O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
 
 
1.3.2-rasm.
KMQBHBning funksional-tuzilmaviy chizmasi. 
 
Aytish joizki, 1.3.2-rasmdagi chizmada baholashning jahon 
amaliyotidagi turli mulkni baholash faoliyati va uni tartibga solishning 
barcha mavjud modellari mujassamlashgan. Xususan, ushbu chizmadagi 
KMQBHBning O-BT-N fragmenti o‗zini-o‗zi tartibga solish modelini 
ifodalaydi, O-BT-D fragmenti – davlat tomonidan tartibga solish 
modelini, O-D-N-BT shakli esa aralash modelni bildiradi. 
Hozirda KMQBHB va baholash faoliyati alohida nazariyasiga va 
yuqori darajada tartiblashtirilgan murakkab, samarali infratuzilmaga va 
dinamik muhitga ega bo‗lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini qiymatiy 
belgilaydigan murakkab tizim sifatida namoyon bo‗lmoqda.
KMQBHBning dinamik muhitga ega murakkab tizim ekanligi 
unda ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlari hajmi vaqt birligi 
ichida talab va taklif asosida uzluksiz o‗zgarib borishi bilan belgilanadi. 
Uning mazmuniga oid tushunchalar asosan XX asrning ikkinchi 


 О 
BТ 


26 
yarmining o‗rtalaridan boshlab baholash faoliyati bilan bog‗liq ravishda 
shakllanib va uzluksiz takomillashib kelmoqda. Bunga sabab, inson 
sivilizatsiyasining KMQBHB sohasidagi tajribasini shu yillar davomida 
boyishi, unda ko‗chmas mulk mulkdorlarining mulkiy munosabatlari va 
qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari, ehtiyojlari ortib, 
manfaatlari tobora o‗sib, ularning haq-huquqlari borgan sari 
mustahkamlanib va ta‘minlanib borishidadir.
Umuman olganda, zamonaviy KMQBHB yuqori darajada 
tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida 
globallashib borayotgan alohida bir butun va o‗z muhitiga ega 
munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon 
bo‗luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo‗lmoqda. Bunda uning 
mazmun-mohiyati quyidagi konseptual tushuncha va qonuniyatlar 
asosida belgilanadi.
KMQBHBni quyidagicha ta‘riflash mumkin: KMQBHB – bu 
ma‘lum hajm va narxga ega bo‗lgan ko‗chmas mulk qiymatini baholash 
xizmatlarini ko‗rsatish bilan bog‗liq tashkillashgan ijtimoiy-iqtisodiy-
informatsion-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan munosabatlarni 
turli omillar ta‘siri sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta‘minlovchi 
yaxlit murakkab tizim (mexanizm) sifatida namoyon bo‗luvchi 
ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlari bo‗yicha talab va taklif 
funksiyasi. Ushbu tizimning faoliyat mexanizmi davlat, baholovchi 
tashkilotlar va ko‗chmas mulk mulkdorlari tomonidan birgalikda ularni 
har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi. 
Bu bozorda ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlari xolis 
baholovchi tashkilotlardan iste‘molchi (mulkdor)larga tomon, moliyaviy 
resurslar esa aksincha yo‗nalishda harakat qiladi
6
.
Shuningdek, KMQBHB tushunchasi ko‗chmas mulk qiymatini 
baholash xizmatlari bo‗yicha talab va taklif funksiyasi tushunchasi
ularning barcha turlarini hajmlari va shartnomaviy narxlarining o‗zaro 
bog‗liqlikda (talab va taklif asosida) o‗zgarishi va shakllanishi muhiti 
tushunchasi bilan hamohangligini idrok qilish mumkin. Bu muhitda 
6
Shoxa‘zamiy Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari. – T.: ―Iqtisod-moliya‖, 2015. – 234 b. 


27 
ko‗chmas mulk qiymatining ekspert bahosi shakllanishi munosabati 
bilan uni qiymatli muhit desa bo‗ladi.
KMQBHB har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy va o‗z 
tabiatiga ega qismi (turi)dir. Bunda KMQBHB iqtisodiyotni ko‗chmas 
mulk qiymatini baholash xizmatlari bilan ta‘minlaydi, ko‗chmas mulk 
mulkdorlarning iqtisodiy faolligini va mulkiy tizim sifatini aks ettiradi. 
Zero, mulk qiymati bahosisiz mulkiy munosabatlar, ijtimoiy ishlab 
chiqarish jarayoni va bozor faoliyati natijalarini aniqlash qiyin.
KMQBHBning maqsadi – ko‗chmas mulk qiymatini baholash 
bilan bog‗liq erkin raqobatga asoslangan malakali xizmatlar ko‗rsatish 
uchun baholovchi va ko‗chmas mulk mulkdori (buyurtmachisi) 
o‗rtasidagi ochiq munosabat, obyektiv konyunktura, yetarli, zaruriy va 
qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
KMQBHBning vazifasi – uning ushbu maqsadiga erishishi bilan 
bog‗liq funksiyalarni samarali bajarishini ta‘minlashdan iborat.
Iqtisodiyotda 
quyidagi 
shart-sharoitlar 
mavjud 
bo‗lganda 
KMQBHB samarali faoliyat ko‗rsatishi mumkin:
- samarali mulkchilik tizimini mavjudligi;
- baholovchilarni sifatli xizmatlar, ko‗chmas mulk mulkdorlarini 
esa 
bunday 
xizmatlarga 
ekvivalent 
pul 
mablag‗lari 
bilan 
ta‘minlanganligi;
- talab va taklifni obyektiv mutanosibligi;
- bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining samarali faoliyati;
- bozor iqtisodiyoti qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukm 
surishi;
- iqtisodiy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va xavfsizlik, risklarni 
hamda turli indikatorlarni tahliliyligi va bashoratliligi.
KMQBHBning 
faoliyat 
ko‗rsatishini 
asosiy 
tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
- barcha potensial buyurtmachilar o‗z mablag‗larini foydali tarzda 
ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlariga yo‗naltirishlari uchun 
ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish; 
- bozorda tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi, ularning narxlarini 
obyektivligi va qonuniyligi; 


28 
- erkin raqobat yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etish; 
- baholash faoliyati huquqiy ta‘minotining sifatliligi; 
- baholash tashkilotlarining transparentliligi (shaffofligi); 
- baholovchi va ko‗chmas mulk mulkdor (buyurtmachi)lari 
huquqlari va manfaatlarini himoya qilinganligi. 
KMQBHBning asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning 
tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga baholovchilarning 
birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan qoidalarini uyg‗unlashtirish 
asosida ta‘minlanadi. Bunda ko‗chmas mulk qiymatini baholash 
xizmatini ko‗rsatish bitimi (shartnomasi)ning tartibi va intizomi katta 
ahamiyatga ega.
KMQBHBni 
tartibga 
solish 
tamoyillari 
ko‗p 
hollarda 
mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy holatga bog‗liq bo‗ladi, ammo shu 
bilan birga ular shakllangan jahon tajribasini ham inobatga olishlari 
kerak. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə