O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   377
Moliyaviy tahlil

to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lgan korxonalar; 
**
to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lmagan korxonalar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy holatini baholash yuzasidan quyidagi 
ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi.
14
- To‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti (K
tl
): 
- O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti (K
at

- Korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi (R
a
, R
x

Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar 
o‘rganiladi: 
- O‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti (K
o‘q

- Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti(K
quv

- Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti (K
esk

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kreditga layoqatligini tahlil etishda moliyaviy holat 
tahlilida qo‘shimcha tarzda quyidagi mavzularni o‘rganish tavsiya etiladi; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarining rentabellik darajasi; 
- aylanma mablag‘larning holati; 
- o‘z mablag‘larini hajmi, ularning asosiy va aylanma kapitalidagi ishtiroki; 
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‘sish darajalari;
- to‘lov muddati kelgan va o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik 
majburiyatlarining holati; 
14
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги ҳузуридаги Иқтисодий ночор корхоналар 
ишлари Қўмитасининг “Корхоналарнинг молиявий иқтисодий аҳволи мониторинги ва таҳлилини 
ўтказиш мезонларини аниқлаш тартиби тўғрисидаги қарори” 2005 йил 14-апрель, 1469 сон 


77 
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul va qimmatli qog‘ozlarining mavjudligi va 
boshqa jihatlari. 
Bugungi amaliyotda mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda moliyaviy tahlilda 
o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimiga 5 ta tarkib guruh ko‘rsatkichlarni kiritish lozim. 
Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
15
1. To‘lov layoqati va likvidlilik koeffitsiyentlari; 
2. Ish aktivligi koeffitsiyentlari; 
3. Moliyaviy leveridj koeffitsiyentlari 
4. Rentabellik koeffitsiyentlari 
5. Qarzni qoplashni tavsiflovchi koeffitsiyentlar 
Rivojlangan davlatlarda kreditga qodirlikni baholashda eng muhim qoida sifatida 
shartli “S-1-5” qoidasiga amal etiladi. Bu qoida quyidagilarni xarakterlaydi.
16
S1-charakter – qarz beruvchining bozordagi obro‘si, uning holatini aniqlash; 
C2-capacity – qarz oluvchining faoliyatni yakuniga yetkaza olishi, tegishli 
daromadga ega bo‘lishi hamda olingan kreditlarni qaytarib bera olish qobiliyati; 
C3-capital – qarz oluvchining sarmoyasini yetarliligi; 
C4-conditions – biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar; 
C5-collateral – garov. 
Bu qoidalarga bizning kredit amaliyotimizda ham to‘liq amal etiladi, faqat uning 
rasmiy jihatlari bu tartib belgilanmagan. 
Kreditga qodirlilik tahlilidagi uslubiy jihatlardagi farqlanishlar albatta‚ 
mamlakatimizda buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni yuritishda milliy standart 
normalariga tayanilishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishning farqlanishi 
bilan izohlash mumkin.

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə