yer 
uchastkalarining tashqarisida joylashgan xo‗jalik, transport va injener
ta‘minoti elementlari; 

yuqorida sanab o‗tilgan ko‗chmas mulkning komponentlari bilan 
ajralmas konstruktiv yoki funksional yaxlitlikni tashkil etgan boshqa 
obyektlar kiradi. 
Agar havo va dengiz kemalari, ichki daryolarda suzayotgan 
kemalar, 
kosmik 
obyektlar 
baholanadigan 
korxonaning 
mulk 
majmuasiga kirmasa va davlat registratsiyasidan o‗tishi lozim bo‗lsa 
bunday ko‗chmas mulk baholash obyekti bo‗lolmaydi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə