O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   377
Moliyaviy tahlil

mazmuni bo‘yicha
to‘liq moliyaviy tahlil va tematik moliyaviy 
tahlil turlariga ajratiladi. 
To‘liq moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini 
kompleks o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil korxona moliyaviy 
faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik 
moliyaviy 
tahlil 
predmetiga: 
aktivlardan 
samarali 
foydalanish, 
aktivlarni 
moliyalashtirishda alohida manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‘lov layoqati 
va moliyaviy barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy 
tuzilishi kabi masalalarni kiritish mumkin. 
Moliyaviy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning to‘liq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili, alohida bo‘limlar va birliklar 
moliyaviy holatining tahlili (iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‘yicha) hamda alohida 
moliyaviy jarayonlar tahlilini tarkiblash mumkin. 
O‘tkazish davri bo‘yicha
moliyaviy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli tahlil turlariga 
tarkiblanadi.
Oldingi moliyaviy tahlil – korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki 
alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shart-sharoitlarni bilish bilan bog‘lanadi 
(masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning 
to‘lov layoqatini baholash). 
Joriy (operativ) moliyaviy tahlil – alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki 
moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga 
ta’sir etish yuzasidan o‘tkaziladigan tahlil turidir. 
Istiqbolli moliyaviy tahlil – amaldagi holatni o‘rganish asosida moliyaviy holat 
va uning alohida birliklari bo‘yicha kelajakdagi o‘zgarishlarning kutilishlarini baholab 
beruvchi tahlil turidir. 
Moliyaviy tahlilni 
tashkil etish bosqichlari
ni iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy 
qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to‘g‘ri, lekin aynan moliyaviy 
tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq deb 
o‘ylaymiz. 
1.
Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish; 
2.
Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash; 
3.
Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi; 
4.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi; 
5.
Qarorlar tayyorlash bosqichi; 
6.
Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi. 


80 
Iqtisodiy tahlilni yoki moliyaviy tahlilni tashkil etishdagi yondashuvlar turlicha 
bo‘lganligi bilan ularning mazmuni albatta bitta jihatga ya’ni tahlilni sifatli va foydali 
o‘tkazishga qaratilgan. 
Moliyaviy tahlilni tashkil etishda albatta har bitta tarmoqning va sohaning o‘ziga 
xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, xo‘jalik subyektlarining faoliyat 
turlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Farqlanish nafaqat ularning faoliyat turida‚ balki 
mulkiy shaklida, kapitalda qatnashishi, mulkiy taqsimotida, ko‘lamida ham mavjud. 
Moliyaviy hisobotlar bir xil shakl va mazmunni ifoda etgani bilan ularning qatorlari, 
qatorlarning shakllanish tartiblari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Moliyaviy holat va natijaviylikni baholashda bu jihatlarni farqlanishi muhim o‘rin 
tutmasa ham, aslida masalaning yechimi uning quyi bo‘g‘iniga, faoliyatning turiga, 
xususiyatiga, taqsimotning shakliga, mulkiy va moliyaviy munosabatlarga borib 
taqaladi. 
Iqtisodiyotning u yoki bu tarmog‘i yagona maqsadda birlashsa ham, boshqa 
munosabatlarda tubdan farq qiladi. Bu jihat farqlanishlar albatta moliyaviy tahlilda 
hisobga olinishi lozim.
Axborotlar bazasida ham farqlanishni kuzatish mumkin. Masalan kichik biznes 
subyektlari soddalashtirilgan tartibda moliyaviy hisobotni tuzadilar va yuritadilar, yirik 
biznes subyektlari esa umumbelgilangan tartibda moliyaviy hisobotni tuzadilar va 
taqdim etadilar. Shu bilan birgalikda ularning soni va mazmunida, auditorlik 
xulosalarining olinishida ham farqlanishlar kuzatiladi. Moliyaviy hisobotlarga 
auditorlik xulosalarining olinishida ham majburiy va majburiy bo‘lmagan tarkibini 
guruhlash mumkin. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə