50
Bug„doy uni (kepakli undan tashqari), odatda, mayin tortish usuli bilan
olinadi. Mayin tortish usulining mohiyati shundan iboratki, unda bug„doy doni
begona aralashmalardan tozalangandan keyin yorma qilib yanchiladi, yorma
yirik-maydaligiga
qarab navlarga ajratilgach, yana alohida-alohida tortiladi. Un
necha nav qilib tortilishiga qarab, mayin tortish bir xil navli, ikki xil navli va uch
xil navli bo„lishi mumkin.
Un tur va navlarga bo„linadi. Uning turi un olingan don ekini bilan
belgilanadi. Nima maqsadga mo„ljallanganligiga qarab, uning turlari (nonbop,
makaronbop va boshqalarga) sifatiga qarab, tovar navlariga bo„linadi.
Javdar uni.
Javdar
unining jaydari, qobig„i shilingan va elangan navlari
chiqariladi. Jaydari un olish uchun javdar doni jaydar mashinasidan o„tkazilib,
begona aralashmalardan, popuk va murtagidan tozalanadi, keyin tortiladi. Dagal
tortilgan, kul rang - oq rangli va anchagina kepakli un hosil bo„ladi. Jaydari
unning kul miqdori 2% bo„ladi. Qobig„i shilingan un
,
jaydari
undan farqli
o„laroq (dom po„st shilish mashinasidan o„tkaziladi), kepak va murtagi ikki
barobar kam bo„ladi, chunki tortish vaqtida u butun don og„irligining 9%i
miqdorida elanadi. Un nisbatan mayda va bir tekis och kul rang zarrachalardan
iborat bo„ladi. Kul 'miqdori 1,5% dan ortmaydi.
Elangan un -
mayin tortilgan va elangan kul rangsimon oq rangli un
bo„lib, u asosan, donning o„zak qismidan olinadi. Elangan unda kepak 1,2% dan
oshmaydi, kuli ko„pi 'bilan 0,75% bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: