O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


 Ko„chmas mulk klasteri, qiymati va narx-navolari to„g„risida



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
7.5. Ko„chmas mulk klasteri, qiymati va narx-navolari to„g„risida 
axborot bazasini yuritish 


187 
―Klaster - bu muayyan xossalarga ega bo‗lgan alohida mustaqil 
hisoblangan bir jinsli elementlarning yagona tizimga birlashishidir‖. 
Klasterli tahlil ko‗pgina fanlarda masalan, matematika, geografiya, 
fizika, ximiya, iqtisodiyot, sotsiologiya, astronomiya, statistika, 
informatika kabi fanlarda muntazam qo‗llanilib kelinadi. Ko‗chmas 
mulk klasterida mulkchilikning tarkibiy bo‗g‗inlarini turlari sifatida 
qarash o‗rinlidir. Ko‗chmas mulk klasterining istalgan holatida ham 
baholovchi tashkilotlar qo‗shimcha qiymat zanjiri ko‗rinishida umumiy 
qiymatning shakllanishida ishtirok etadi.
Raqobatda 
ustunlikka 
intilish 
davomida 
ishtirokchilarning 
qiymatni jamg‗arish tizimidagi barcha qo‗shimcha qiymat zanjiri klaster 
ta‘sirida optimallashib boradi. Ko‗smas mulk klasterining muhim 
alomati 
kooperatsiya 
va 
raqobatning 
uyg‗unligidir. Baholash 
tashkilotlarining ko‗chmas mulk klasteriga birikishi ularga katta 
manfaat keltiradi. Raqobat munosabatlari uning tarkibiga kiruvchi 
firmalar va shuningdek, boshqa tashqi klasterlar firmalariga nisbatan 
shakllanadi. Har bir klaster o‗ziga xos iqtisodiy muhit ta‘sirida bo‗ladi 
va uning raqobatbardoshligi turli darajada shakllanadi. Bugungi kunda 
ko‗chmas mulk klasterni qo‗llash sifatida baholash yondashuvlari asosiy 
o‗rin tutadi. 
Ko‗chmas mulk qiymati va narxi axborotlar bazasi iqtisodiy 
sistemologiya qoidalari nuqtayi nazaridan mulk, jumladan mulkiy 
huquqlar, bir vaqtning o‗zida mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori 
va mulk bozori obyekti bo‗lgani bilan, bu bozorlar tuzilmaviy, 
mazmunan va mexanizmik farqlanadi. Shu bilan birga, O‗zbekistonda 
mulkning bozor qiymati va narxini alohida olganda har biri o‗zida omil 
ta‘sirini o‗zgacha namoyon qilishiga qaramasdan ularning bir-biriga 
bevosita bog‗liq holda o‗zaro transformatsiyalanishi ular o‗rtasidagi 
ekvivalentlik xususiyati mavjudligidan dalolat beradi. Lekin, bunga 
qaramasdan, mulk qiymati va narxining o‗zaro ekvivalentlilik darajasini 
ta‘minlash muammosi mulkning barcha turlari bo‗yicha hanuzgacha 
mavjud. 
Yuqorida aytilganlar asosida aytish mumkinki, mulk qiymatining 
Mulk qiymatini baholash xizmatlar bozoridagi bahosi va Mulk 


188 
bozoridagi narxi orasidagi ekvivalentlilikni ta‘minlash ushbu bozorlarni 
davlat tomonidan kompleks muvofiqlashtirish va nazorat qilinishini 
talab qiladi. Bunday talab umuman olganda har qanday turdagi mulkni 
qiymati va narxlarini axborot bazasini yuritish tizimini takomillashtirish 
va tatbiq qilish imkoniyatini beradi.
Ko‗chmas mulk qiymatini va narxini aniqlash jarayonida
avvalambor axborot ta‘minotining uzviyligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mulk bozorida ko‗chmas mulk qiymati va narxi to‗g‗risida axborotlar 
bazasini yuritilishi undagi qiymat va narxlar yordamida mulkni tovar, 
kapital va munosabatlar vositasi sifatidagi bozor muomalasini amalga 
oshirish funksiyasini bajaradi. 
Mulk qiymati va narxi mos ravishda mulk bozori va mulk qiymati 
baholash xizmatlari bozori obyekti hisoblanadi. Mulk narxi uning 
qiymati emasligi uchun bu bozorlar mazmunan va shaklan farqlansada
lekin ular bir-biri bilan uzviy bog‗lanadi, natijada ular yordamida mulk 
qiymati uning narxiga va aksincha yo‗nalishida transformatsiyalanadi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə