O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Metodologik yondashuv 
nuqtayi nazaridan ko‗chmas mulk 
bozorining infratuzilmasi – iqtisodiy tizim sifatida ko‗chmas mulk 
obyektlarining 
foydali 
xususiyatlarini 
yaratilishi 
va 
iste‘moli 
jarayonlarining amalga oshuvidagi tub asosiy bozor tamoyillarini 
qo‗llab-quvvatlaydigan va unga ajratilgan vazifalar doirasini samarali 
hal etishni ta‘minlaydigan mexanizmlar to‗plami. 
Asosiy vazifalari: 
1. Ko‗chmas mulk bozorining monitoring va ishlashi jarayonlarini 
tadqiq etish tizimini yaratish, ushbu asosda bozorni isloh etish va 
rivojlantirishning yo‗llari, usullari va vositalarini aniqlash (jamoat 
birlashmalarining tadqiqot bo‗linmalari, kasbiy amaliy xodimlar 
ishtirokida, shuningdek, ko‗chmas mulk bozorining tijorat tadqiqot 
tashkilotlari amalga oshiradi). 
2. Ko‗chmas mulk bozorining rivojlanishini boshqarishning 
maxsus davlat, jamoat va tijorat institutlarini quyidagicha tuzish: 

maqsadi ko‗chmas mulk bozorining rivojlanishiga yo‗naltirilgan 
davlat muassasalari va idoralari harakatlarini muvofiqlashtirish organi; 

ko‗chmas mulk bozorini isloh etish, tartibga solish va nazorat 
qilishga, ko‗chmas mulk bozorida mulkdorni huquqqa qarshi 
harakatlardan himoya qilishga yo‗naltirilgan davlat hokimiyati va 
mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarining ixtisoslashgan tarkibiy 
bo‗linmalari; 

ko‗chmas mulk bozorining o‗z-o‗zini tartibga soluvchi va jamoat 
tashkilotlari, kasaba va iste‘mol uyushmalari; 

ko‗chmas mulk bozorining ta‘lim muassasalari va axborot 
markazlari; 

ko‗chmas mulk bozorining ayrim sohalari tadqiqotchilari va 
isloh etilishining tashabbuskorlari bo‗lgan tijorat va notijorat 
tashkilotlari. 


24 
Bu yondashuvning cheklanganligi shundan iboratki, metodologik 
yondashuvga xos bo‗lgan makromodellashtirish ko‗chmas mulk 
obyektlarini yaratish, boshqarish va aylanishining muayyan jarayonlarini 
amalga oshirishning chuqur qonuniyatlarini tegishli darajada kuzatishga 
imkon bermaydi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə