O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining asosiy qoidalari


Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC)



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#158683
1   2   3   4
Akkreditatsiyalashtirish va Akkreditlashtirish tizimi

Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC). Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo’yicha Xalqaro konferensiya - (ILAK) 1977 yil (Kopengagen, Daniya) da birinchi bo’lib tashkil etilgan.
Konferensiyani ish olib borishidan maqsadi savdoda texnik to’siqlarni sinov laboratoriyalarini akkreditlash yo’li bilan xalqaro darajadagi tamoyillar va usullarni, sinov natijalarini o’zaro ishonchliligini o’rnatish asosiy yo’nilishdir.
ILAK o’zining faoliyati darajasida xalqaro kelishuvni ikki turini ko’zda tutadi:
-akkreditlanmagan laboratoriya sinov sertifikatlari, bayonnomalarni o’zaro tan olish bo’yicha kelishish;
-milliy tizim akkreditlagan sinov laboratoriyalarini o’zaro tan olish bo’yicha kelishish (sertifikatlarni va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi).
O’tgan asrning 90-yillarining o’rtalarida Evropa Ittifoqida (ES) ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlar sifati bo’yicha yangi siyosat qabul qilindi.
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalariga asosan laboratoriyalarini akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarini aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/MEK Rukovodstvo 2.86) o’tkazishga huquq berishdan iborat.
Akkreditlangan sinovlar tushunchasi mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati bilan chambarchas bog’langandir.
ILAK (Internationai Laboratory Accreditation Conference) birinchi marta 1977 yili Kopengagen (Daniya) da chakirilgan. ILAK ning yaratilishidan milliy tizimlarini o’zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinash natijalarini va boshqa mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish.
1980 yilda chakirilgan ILAK ning konferensiyasida milliy tizimlarining akkreditlangan laboratoriyalarini o’zaro tan olish bo’yicha amaldagi ikki va ko’p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga qaror qabul qilindi.
Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo’ldi:
Laboratoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat bayonnomalarini o’zaro tan olish bitimi;
Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o’zaro tan olish bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan).
SHu masalalar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning natijalariga ko’ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi.
Laboratoriyalarning akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual bo’lib, ular bilan bog’liq bo’lgan materiallarni sistemali ravishda chop etilish zarurati tugildi. SHu masalalarda har doim ILAK o’z materiallarining chop etilishini «Metrologiya» jurnali tahririyati bilan hamkorlikda amalda oshirilishiga qaror qildi.
1983 yili ILAK tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat bo’yicha qo’llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa bunday tavsiya qabul qilindi. ISO va MEK lar tomonidan qayta ishlangan bu hujjat ISO - MEK 49 qo’llanmasi nomi bilan ma’lumdir.
ILAK tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni chetga chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi savdo – iqtisodiy siyosatiga katta ta’sir o’tkazmoqda. Bunga misol tariqasida EES mamlakatlari tomonidan 1989 yili qabul qilingan akkreditlanuvchi laboratoriyalarga talablar asosini belgilovchi akkreditlar va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Evropa EN – 45000 standartini ko’rsatish mumkin.
ILAC/O’zstandart» agentligi ILAC va IAF to’laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning ro’yxatlarini e’lon qildi. Ushbu axborot ayrim tovarlarni sertifikatlashtirmay olib kirishlari mumkin bo’lgan tadbirkorlar uchun mo’ljallangan. Eslatib o’tamiz, Prezidentning 12.12.2018 yildagi PQ–4059-son qaroriga muvofiq, ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan ko’p miqdorda bo’lmagan tadbirkorlik sub’ektlari uchun (erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bundan mustasno) 1.01.2019 yildan boshlab olib kiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishning soddalashtirilgan rejimi joriy etilgan (sharhga qarang). CHunonchi, O’zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ixtisoslashgan va qishloq xo’jaligi texnikasi, texnologik uskunalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek majburiy sertifikatlanishi lozim bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat xom ashyo, materiallar va buyumlar O’zbekiston hududiga olib kirilayotganda majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilingan. Olib kirilayotgan tovar uchun Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to’laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilgan taqdirda ushbu norma amal qiladi.

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə