O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/194
tarix19.12.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#151361
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
Бухгалтерия ҳисоби дарслик 5230900 1 қисм

Tartibga soluvchi schyotlar; 
regulating accounts; регулирующие счетa; 
xo‘jalik mablag‘lari baholarini tuzatish (tartibga solish), bu mablag‘lar holati
to‘g‘risida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni olish, shuningdek, ularning manbalarini 
aniqlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Har bir schyot ma’lum 
asosiy schyotni tartibga solish uchun tayinlangan. Bunda tartibga soluvchi 
schyotlarda hisobga olingan summa asosiy schyot summasiga qo‘shiladi, yoki 
undan olib tashlanadi. Tartibga soluvchi schyotlarni qo‘llash zaruriyati xo‘jalik 
mablag‘larini baholash bo‘yicha belgilangan qoidalar bilan bog‘liq. 
Tayyor mahsulot; 
the finished product; готовый продукт; 
korxonaning 
texnik sharoit va belgilariga javob beruvchi to‘liq ishlab chiqarish natijasidagi 
mahsulot. 
Tezkor hisob; 
operational account; оперaционный учет; 
tezkor yoki 
operativ hisob xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida reja bajarilishi 
to‘g‘risidagi axborotlarni sistematik ravishda olib turish maqsadida ma’lum 
xo‘jalik muomalalarini bevosita joyida va ular amalga oshishi paytida ro‘yxatga 
olish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Tezkor hisob ma’lumotlaridan xo‘jalik jarayonlari 
bevosita amalga oshgan paytda kundalik nazorat qilish va boshqarish uchun 
foydalaniladi. Tezkor hisobning ko‘p ma’lumotlari umumlashtirilib, tarmoqlarni 
boshqarish uchun foydalaniladi 
Tizimli 
yozuv; 
systematic 
records; 
системaтические зaписи; 
buxgalteriya hisobi schyotlarida xo‘jalik muomalalarini ma’lum tizimda 
registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo‘jalik muomalalarini bir xil iqtisodiy 
belgilariga qarab guruhlash amalga oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi 
ob’yektlari bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob 
registrlari (bosh daftar)da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr (jurnal-


389 
order)da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik yozuv 
ma’lumotlari bilan bog‘langan. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə