Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan 
oʻtkazuvchi tashkilot amalga oshiradi. 
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning 
chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga 
solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan emitentning arizasi asosida 
amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: 
-
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror; 
-
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi; 
-
blanka namunasi; 
-
roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hujjatlar. 
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi 
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun 
taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida davlat 
roʻyxatidan oʻtkazishi yoki emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini 
davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul 
qilishi shart. 
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan 
oʻtkazilayotganida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi 
qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat 
roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va emissiyaviy qimmatli 
qogʻozlarning chiqarilishiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami koʻrsatiladi. 
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish 
uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik emitent 
zimmasida boʻladi. 
Kliring
— qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan 
roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha oʻzaro 
majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga olishdir. Kliring qimmatli 
qogʻozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bitimlar 
natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi va pul mablagʻlaridagi hisob-kitoblar 
qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining kliring topshirigʻi asosida amalga 
oshiriladi.Kliringni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va qimmatli qogʻozlar 
savdosini tashkil qilish qoidalari bilan belgilanadi. 


159 
Netting – 
mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga 
nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usulidir. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə