O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
 


34 
2-bob. KO„CHMAS MULK TAVSIFI, TASNIFI,
KO„RSATKICHLARI VA XUSUSIYATLARI 
 
2.1. Ko„chmas mulk tavsifi va tasnifi 
Ko‗chmas mulk bu – yerdan va unda joylashgan bino 
inshootlardan tashkil topgan mulk. Ko‗chmas mulk o‗z ichiga yer ustida 
yoki yer ostida joylashgan va yerga o‗rnatilgan moddiy mulklarni oladi. 
Ko‗chmas mulk tarkibiga qonun bo‗yicha – yer maydonlari, uylar, 
zavodlar, fabrikalar, qurilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo‗sh 
yer uchastkalari va temir yo‗llar, chegaralangan suv obyektlari va yer 
bilan bog‗liq barcha narsalar kiradi, ya‘ni bunday obyektlarni bir joydan 
ikkinchi joyga ko‗chirish, ularga zarar yetkazmasdan amalga oshirib 
bo‗lmaydi. Bular jumlasiga, shuningdek, o‗rmonlar, ko‗p yillik ekinlar, 
binolar, inshootlar kiradi.
Ingliz tili terminologik tarixi bo‗yicha quyidagi tushunchalar 
mavjud estate, property, real:

estate – mulk, dala hovli. (поместье, имение, имущество, 
состояние); 

property 
xususiy mulk, mulkdorlik huquqi, sifat 
(собственность, право собственности, свойство, качество); 

real – haqiqiy, real, mavjud, (действительный, реальный, 
настоящий). 
Baholashga oid vazifani belgilashda baholovchi baholash obyektini 
belgilaydi va unga tavsif beradi. Bunda, baholash obyekti sifatida bo‗sh 
turgan (yaxshilanmagan) yer uchastkasi yoki imorat solingan yer 
uchastkasi (yaxshilashlardan iborat yer uchastkasi) olinadi. 
Baholash obyektining qiymati unga bo‗lgan mulkiy (ashyoviy va 
majburiyatga oid) huquqlar, mazkur huquqlarga doir cheklashlar va 
ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishini hisobga olib 
aniqlanadi. Bunday huquqlarga quyidagilar kiradi: 

to‗la mulkdorlik huquqi; 

egalik qilish huquqi; 

tasarruf etish huquqi; 


35 

foydalanish huquqi; 

yer uchastkasiga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik 
huquqi; 

yer uchastkasidan doimiy (muddatsiz) foydalanish huquqi; 

ijaraga olish huquqi; 

servitut;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa huquqlar. 
Baholash shartnomasi shartlariga va baholash obyektining 
xususiyatlariga qarab to‗la mulkdorlik huquqini yoki ayrim mulkiy 
huquqlarni baholash belgilanishi mumkin.

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə