186
baholash xizmatlariga yo‗naltirishlari uchun ularga keng shart-sharoitlar
yaratib berish;
-
bozorda tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi,
ularning narxlari
obyektivligi va qonuniyligi;
-
erkin raqobat yo‗lida to‗siqlarni bartaraf etish;
-
baholash faoliyati huquqiy ta‘minotining sifatliligi.
-
baholash tashkilotlarining transparentliligi;
-
baholovchi
va
mulkdor
(buyurtmachi)lar
huquqlari
va
manfaatlarini himoya qilinganligi.
MQBHBni uning obyekti bo„lmish mulkni 3 ta yirik guruhga
ajratish nuqtayi nazardan quyidagicha tasniflanadi:
ko‗chmas mulk qiymatini baholash bozori;
ko‗char mulk qiymatini baholash bozori;
biznes qiymatini baholash bozori.
Ko‗char mulk qiymatini baholashning xizmatlar bozorida bugungi
kunda mulkning barcha turlarini baholash barcha turdagi operatsiyalarni
bajarishda zarur va quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
garov orqali kreditlash;
oldi sotdi jarayonida;
mulkiy kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida;
ustav kapitaliga kiritish va soliqqa tortish maqsadida;
sug‗urtalash maqsadida.
Harakatdagi mulkni bozor qiymatini
baholash bugungi kunda
baholash
nazariyasidagi
asosiy
vazifalardan
biri
hisoblanadi.
Harakatdagi mulkni baholash orqali asosiy fondlarning aktiv qismini
bozor qiymatini aniqlash mumkin. Mulkning
qiymatini bilgan mulkdor
ochiq bozorda shu turdagi mulkka bo‗lgan talabni qaysi darajada
ekanligini, bozorning shu sigmentining joriy holatini, foydalilik va zarar
ko‗rish darajasi va shunga asosan boshqaruv
qarorlarini qabul qilish
investorlarni jalb qilish, biznesni
qayta tashkillashtirish, korxona
texnologik jarayonlarining effektiv darajasini aniqlash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: