O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


Chapter-12. PROCEDURES AND FUNCTIONS



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/73
tarix25.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#161036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
Chapter-12. PROCEDURES AND FUNCTIONS 
117 
12.1. 
Pascal procedure design 
117 
12.2. 
Subroutine function 
119 
12.3. 
Call procedure and function 
120 
12.4. 
Subroutine parameters procedure and function 
121 
12.5 
Examples of standard procedures and functions 
122 
 
 
GLOSSARY
 
124 
 
 
BIBLIOGRAPHY 
129 


12 
KIRISH 
 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon 
darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy 
axborot-hisoblash tarmog‗i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish 
milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta`lim samaradorligining muhim omili 
bo‗lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun 
dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‗zgarishlarni 
amalga 
oshirish 
natijalari 
respublikada 
axborotlashtirish 
bilan 
bog‗liq 
muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‗liqdir. 
Boshqaruv masalalarini yechishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‗rni 
nihoyatda ahamiyatga ega.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev 
o‗zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta`kidlaganidek, ―Iqtisodiyotning barcha 
sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli 
iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda ―Raqamli 
O‗zbekiston – 2030‖ dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur‖
1

Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyev o‗zining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2018- yil 19- fevraldagi PF-
5349-sonli Farmonida ta‘kidlaganidek, ―Mamlakatda zamonaviy axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini 
ko‗rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot 
qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda‖
2

Shuning uchun milliy iqtisodiyotning turli sohalari uchun dasturiy vositalarni 
ishlаb chiqish ko‗nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash katta ahamiyatga ega. 
Dasturlashni o‗rganish va amaliy o‗zlashtirish jarayoni uch qismdan iborat: 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq so‘zi, 
2018-y., 29- dekabr. 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2018- yil 19- fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni. 


13 
- algoritmlarni qurish usullarini o‗rganish; 
- dasturlash ko‗nikmasini shakllantirish; 
- aniq dasturlash tilini o‗rganish va amaliy o‗zlashtirish.
3
―Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari‖ fani bo‗yicha o‗quv qo‗llanmaning 
1-7 boblari birinchi qismning masalalarini yechishga bag‘ishlangan. Qo‗llanmaning 
8-12 boblari talabalarda birlamchi dasturlash ko‗nikmalarini shakllantirishga 
qaratilgan.
Ushbu qo‗llanmaning birinchi bobida «Algoritmlashtirish va dasturlash 
asoslari» fanini ta`rifi va mohiyati, o‗qitish maqsadi, algoritm tushunchasi va 
xususiyatlari hamda masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari keltirilgan.
Ikkinchi bobda algoritmlarni aks ettirish usullari yoritilgan, xususan algoritmni 
oddiy tilda ifodalash, algoritmni blok-chizmalar ko‗rinishida ifodalash va algoritmni 
maxsus (algoritmik) tilda yozish.
Uchinchi bobda hisoblash jarayonlarining turlari, chiziqli hisoblash jarayoni
algoritmlari bayon etilgan va unga misollar keltirilgan. 
4-bobda tarmoqlangan hisoblash jarayonlari, xususan oddiy va murakkab 
tarmoqlangan hisoblash jarayonlarining algoritmlari yoritilgan va ularga misollar 
keltirilgan. 
Beshinchi bobda takrorlanuvchi hisoblash jarayonlar algoritmlari bayon etilgan 
va ularga misollar keltirilgan. 
Oltinchi bobda ma`lumotlarni saralash algorimlari turlari, xususan oddiy tanlov 
saralash metodi, oddiy almashuv saralash metodi, qo‗shni elementlar juftliklarini 
izchil tartibga solinishi metodi va ularga misollar keltirilgan. 
Ettinchi bobda algoritmik dasturlash tillari va ularni tasniflashi, Paskal tilining 
umumiy ta`rifi, Paskal algoritmik tilining alifbosi, Paskal tilida ma'lumotlar turlari, 
Paskal algoritmik tilida ifodalar hamda Paskal tilida yozilgan dasturning tuzilishi 
keltirilgan. 
3
Семакин И.Г., Шестаков А.П. Основы алгоритмизации и программирования Издательство: 
Академия. 2016 г. - C. 6. 


14 
Sakkizinchi bobda dasturlash tilining sodda operatorlari, xususan o‗zlashtirish 
operatori, ma'lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlarining formati, qo‗llaninsh 
tartibi misollar bilan bayon etilgan.
To‗qqizinchi bobda tarmoqlangan hisoblash jarayonlarni shartsiz o‗tish, shartli 
o‗tish va tanlash operatorlari yordamida dasturlash qoidalari va tartibi yoritilgan. 
Operatorlarni qo‗llash bo‗yicha misollar keltirilgan. 
O‗ninchi bobda sodda takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarni, xususan sharti 
avval tekshiriladigan takrorlanish jarayoni, sharti keyin tekshiriladigan takrorlanish 
jarayoni va parametrli takrorlanish jarayoni dasturlash qoidalari va tartibi yoritilgan 
va ularga misollar keltirilgan.
O‗n birinchi bobda murakkab takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarni dasturlash 
jarayoni ko‗rib chiqilgan, xususan bir o‗lchamli va ko‗p o‗lchamli massivlardan 
foydalangan holda dasturlarni tuzish hamda massiv elementlarini saralash bo‗yicha 
dasturlarni tuzish qoidalari va tartibi yoritilgan va ularga misollar keltirilgan. 
O‗n ikkinchi bobda Paskal tilida protsedura konstruksiyasi, Paskalda funksiya 
tushunchasi, protsedura va funksiya qism dasturiga murojaat qilish, protsedura va 
funksiya qism dasturlarining parametrlari va ayrim standart protsedura va funksiyalar 
keltirilgan. 


15 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə