Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

Bozordan tashqari risklar


138 
Bozordan tashqari risklar bozor holati bilan emas, balki alohida aktivning 
oʻziga xos jihatlari bilan bogʻliq risk hisoblanadi. Misol uchun ushbu risk turiga 
asosan korxonaning noiqtisodiy omillari (rahbariyatni nokompetentligi) tufayli 
uning aksiyasiga taʼsir riski sifatida koʻrish mumkin. Ushbu riskni portfelni 
diversifakitsiya qilish orqali umuman bartaraf qilinishi mumkin. Diversifikatsiya 
samarasini korrelyatsiya koeffitsiyenti orqali tushuntirish mumkin.
Ikkita oʻzgaruvchanning birga harakatlanish tendensiyasi korrelyatsiya 
deyiladi va korrelyatsiya koeffitsiyenti ushbu tendensiyani oʻlchab beradigan 
koʻrsatkich hisoblanadi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti +1dan -1gacha ifodalanadi va 
𝜌
grek harfi bilan belgilanadi. 
𝜌
= +1ga teng boʻlagan holatda ikkita oʻzgaruvchan 
mutlaq bir xil harakatlanadi, 
𝜌
= –1 boʻlsa ikkita oʻzgaruvchan mutlaq teskari 
harakatlanadi va 
𝜌
= 0 vaziyatda ikkita oʻzgaruvchan umuman bir biriga bogʻliq 
boʻlmaydi, yaʼni bir oʻzgaruvchan ikkinchisidan mustaqil hisoblanadi. 
Oldingi davrlardagi maʼlumotlardan kelib chiqib korrelyatsiyani hisoblansa, R 
harfi bilan ifodalanadi. Quyida ikkita (i va j) aksiya oʻrtasidagi korrelyatsiya 
koeffitsiyentining hisoblash formulasi keltirilgan. 
𝜌 = 𝑅 =

(𝑟̅
𝑖,𝑡
− 𝑟̅
𝑖,𝐴𝑣𝑔
)(𝑟̅
𝑗,𝑡
− 𝑟̅
𝑗,𝐴𝑣𝑔
)
𝑇
𝑡=1
√[∑
(𝑟̅
𝑖,𝑡
− 𝑟̅
𝑖,𝐴𝑣𝑔
)
2
][
𝑇
𝑡=1

(𝑟̅
𝑗,𝑡
− 𝑟̅
𝑗,𝐴𝑣𝑔
)
2
]
𝑇
𝑡=1
 
Bu yerda: 
𝑅
– oldingi davrlardagi maʼlumotlardan kelib chiqib aniqlangan korrelyatsiya; 
𝑟̅
𝑖,𝑡
– i aksiyasining t davr uchun haqqoniy daromadliligi; 
𝑟̅
𝑖,𝐴𝑣𝑔
– T davrlar mobaynidagi i aksiyasining oʻrtacha daromadliligi. 
Agar ikkita aksiyaning korrelyatsiya koeffitsiyenti -1ga teng boʻlsa, har biri 
uchun shunday ulush tanlasa boʻladiki, natijada ularni birining oʻz oʻrta 
(kutilayotgan) qiymatidan chetlanishi boshqasining oʻz oʻrta qiymatidan 
chetlanishini 
neytrallashtiradi 
(bartaraf 
qiladi). 
Bunda 
ular 
yordamida 
shakllantirilgan portfelning standart chetlanishi nolga teng boʻladi, lekin shu bilan 
bir qatordauning kutilayotgan daromadliligi aksiya kutilayotgan daromadliligining 
oʻrtacha tortilganiga teng boʻladi. Demak korrelyatsiya -1ga teng boʻlganda 
portfelning tarkibidagi aksiyalar ulushi toʻgʻri proporsiyada tanlansa, uning 
standart chetlanishi nolga teng boʻladi va risk bartaraf qilinadi. Yaʼni portfel 
shakllantirib diversifikatsiya qilish orqali riskni bartaraf qilinadi. 
Agar korrelyatsiya +1ga teng boʻlsa, portfelning standart chetlanishi 
aksiyaning standart chetlanishlarining oʻrtacha tortilganiga teng boʻladi. Bunday 
holatda diverifikatsiya naf keltirmaydi va risk roʻy bersa undan koʻriladigan 
ehtimolli yoʻqotishlari muqarrar hisoblanadi.
Shunday qilib -1 va +1 oraligʻida korrelyatsiya kuzatilsa, portfelning standart 
chetlanishi aksiyalarning oʻrtacha tortilgan standart chetlanishlaridan past boʻladi 
va risk darajasini diversifikatsiya qilish orqali pasaytirsa boʻladi. Amaliyotda 
diversifikatsiya maqsadida portfel shakllantirish uning tarkibidagi aksiyalarni 
korrelyatsiyasi koʻpincha aynan shu oraliqda boʻladi. Bunda diversifikatsiya riskni 
toʻlaqon bartaraf qila olmaydi. 


139 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə