O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining asosiy qoidalari



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#158683
  1   2   3   4
Akkreditatsiyalashtirish va Akkreditlashtirish tizimi


Akkreditatsiyalashtirish va Akkreditlashtirish tizimi
Reja:



  1. O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining asosiy qoidalari

  2. Akkreditatsiyalashtirish. Akkreditlashtirish tizimining tashkiliy tuzilmasi.

O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining
asosiy qoidalari.
O’zbekiston Respublikasida akkreditlashtirish tizimini ishlab chiqishdan maqsad mahalliy mahsulotlar, xizmatlar yoki jarayonlarning muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatlar va boshqa hujjatlarni xalqaro tan olinishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu shart-sharoitlar O’zbekiston Respublikasining xalqaro akkreditlashtirish tizimi (ILAC, IAF) ga qo’shilishi va tan olish bo’yicha kelishuv tuzishda asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Tan olish xorijiy akkreditlashtirish tizimlari, bu tizimning xilma xil qiymatliligini hisobga olgan xolda akkreditlashtirish milliy tizimiga ishonishga asoslangan. Bunda sinov natijalari muvofiqligi va sertifikatlangan mahsulot sifati ko’rsatkichining barqarorligi muvofiqlikni tasdiqlash bo’yicha reglamentlangan xalqaro standartlarga muvofiq akkreditlangan sertifikatlashtirish va nazorat idoralari, sinash, kalibrlash (qiyoslash) laboratoriyalari faoliyatlarining layoqatliligi bilan kafolatlanishi ko’zda tutilgan.
O’zbekistonda mustaqil akkreditlashtirish milliy tizimi 1998 yilda yaratildi. Tizimni yaratish akkreditlash yo’li bilan tashkilotlar muvofiqligini baholash sohasida davlatning o’rnini kuchaytirishni yo’lga qo’yadi. Akkreditlash muvofiqlikni tasdiqlash sohasida o’zining layoqatliligini bahosini olishni ixtiyoriy istovchi sub’ektlar munosabatida amalga oshiriladi.
Akkreditlash tizimi – akkreditlashni amalga oshirish uchun protsedura va boshqaruvning o’z qoidalariga ega bo’lgan tizim.
Tizimning me’yoriy asosi (bazasi) 10-rasmda ko’rsatilgan xalqaro standartlar bo’lib hisoblanadi. Tizimning qonuniy hujjatlariga 17.07.2006 yil Adliya Vazirligida №1596 sonli ro’yxatga olingan «Sertifikatlashtirish sohasidagi nazorat idoralari, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralari, sinov (o’lchash) laboratoriyalar (markazlar)ni akkreditlash qoidalari» taaluqlidir.
Tizimda «akkreditatsiya» atamasi «o’rnatilgan talablarga mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar va sifat tizimining muvofiqlikni baholash va tasdiqlash bo’yicha muayyan ishlarni bajarish uchun huquqiga egaligini rasman tan olish» deb ta’riflangan.
Akkreditlashtiruvchi idora bu «o’rnatilgan talablarga mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar va sifat tizimining muvofiqlikni baholash va tasdiqlash bo’yicha faoliyatni amalaga oshirish uchun rasmiy vakolat beruvchi, davlat boshqaruv idora». O’zbekiston Respublikasida akkreditlashtirish idorasi sifatida O’zstandart Agentligi vakolatlangan.
Akkreditlashtirish bo’yicha Kengash bu «o’tkazilgan akkreditlash natijalari bo’yicha qaror qabul qiluvchi milliy akkreditlash tizimining rahbariy idorasi».
Akkreditlash sohasi, bu «muvofiqlikni tasdiqlash bo’yicha aniqlangan faoliyat sohasida muayyan ishlarni, ya’ni akkreditlashga taqdim qilingan va berilgan arizani bajarish».
Tizim quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-milliy darajada tizimni tan olish;
-o’zining qoida va protseduralirining mavjudligi;
-akkreditlashtirish ob’ektlarining ishchi holati masalalari va xorijiy va xalqaro akkreditlash tizimlari bilan minosabatlarni rivojlantirish bo’yicha tizimini takomillashtirish;
-tizimda barcha yuridik va jismoniy shasxlarni qatnashishiga imkonyatlar mavjudligi;
-tizim a’zolarining layoqatliligini xodimlar etarli malakasi, ularni vakolatlari va texnikaviy vositalar bilan ta’minlash;
-akkreditlash natijalari va protseduralari xolisligi, adolatsiz qarorlar va kamsitishlar (haq-huquqlarini chegaralash) mavjud emasligi;
-tizimda o’rnatilgan qatnashchilar yoki barcha qiziquvchilarga munosabati bo’yicha tayyorligi:
-akkreditlash natijalarini yuridik yoki jismoniy shaxslar ta’sirlaridan mustaqilligi;
-qarorlarni qabul qilish va ushbu tamoyillarga rioya qilish uchun tizimda rahbarlarning javobgarligi;
-tizim tuzilmasining ma’qulligi va akkreditlash protseduralari xarajatlarini kamaytirish;
-akkreditlash ob’ektlari haqidagi, tijorat qiziqishiga taaluqli ma’lumotlarning maxfiyligi;
-akkreditlashtirishning barcha qatnashchilari uchun tekshirish va baholash usullari ochiqligi va maqbulligi.
Tizim xalqaro akkreditlashtirish tizimlari bilan kelishuv asosida o’zaro faoliyat olib boradi.
Akkreditlashtirishning maqsadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
-mahalliy mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlar xavfsizligi, sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
-xalqaro kelishuvlarda texnikaviy to’siqlarni bartaraf etish;
-sinov laboratoyalari, qiyoslash va kalibrlash bo’yicha laboratoriyalar, nazorat va sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar, metrologik xizmatlar va standartlashtirish bo’yicha xizmatlar faoliyatlari natijalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash va texnikaviy layoqatliligini oshirish.
Akkreditlashtirish vazifalari bo’lib me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq jismoniy shaxslar va tashkilotlar faoliyatini huquqiy rasman tasdiqlash hisoblanadi. Tizimda akkreditlashtirish ob’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
-sinov laboratoriyalari;
-qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari;
-mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar;
-menejment tizimlarini sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar;
-tekshiruv (nazorat) idoralari;
-yuklash oldi inspeksiyasi bo’yicha maslahat firmalar; -sifat bo’yicha ekspert-auditorlar.
Majburiy akkreditlashtirish ob’ektlariga, qonunchilik faoliyatida amalga oshiriluvchi boshqariladigan sohalar kiradi.
Sertifikatlashtirish, standartlashtirish, metrologiya, sinash, nazorat, kalibrovka (qiyoslash) sohalarida o’zining faoliyati natijalarini xalqaro tizim darajasida va Tizim qoidalari bo’yicha ixtiyoriy tartibda akkreditlangan kelishuvlar bo’yicha tan olinishga erishuvchi ob’ektlar bo’lishi mumkin.
Birga qo’shiluvchi faoliyatlar, ikki va undan ortiq akkreditatsiya sohalari, ushbu sohalar bo’yicha ob’ektlarning barchasi akkreditlanishi lozim. Bunda akkreditlash bir vaqtni o’zida barcha talab qilingan sohalar yoki akkreditlash tartibiga qo’shimcha sohalar, bosqichma-bosqich o’tkazilishi mumkin.

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə