O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/73
tarix25.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#161036
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
9.4. Tanlash operatori 
Juda ko‗p tarmoqlanish jarayonlarida tarmoqlanish ikki yoki undan ortiq 
tarmoqqa ajraladi. Umuman olganda, buni shartli o‗tish operatori yordamida amalga 
oshirish mumkin: 
IF B1 THEN A1 ELSE
IF B2 THEN A2 ELSE 
IF BK THEN AK ; 
Lekin bu hollarda shartli o‗tish operatorlarining yozilishi noqulay. 
Ko‗p hollarda dasturchi uchun shartli operatorning umumiylashgan ko‗rinishi - 
tanlash (variant) operatorini ishlatish qulay.
Tanlash operatorining metaformulasi quyidagicha yoziladi: 
< tanlash operatori>::= CASE OF < tanlash ro‗yxati 
elementi>; END 
bunda: 
Tanlash operatorining umumiy ko‗rinishi: 
CASE S OF 
M1 : A1; 
M2: A2; 
Mp: An 
END; 


96 
Bu erda CASE (tanlash) -xizmatchi so‗z, OF (dan), S - selektor, Mi – operatorlar 
belgilari, Ai -operatorlar (i=1 dan n gacha). 
CASE operatori tarmoqlanish jarayonini berilgan bir necha operatordan birini 
tanlash yo‗li bilan amalga oshiradi. Tanlash operatorida barcha operatorlar, shu 
jumladan bajarilishi uchun tanlangan operator ham aniq ravishda keltiriladi (berilgan 
operatorlar ketma-ketligi chegaralangan).
Bajarilishi kerak bo‗lgan operator yoki operatorlar ketma-ketligi operator 
selektorining qiymatiga ko‗ra aniqlanadi. Operator selektori sifatida haqiqiy 
bo‗lmagan, skalyar ko‗rinishdagi har qanday ifoda yoki o‗zgaruvchi ishlatilishi 
mumkin.
Operatorning ishlashida uning tarkibidagi har bir operator tanlash belgisi deb 
ataluvchi belgi bilan ta'minlanadi. Bu belgi operatorning bajarilishi uchun zarur 
bo‗lgan selektorning maxsus qiymatini qabul qiladigan selektorning tavsifiga mos 
konstantadir. Operator bir necha mavjud qiymatlar bilan ishlashi uchun, unda tanlash 
belgilari ro‗yxati keltirilishi kerak. 
Tanlash operatoridagi belgili operatorlar oddiy belgiga ham ega bo‗lishlari 
mumkin. Bu holda oldin tanlash belgilari, so‗ngra oddiy belgilar yoziladi.
Shuni ham inobatga olish lozimki, tanlash operatoriga faqat CASE xizmatchi 
so‗z orqali kirish mumkin, ya'ni tanlash operatoridan tashqaridagi o‗tish operatori 
orqali bu operatorga murojaat qilish mumkin emas. 
Tanlash operatorining bajarilishi uning tarkibidagi operatorlar ketma-ketligidagi 
bitta operatorning bajarilishiga olib keladi. Shuning uchun ularning biridan biriga 
GOTO operatori yordamida o‗tish xato demakdir. 
Shartli o‗tish operatorining quyidagi 
IF B THEN Al ELSE A2 
ko‗rinishi tanlash operatorining quyidagi ko‗rinishiga ekvivalentdir: 
CASE B OF 
TRUE: A1; 
FALSE:A2; 


97 
END; 
qisqa ko‗rinishdagi shartli o‗tish operatorining IF B THEN A ko‗rinishi tanlash 
operatorining quyidagi ko‗rinishga ekvivalentdir: 
CASE B OF 
TRUE: A; 
FALSE 
END; 
Misol: 
CASE T OF 
'*','/': R:=l; 
'+','-': R:=2 
End; 
Bu operatorning bajarilishi natijasida, agar T-belgili o‗zgaruvchi "+" yoki "-" 
belgi qiymatlarni qabul qilsa, R o‗zgaruvchi 2 qiymatni, agar T o‗zgaruvchi "*" yoki 
"/" belgini qabul qilsa, R o‗zgaruvchi 1 qiymatni qabul qiladi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə