O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimining asosiy qoidalari


Akkreditatsiyalashtirish. Akkreditlashtirish tizimining



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#158683
1   2   3   4
Akkreditatsiyalashtirish va Akkreditlashtirish tizimi

Akkreditatsiyalashtirish. Akkreditlashtirish tizimining
tashkiliy tuzilmasi.
Akkreditlashtirish milliy tizimi tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
-akkreditlashtirish bo’yicha kengash;
-akkreditlashtirish bo’yicha idora (O’zstandart Agentligi);
-ilmiy-uslubiy markaz (SMSITI);
-akkreditlashtirish ob’ektlari;
-akkreditatsiya bo’yicha ekspert-auditorlar (baholovchilar).
Tizimning tuzilma sxemasi rasmda keltirilgan.
Akkreditlashtirish bo’yicha kengash milliy darajada va davlat boshqaruv idoralari vakillari, akkreditlashtirish ob’ektlari, hamda ishlab chiqaruvchilar, mahsulot iste’molchilari, tekshirish va nazorat ob’ektlari va o’lchash vositalaridan foydalanuvchilar shuningdek, boshqa qiziquvchi tashkilotlardan tarkib topgan.
Akkreditlashtirish bo’yicha kengashning vazifalari:
-akkreditlashtirish sohasidagi yagona siyosatni olib boradi va rivojlantiradi;
-sertifikatlashtirish va sinov natijalarini xalqaro tan olinishiga imkoniyat yaratish;
-akkreditlashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlikka imkoniyat yaratish;
-baholashda olingan natijalar va akkreditatsiya komissiyasini shakllantirish bo’yicha akkreditlashtirish idoralarigi maslahat berish;
-sertifikatlashtirish idoralari va akkreditlashtirish laboratoriyalari faoliyalarini muvofiqlashtiradi, hamda akkreditlashtirish idorasida apellyasiya komissiyasi ko’rib chiqishini nazorat qiladi.
Kengash o’zining davriy yig’lishini yig’adi va umumiy tashkilot bo’lib hisoblanadi. Tashkilotning yig’ilishni tayyorlash, qabul qilingan qarorlarni bajarilish masalalri bo’yicha doimiy ishlar uchun kengashning kotibati yaratilgan.
Kengash qarorni qabul qilish va bajarish uchun kelishmovchiliklar bo’yicha ishchi guruh va apelliyasiya bo’yicha komissiya tuzadi.
Zaruriyat bo’lganda tizimda bir nechta akkreditlashtirish bo’yicha idoralar tuziladi.
Akkreditlashtirish bo’yicha idora quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyatni amalga oshiradi:
-akkreditlashtirishni o’tkazish uchun boshqaruv va protsedura qoidalarini o’rnatadi;
-akkreditlashtirish bilan navbatdagi inspeksion nazoratini o’tkazadi; -akkreditlangan ob’ektlar, ya’ni nomi, ob’ekt rahbari va manzili, akkreditatsiya sohasi va akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati to’g’risidagi ma’lumotlardan tarkib topgan reestrini yuritadi;
-xorijiy akkreditlangan sinov laboratoriyalari, sertifikatlashtirish va nazorat idoralari, kelishuv doirasidagi O’zbekiston Respublikasida tan olingan muvofiqlik sertifikati va sinov bayonnomalari ro’yxatini yuritadi;
-akkreditlashtirish masalalari bo’yicha milliy tizimlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasida akkreditlashtirish natijalari haqida qiziquvchi tashkilotlar va xalqaro akkreditlashtirish tizimlarni xabordor qiladi va tizim hujjatlarini aktualligini (dolzarbligini) ta’minlaydi.
Ilmiy-uslubiy markaz tizimda quyidagi vazifalarni bajaradi:
-tizimning me’yoriy bazasini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
-ularni akkreditlashtirish maqsadi uchun tashkilot hujjatlarini ekspertizadan o’tkazadi;
-akkreditlashtirish bo’yicha idora topshirig’i bo’yicha akkreditlangan ob’ektlarni faoliyatini inspeksion nazorati va qayta akkreditlashtirishda, akkreditatsiya bo’yicha komissiya ishlarida qatnashadi;
-akkreditlashtirish bo’yicha ekspert-auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
-qiziquvchi tashkilotlar va shaxslarga akkreditlashtirish tartibi, mezonlari va qoidalari bo’yicha maslahat beradi.
Akkreditlashtirish tizimida akkreditlashtirishga hohish istagini baldirgan tashkilot va shaxslar (akkreditlashtirish ob’ektilari):
-talab etilgan akkreditlashtirish sohasiga muvofiq aniqlangan ish turlarini bajarishga tayyorgarligini ta’minlaydi;
-akkreditlashtirish idoralari va akkreditlashtirish jarayonida tizimning boshqa qatnashchilari bilan o’zaro faoliyatda akkreditlashtirishga ariza beradi;
-o’rnatilgan tartibga muvofiq akkreditlashtirish bo’yicha ishlarga (uning natijalaridan mustaqil) to’lovlarni bajaradi.

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə