O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “budjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti



Yüklə 6,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/525
tarix24.12.2023
ölçüsü6,62 Mb.
#159384
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   525
48d002708393a1bbe0ce9314f5735ba74c1a3bc8

“Ma’lumotlarni tugri kiriting, chunki o`qituvchilar uchun bunday mansab yoq”
degan ma’lumot hosil bo`ladi. Endi to`g`ri so`zni kiritishingiz mumkin; 
6.
Jadvalning har bir maydoni kengligini kiritilgan ma’lumotlar kattaligiga mos 
ravishda o`zgartirish uchun quyidagi ishlarni bajaring: 

Kod maydonining istalgan qatorida sichqoncha ko`rsatgichi bilan 
turting; 

Sichqonchani o`ng tugmasini bosib, Shirina stolbtsa (Ustun kengligi) 
buyrug`ini tanlang; 

Hosil bo`lgan oynada 
Po shirine dannix (Ma’lumotlar kattaligiga mos 
ravishda)
tugmachasini bosing va natijada maydon kengligi o`zgarilishi amalga 
oshadi; 

Boshqa maydonlar bilan ham ushbu amallarni bajarib chiqing. 
7.
Jadvaldan 
Abdullayev 
familiyali o`qituvchini qidirishni amalga oshirish 
uchun quyidagi amallarni bajarish zarur bo`ladi: 

Kursorni Familiya maydonining birinchi qatoriga olib keling; 

Glavnaya menyusidan Nayti (Topilsin) buyrug`ini tanlang; 

Hosil bo`lgan muloqot oynasidagi Obrazets (Namuna) deb nomlangan 
qatorda 
Abdullayev
familiyasini kiriting; 

Prosmotr (Ko`rib chiqish) nomli qatorda 
VSE (Xammasi)
degan so`z 
bo`lishi kerak. Buning ma’nosi jadvaldagi “
Barcha yozuvlar bo`yicha qidirilsin
” 
degani bo`ladi; 

Sovpadenie
(Mos kelishlik)
qatoridagi ro`yxatdan “
S lyuboy chastyu 
polya” (Maydonning istalgan qismi bilan
) imkoniyatini tanlang; 


355 

Tolko v tekushchem pole 
(Faqat joriy maydonda)
deb nomlangan 
qatorda belgi o`rnating (unda “
galochka
” belgisi turishi kerak); 

Nayti (Topilsin) tugmachasini turting. Bu amal natijasida kursor ikkinchi 
yozuvga kelib, 
Abdullayev
familiyasini ajratib ko`rsatadi; 

Nayti dalee (Yana topilsin) tugmachasi turtilsa, kursor to`rtinchi 
yozuvga o`tadi va yana 
Abdullayev
familiyasini ajratib ko`rsatadi; 

Qidiruv rejimidan chiqish uchun Zakrit (Yopilsin) tugmachasini 
turtiladi. 
8.
Assistent 
Malikova 
ning maoshini 350000 so`mdan 370000 so`mga 
o`zgartirish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 

Kursorni Maosh maydonining birinchi qatoriga olib keling; 

Glavnaya menyusining Zamenit (Almashtirilsin) buyrug`ini tanlang; 

Hosil bo`lgan muloqot oynasining Obrazets (Namuna) qatorida 350000s 
ni kiriting; 

Zamenit na (. . . ga almashtirilsin) qatoriga 380000s ni kiriting. Boshqa 
imkoniyatlarga ham e’tibor bering, chunki Siz qidiruvni ushbu maydonning barcha 
yozuvlari bo`yicha amalga oshirishingiz kerak bo`ladi; 

Nayti dalee (Yana topilsin) tugmachasini bossangiz, kursor uchinchi 
yozuvga kelib to`xtaydi. Lekin bu yozuvda professor qayd qilingan, Siz uchun esa 
assistent kerak. Shuning uchun qidiruvni davom ettirishingiz kerak bo`ladi. Shuning 
uchun yana

Nayti dalee (Yana topilsin) tugmachasini bosasiz. Endi kursor oltinchi 
yozuvga kelib to`xtaydi. Bu esa Siz uchun kerak bo`lgan yozuvning xuddi o`zi; 

Endi Zamenit (Almashtirilsin) tugmachasini bosishingiz kerak bo`ladi. 
Buning natijasida ma’lumotlar o`zgaradi, ya’ni Assistent 
Malikova 
ning maoshi 
30000 so`mdan 32000 so`mga o`zgaradi. Agarda barcha ma’lumotlarni o`zgartirish 
zarur bo`lsa, Zamenit vse (Xammasi almashtirilsin) tugmachasidan foydalanish kerak 
bo`ladi; 

Zakrit (Yopilsin) tugmachasini turting. 
9.
Tugilgan sanasi maydoni bo`yicha kamayish tartibida sortirovkani 
(tartiblashtirishni) amalga oshirish uchun: 

Tugilgan 
sanasi 
maydonining 
istalgan 
yozuviga 
sichqoncha 
ko`rsatgichini keltirib, uni bir marta turting

Uskunalar panelidagi A-Ya harflari orqali belgilangan tugmachani 
bosing yoki Zapisi, Sortirovka, Sortirovka po ubivaniyu buyruqlarini ketma-ket 
bajaring. Bu amallar natijasida Tugilgan sanasi maydoni bo`yicha kamayish tartibida 
sortirovka (tartiblashtirish) amalga oshiriladi. 


356 
10.
Mansabi va O`qitadigan fani maydonlari bo`yicha ma’lumotlar 
filtratsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajaring: 

Mansab maydonidagi Dotsent yozuvini belgilang; 

Uskunalar panelidagi filtratsiya tugmachasini bosing yoki Zapisi, Filtr, 
Filtr po videlennomubuyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring. Bu ishlar natijasida 
jadvalda faqat dotsentlar haqidagi ma’lumotlargina qoladi; 

Endi O`qitadigan fani maydonida 
IAT
yozuvini turting; 

Uskunalar panelidagi filtratsiya tugmachasini bosing yoki Zapisi, Filtr, 
Filtr po videlennomu buyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring. Bu ishlar natijasida 
jadvalda faqat informatika kafedrasining dotsentlari haqidagi ma’lumotlargina qoladi 
xolos; 

Filtrastiyani man qilish uchun yana filtratsiya tugmachasini bosing yoki 
Zapisi, Udalit filtr buyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring.

Natijada jadvalda barcha boshlang`ich ma’lumotlar paydo bo`ladi. 
11.
 
Hosil qilingan jadvalni ko`rib chiqish uchun quyidagi ishlarni bajarish 
kerak bo`ladi: 

Predvaritelniy prosmotr (Ko`rib chiqish) tugmachasini bosing. Bu ish 
natijasida jadval ekranda namoyon bo`ladi; 

Ko`rish oynasini yoping; 

Agarda Siz maydonlarni yoki jadvalning qog`ozdagi joylashuvini 
o`zgartirmoqchi bo`lsangiz, Razmetka stranitsi menyusidagi Parametri stranitsi 
imkoniyatini tanlashingiz kerak bo`ladi. Bunda hosil bo`lgan muloqot oynasidan 
foydalangan holda kerakli ko`rsatgichlarni osongina o`zgartirishingiz mumkin 
bo`ladi; 
Agarda printer bo`lsa, jadvalni chop qilib olishingiz ham mumkin. 

Yüklə 6,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   525




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə