Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

Oddiy auksion 
yo xaridorlardan kelib tushgan arizalarni qabul qilgan 
sotuvchi tomonidan (sotuvchi auksioni) yoki potensial sotuvchilardan manfaatli 
takliflar qidirayotgan xaridor tomonidan (xaridor auksioni) tashkil etilishi mumkin.
Oddiy auksionning bir necha turlari mvjud. 
Xususan ingliz auksioni – 
sotuvchilar savdo boshlanishidan oldin fond 
instrumentlarini boshlangʻich narxda sotish uchun arizalar beradi. Ular kotirovka 
byulletenida kelishtirilib, birja savdo ishtirokchilariga tarqatiladi. Auksion 
davomida agar xaridaorlar raqobati mavjud boʻlsa, moliyaviy instrument narxi 
oshib boradi va natijada auksion aktivi taklif etilgan eng yuqori narxda bitta 
xaridorga sotiladi. 
Golland auksioni –
sotuvchining boshlangʻich narxi yuqori va qachonki 
xaridor narxni maʼqullamagunicha auksionni olib boruvchi mutaxassis narxni 
pasaytirib boradi. Bunday holatda qimmatli qogʻozlar narxiga rozi boʻlgan xaridor 
tomonidan sotib olinadi. 
Qorongʻu auksion –
barcha xaridorlar bir paytda qimmatli qogʻozlarni sotib 
olish uchun oʻzlarining narxlarini taklif qilishadi va eng yuqori narx taklif qilgan 
shaxs qimmatli qogʻozlarni sotib oladi. Ayirim rivojlangan mamlakatlar qisqa 
muddatli davlat obligatsiyalarini 

uch oyli, olti oyli, bir yillik 

“qorongʻi” auksion 
orqali joylashtiradi.
Murakkab auksion 
(uzluksiz, “chaqiriqli” yoki “olomonli”). Auksionning 
bunday turi sotuvchilar va xaridorlarraqobatining yuqori boʻlishini taqozo etadi. 
Birja savdosini tashkil etish shakli sifatida murakkab auksionlar fond bozori 
xususiyatiga boshqa auksionlarga nisabatan mos ravishligi bilan ajralib turadi. 
Murakkab auksionlar quyidagicha farqlanadi. 
Chaqiriqli bozor 
(on call market). Fond bozorida bitimlar kamdan kam 
tuzilsa, sotuvchi va xaridor narxlari oʻrtasida katta farq yuzaga keladi va u birja 
kotirovkasida spred, deb nomlanadi. Buning natijasida, bitimlardagi narxlar 
tebranishi yuqori va muntazam xarkterga boʻladi, bunday bozor likvid emas, birja 
savdolari uzluksiz auksion shaklida tashkil etilishi umuman,murakkab hisoblanadi.
Chaqiriqli bozorda birja savdosini tashkil etilishi kam kuzatiladi, bozor likvidligi 
past boʻlganligi sababli, qimmatli qogʻozlar savdosida qatnashish uchun arizalar 
tushish muddati uzaytiriladi va tashkil etilgan birja savdosida deyarli barcha 
qimmatli qogʻozlar savdosi boʻlib oʻtadi. 
Uzluksiz auksion.
Broker mukaddam bergan arizasini oʻzgartirishi mumkin 
emas, shuning uchun vaqt mezoni yozma auksionda muhim element hisoblanadi. 
Natijada, qimmatli qogʻozning kliring narxi aniqlanadi va shu narxda sotuvchi va 
xaridorlar bitim tuzadilar. Shunday holat bozorni katta hajmda yigʻilib qolgan 
moliyaviy aktivlarga boʻlgan buyurtmalarni barobariga sotib turadi. Likvid 
bozorda bunday “barobariga sotishlar” bir birja kunida bir necha marotaba sodir 
boʻlib turadi. Jahonda barobariga sotish amaliyotidan keng foydalanadigan yirik 
bozorlar 

Avstriya, Belgiya, Germaniya va Isroil davlati birjalaridir. Bunday 
barobariga sotish savdolari 

qimmatli qogʻozlarga doimiy talab va taklif, bozor 


162 
likvidligi, uzluksiz auksionga oʻtish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Oʻz 
navbatida, uzluksiz auksion uch turga ega. 
Birinchi turi 
– buyurtmalar kitobidan foydalanish, 
unga brokerlardan kelib 
tushgan ogʻzaki arizalar kiritiladi, keyin klerk (birja vakili) arizalarni kelib tushish 
muddati va qimmatli qogʻozlarni sotib olish hajmi boʻyicha ajratadi.
Ikkinchi turi 
– tablo, 
unda qimmatli qogʻozlarga nisbatan tanlangan eng 
yaxshi ikkita narx (eng yuqori 

sotib olish uchun va eng past 

sotish uchun 
narxlar) koʻrsatiladi. Makler kelib tushgan arizalarni narxlar boʻyicha guruhlaydi 
va har bir qimmatli qogʻozga kurs taklifini belgilaydi. Ushbu narxlar broker ish 
joyi ekraniga yoki tabloga chiqariladi. Misol uchun, Nyu York fond birjasida biror 
bir korporatsiya aksiyalari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi “17 va 3/8 
17 va 3/4 nisbatan” yoki “3/8, 3/4”. Bu 17 va 3/8 

talabning eng yaxshi narxi, 17 
va 3/4

taklifning eng yaxshi narxini bildiradi. Bunday narxlar birja savdosi 
jarayonida savdo oʻyinlari strategiyasini belgilash va arizalar korrektirovkasini 
qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Vaziyatni tahlil qilib, savdo zalidagi 
treyderlar koʻrishi uchun brokerlar oʻzlari tabloga aktivlar narxini chiqaradi. 
Buyurtmalar tabloga xronologik tarzda joylashtiriladi shuning uchun vaqt omili hal 
qiluvchi rolni oʻynaydi. Agar oʻxshash buyurtmalar xuddi shunday narxlarda 
avvalroq kelib tushsa va bozorning qarshi tomonidagi buyurtmalar bajarilishiga 
yoʻl qoʻymasa, buyurtmalar bajarilmaydi. Ushbu buyurtmaning bajarilmaslik 
sababi aksiyaga “avvalroq” ariza kelib tushgani boʻlishi mumkin. Agar “avvalroq” 
arizalarning narxlari diapazoni bozor taklif qilinayotgan narxlar bilan keskin farq 
qilsa, savdo jarayonida makler “avvalroq” kelib tushgan arizalarni chiqarib tashlab, 
birja savdosiga korrektirovkalar kiritishi mumkin. Birja savdosi tashkil etilishining 
oʻzi chegaraviy spred oʻrnatish yoʻli orqali bozor likvidligini oshirishga imkon 
beradi.
Uzluksiz auksionning uchinchi turi 
– olomon. 
Treyderlar faqat savdoga kelib 
tushayotgan aksiyalarni eʼlon qiluvchi klerk (birja vakili) atrofida toʻplanishadi va 
kontragentga oʻzlari taklif qilayotgan narxlarni ovoza qilishadi. “Olomon”dagi 
savdolar turli narxlarda amalga oshadi va koʻp hollarda bitta xaridor aniq narxni 
belgilamagan holda bir nechta sotuvchilar bilan turli narxlarda aksiyalarni xarid 
qiladi. Zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan yirik birjalarda “olomon” 
shaklida birja savdosi tashkil qilinishini tasavvur qilish qiyin, ayniqsa, jahon yirik 
kompaniyalar tomonidan aktiv emissiyalar oshirilganda. Lekin, bunday uzluksiz 
birja savdosining yirim ijobiy jihatlari mavjud, qarz bozoridagi buyurtmalarni 
birlashtiradi va shu orqali ushbu bozorni qimmatli qogʻozlardan “tozalab” 
bajarilayotgan buyurtmalar sonini maksimal darajaga koʻtaradi. 
Birjada savdolarni tashkil qilish uchun operatsion zalga alohida talablar 
belgilanadi: 
-
har bir savdo ishtirokchisi uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
 
-
har bir savdo tovari uchun alohida zal, unda xona tagi amfiteatr shaklida 
boʻlishi kerak. Shuning uchun, bitimlar amalga oshadigan joyni “pol”, “chuqurlik” 
yoki “birja xalqasi” deyishadi;
 


163 
-
zal markazida, balandlikda joylashgan maxsus joyda savdoni olib 
boruvchilar, operatsiya va narxlarni roʻyxatga oluvchilar boʻlishi darkor;
 
-
zal atrofida (400 gacha ... 500) birja savdolarida qatnashish huquqi mavjud 
boʻlgan, maxsus jihozlangan kabinalarda brokerlar joyi boʻladi; 
-
axborot tablo mavjudligi; 
-
axborot agentliklar vakillari uchun maxsus ish joylari tashkil etish; 
-
birja zali yonida axborotlari roʻyxatga olish va ombor xodimlari uchun 
boʻlimlar boʻlishi darkor. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə